Муаммоли маъруза –
ўқитувчи томонидан талабани
муаммоли вазият, муаммоли масалани ҳал этишга
йўналтириш орқали унда билиш фаолиятини оширишга
йўналтирилган маъруза
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:
- muammoli vaziyat tavsifini keltirish:
- talabalarga kichik guruhlarga bo„lish;
- guruhlar
tomonidan
muammoli vaziyatning
kelib chiqish sabablarining aniqlanishi:
- guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to„g„risida fikr yuritishi;
- guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi;
- variantlar orasidan to„g„ri yechimning tanlanishi;
- guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
- jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi
Ta‟lim jarayonida muammoli vaziyat metodini qo„llash quyidagi tartiba kechadi:
1. O„qituvchi mavzu bo„yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi.
2. O„qituvchi tomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi.
3. O„qituvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
4. O„qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
5. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o„rganib, uning sabablarini aniqlaydi.
6. Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
7. Muammoli vaziyatni yechish yo„llari tanlanadi.
8. Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi.
9. Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi.
10. Taqdimotdan so„ng bir xil fikrlar jamlanadi.
11. Jamoa o„qituvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatning samarali yechimini tanlaydi
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish va tahlil qilish;
- mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish;
- qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro qiyoslash;
- muammo bilan bog‘liq xulosalarni chiqarish;
- talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari
Muammoli vaziyat metodi quyidagi afzalliklariga ega:
- talabalarda mustaqi fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
- talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rganadi;
- talabalarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
- talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi
Ta’lim jarayonida ushbu metodni qo‘llashda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Ular:
- ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
- qo‘yilgan
muammo ta’lim
oluvchilarning
bilim darajasiga mos kelishi kerak;
- ko‘p vaqt talab etiladi.
Muammoli
ma’ruza muammoli ta’limda
eng
ko‘p qo‘llaniladigan o‘qitish shakli
sanaladi.