Mavzu:Ta’lim turlari va ta’limni tashkil etish shakllari.
Reja:
1. Ta‘lim turlari.
2. Ta‘limni tashkil etish tizimi.
3. Ta‘limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Ta‘lim tarixida ta‘limni tashkil etishda turli shakllardan foydalanilgan.
Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan machitlar huzuridagi
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari asosan ruhoniylar tomonidan tashkil etilib,
ta‘lim guruhli yoki yakka tartibda amalga oshirilgan. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)
ta‘lim tarixida birinchi bo‘lib sinf-dars tizimini ishlab chiqdi.Ya.A.Komenskiyning yangi ta‘lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar ta‘limidan o‘rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta‘limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida qo‘llanmoqda.
Dars-bevosita o‘qituvchi еtakchiligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir.
Dars mashg‘uloti asosan 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat‘iy jadval
asosida olib boriladi.
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar
hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta‘lim jarayoni maqsadi hamda
bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur.
Har qanday darsning samarasi uning natijasi, ya‘ni o‘quvchilarda
shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi, lekin bu natija
ko‘p jihatdan dars o‘tuvchi shaxs-o‘qituvchining tayyorgarligiga bog‘liqdir.
Darsga bo‘lgan o‘qituvchining puxta tayyorgarligi ta‘limning samarasini
ta‘minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o‘qituvchi ham psixologik, ham
fani bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim.
Psixologik jihatdan tayyorgarlik deganda quyidagilarni tushunishimiz lozim.
Dars murakkab jarayon bo‘lib, unda turli psixik hususiyatlarga;harakterga,
irodaviy hislatlarga, xotiraga, diqqatga, tafakkur va temperamentga ega bo‘lgan
o‘quvchilar ishtirok etishadi. Dars davomida yuqorida qayd etilgan hususiyatlar u
yoki bu ko‘rinishda o‘quvchilar tomonidan namoyon etiladi. Qolaversa, darsning
har bir daqiqasida hyech kim, hyech qaysi yo‘l bilan oldindan rejalashtira
olmaydigan vaziyatlar yuzaga chiqadi. Ammo, o‘qituvchi psixik jihatdan har
qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmasdan muammoni to‘g‘ri yo‘l bilan hal etishga
tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi bo‘lajak darsning muhitini
tasavvur etishi va unga o‘zini oldindan tayyorlashi lozim bo‘ladi.
Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g‘oya yotadi. g‘oya
asosida esa o‘qituvchining bolalar bilan o‘zaro harakati yotadi, ya‘ni: sinfda
psixologik birlik vaziyatini yaratish; har bir o‘quvchi o‘z shaxsini o‘zi namoyon
etishini ta‘minlash; har bir metodik yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini
tanlash; o‘quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish va boshqalar. Bunda
o‘qituvchi har bir o‘quvchi qalbiga kirib borish uchun o‘zining didaktik usullari,
tashkiliy shakllari orqali yo‘l topadi. Darsdagi o‘quvchilar faoliyatiga nafaqat
o‘qituvchi, balki o‘qvuchilar ham rahbarlik qiladi. Avvalo a‘lochi o‘quvchi, keyin
boshqa o‘quvchilar ham o‘qituvchi topshirig‘iga binoan nima ish qilganini aytadi
va qolgan o‘quvchilarni orqalaridan ergashtiradilar. Bunday «izohli boshqaruv»
o‘quvchi maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlanishi kerak.
Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darsning yana bir turi
muammoli darslardir. O‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning
psixologik zamini sanaladi. Bu darslarga ham an‘anaviy darslarga o‘xshab qator
pedagogik talablar qo‘yiladi. Ilmiylik,sistemalilik, izchillik, onglilik va didaktik
talablar sanaladi. Shu bilan birga, muammoli darslarning o‘ziga xos hususiyatlari
ham mavjud. Muammoli dars ta‘limning boshqa turlari, tizimlarini, metodlarini
tamomila inkor etmaydi. Uning asosiy hususiyati ta‘lim jarayonining ma‘lum
bo‘limida yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida yangicha bilim, yangicha faoliyat
ko‘rsatish metodlarni ijodiy egallash bilan harakterlanadi.
O‘quv fanlari bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarning puxtaligi ko‘p jihatdan
takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilishga bog‘liq. Bunday
darslarda oldin o‘rganilgan bilimlarga, qoida va ta‘riflarga takroriy duch kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |