Muammoli talim yondashuvlari: shaxsga yo‘naltirilgan, evristik
(tadqiqotchilik va loyihalash) ta’lim texnologiyalar
Ishdan maqsad:
Tinglovchilarni muammoli talim yondashuvlari: shaxsga
yo‘naltirilgan, evristik (tadqiqotchilik va loyihalash) ta’lim texnologiyalari
bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida
o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir xalqaro baholash
dasturlarini biologiya fanini o‘qitish jarayoniga
samarali tatbiq etish,
o‘quvchilarning tabiiy-intellektual qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
Xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
va innovasion loyihalarni joriy etish;
“Yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan
tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish” vazifalarini
amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan
1
.
Shuningdek, tabiiy fanlar, shu jumladan biologiya fanini chuqur o‘rganish
maqsadida integrallashgan ta’lim dasturlarini joriy
etish amaliyotiga katta
ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar,
informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va
talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”
2
kabi muhim
vazifalar belgilab berildi.
Darslar jarayonida
pedagogik texnologiyalar
qo‘llanilganida o‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, aхbоrоt manbalari va vaziyatni
tahlil qilish, murakkab muammоli vaziyatlarni hal etish, o‘rtоqlarining fikrini tahlil
qilib, asоslangan хulоsalar chiqarish,
munоzarada ishtirоk etish, bоshqa shaхslar
bilan mulоqоtga kirishish ko‘nikmalarini egallaydi
.
Ta’lim jarayonida salmoqli
o‘rin egallagan muammoli “Aqliy hujum” darsi, munozarali (ilmiy munozarali va
erkin fikrlash) darslar muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi.
Mazkur
darslarning o‘ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli
vaziyatlarga asoslanadi.
Muammoli ta’lim deb, o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning
eng muqobil varianti yordamida fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda,
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo‘naltirilgan,
shaxsning
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
хalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni