Mundarija:
Kirish 3
§1. Muammoni hal qilishning ilmiy yondashuvi. 5
Ilmiy yondashuv xususiyati. 5
Matematik modellardan foydalanish usullari. 8
§2. Muammolarni hal qilishning umumiy yondashuvlari. 9
Qaror qabul qilish ahamiyati. 9
Muammolarni yechish bosqichlari. 10
Xulosa 13
Foydalanilgan adabiyotlar 14
Kirish
“Muammo” – bu o‘zini namoyon qilish uchun imkoniyatdir. (Dyuk Ellington)
“Muammo” – (“Problema” - grekcha problema — masala) bu yechilishi lozim bo‘lgan murakkab va qarama qarshi savoldir.
“Gipoteza” - (grekcha hypothesis — tahmin) - bu tekshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy asoslangan tahmindir
“Nazariya” - (Teoriya grekcha theoria — kuzatuv, tadqiqot) bu aniq bir hodisani tavsiflovchi va tushuntiruvchi bilimlar tizimidir.
Metod - (grekcha methodos — maqsadga yo‘l) bu bilishning qoida, uslub, usulidir.
Muammoni hal qilish.
«Katta muammolar yo‘q — faqat ko‘pgina kichkinalari bor» degan edi Genri Ford.
Boshqacha qilib aytsak, har bir muammo — bu kichik muammolar to‘plamidir. Ularning har birini yechish kattasini hal qilishdan onsonroq.
O‘z muammolaringni kichik masalalarga bo‘l va ularni yechib to‘liq yechim sari xarakatlan.
Yechim turlari.
Kompromiss – o‘zaro murosa asosida erishilgan kelishuv
Intuitiv yechim – faqat ichki tuyg‘u, birdan kelgan fikr (ozereniya) asosida qilingan tanlov.
Mulohaza asosidagi yechim – bu bilim yoki to‘plangan malakalarga asoslangan tanlov.
Ratsional yechim – bu ko‘pincha oldingi tajribalardan holi holda analitik jarayon asosidagi yechimdir.
Boshqaruv sohasi uchun xos bo‘lgan bir necha turdagi yechimlar mavjud:
Loyihalashtirishda quyidagi yechimlar qabul qilinadi:
katta masala va biznes tabiati yechimlari xaqida;
maqsadlar haqida; tashqi muhit bilan munosabati haqida;
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tashkilot tomonidan tanlangan strategiya va taktika haqida.
Kompaniya faoliyatini tashkillashtirish jarayonida quyidagi qarorlar qabul qilinadi: tashkilot ishini tuzish, tizimlash; turli bloklar 6 ishlashini muvofiqlashtirish; bo‘lim rahbarlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash; tashqi muhitning o‘zgarganida tashlikot tuzilishi haqida.
Xodimlarni motivatsiyalash jarayonida quyidagi qarorlar qabul qilinadi: qo‘lostidagilarning ehtiyojlari; ularning ehtiyojlarini qondirish; qo‘lostidagilarning ish unumdorligi va ularning ishdan qoniqishi haqida.
Nazorat jarayonida quyidagi qarorlar qabul qilinadi:ish natijalarini o‘lchovi; ushbu natijalarning bahosi; tashkilot maqsadiga qanchalik erishilganligi; maqsadni tuzatish kiritish haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |