275
asoslarini yaratish, sinovlardan oʻtkazish va ishlab chiqarishni tashkil etish bugungi
kunning dolzarb masalasi.
Hozirgi kunda oʻtkazilgan tadqiqotlar davomida ammofos va boshqa ba’zi
noorganik tuzlar asosida antipiren tarkiblar olish boʻyicha tajribalar olib borildi.
Tadqiqotlarda Samarqand, Olmaliq, Navoiiy, Chirchiq shaxarlarida ishlab
chiqarilayotgan ammofos selitra, ammoniy sul’fat va boshqa turdagi kimyoviy
mahsulotlardan foydalanildi. Shuningdek, tajribalarda Markaziy Qizilqum (MQQ)
fosforit rudalarini kimyoviy va fizik usullar bilan qayta ishlab, antipiren tarkiblar
olish borasida tadqiqotlar olib borildi.
Yongʻin himoya vositalari (keyingi oʻrinlarda YoHV yoki HV) tarkibini ishlab
chiqishda nisbatan yaxshi eruvchan ammofos asosidagi sistema tanlanadi.
Tajribalarda quyidagi tarkibga ega (mass. %): N-10,7; P
2
O
5
-46,1; Al
2
O
3
-2,8;
Fe
2
O
3
-2,3; CaO-1,9; SO
4
-7,5; MgO-3,5; F-1,0 ammofosdan foydalanildi. Bunda
qoʻllaniladigan dastlabki moddalarning suvli eritmalari hosil qilindi. Shuningdek, HV
tarkibiga kiruvchi boshqa tuzlar ham suvda
eritib
olinadi.
Boshqa
neytrallovchi
qoʻshimchalar, masalan, natriy godrokarbonat,
kaliy gidroksidlar miqdori kamligi sababli
quruq holatda aralashma tarkibiga kiritiladi.
Neytrallovchi qoʻshimchalarga ega boʻlmagan
eritmalar pH ning ma’lum qiymatiga qadar
ammiyakning eritmasi bilan ishlov beriladi.
Ammiakni ammofos eritmasiga qoʻshishdan
maqsad eritmaning pH neytlar muxitga
keltirish va yuqori darajadagi yongʻindan
himoyalash xossasiga ega boʻlgan ammoniy
gidrofosfatning ulushini oshirishdan iborat.
Ishga taklif etilayotgan barcha azot va fosfor
saqlagan yongʻin himoyasi vositalarining
fizik-kimyoviy xossalari va yongʻindan ximoya samaradorligi atroflicha tekshirildi.
YoHV olishda foydalaniladigan ammofosning kimyoviy tarkibini yaxshilash
maqsadida uning erish sharoitlari oʻrganiladi. Shu maqsadda erish jarayoniga
temperatura, boshlangʻich granula boʻlchami, eritmaning aralashtirish intensivligi
singari faktorlarning ta’siri aniqlanadi. Ammofosning eruvchanligi vaqt birligi ishida
suyuq fazaning tiniq qismlaridagi azot yoki Р
2
О
5
ning miqdori asosida baholanadi.
Tajribalarda temperatura 20-60°С, granula boʻlchamlari 1 - 4 mm va ammafos: suv
nisbati 5:95 dan 40:60 gacha oraligʻida oʻrganiladi.
Ammofos eritmasini olish va uning tiniq qismini ajratishda 1-rasmda keltirilgan
qurilmadan.
Tajribalarda Р
2
О
5
ning miqdori fotokolorimetrik usulda nazorat qilinadi.
Ammofosning eruvchanligi temperaturaning 20, 40 va 60°С qiymatlarida oʻrganildi.
Tajribalar ammafos: suv nisbatini 40:60 qiymatlarda olib borildi. Ammafosning
eruvchanligiga temperaturaning ta’sirini aniqlash natijalari 3.2 rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: