Mavzu: Didaktika ta’limnazaryasi sifati.
Reja:
1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
2. Didaktikaning ob‘yekti, predmeti va funksiyalari.
3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Insoniyat tomonidan asrlar davomida to‘plangan ma‘lumot va bilimlar har
bir yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga
xizmat qilishi lozim. To‘plangan ma‘lumot va bilimlarni o‘zlashtirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil
etilishi lozim. Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi,
Shuning uchun, o‘z qonun-qoidalariga, hususiyatlariga ega. Ta‘lim jarayonini
qonun-qoidalarini o‘rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo‘nalishlarini izlab
topish, ularni o‘zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan
pedagogikaning didaktika bo‘limi shug‘ullanadi. Ta‘lim jarayonini, insonning
bilish qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psixologiya, fiziologiya fanlari
ham o‘rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi
va izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta‘lim, uni tashkil etish, bilimlarni
o‘zlashtirilishi, ta‘lim mazmunini aniqlash, ta‘lim usullari, qoidalari kabi barcha
masalalar bilan shug‘ullanadi.
Didaktika fan sifatida o‘z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq
maqsadlariga ega. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega.
Didaktika yosh avlodni «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday
o‘qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o‘z navbatida ayrim o‘quv
fanlarga oid o‘qitish va o‘qish metodi va uslublari bilan uzviy bog‘liqdir. U
o‘qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan
birga, har bir o‘quv fanini o‘qitish metodlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy
didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy hisoblanadi. Uning
«Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o‘qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta‘sir
ko‘rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom al-Buxoriy, Abu
Iso at-Termiziy, Muxammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn- Sino, Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib,
Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta
xissa qo‘shdilar.
Didaktikaning predmeti-ta‘lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir. Didaktika
o‘ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo‘lganidek, uning o‘ziga
oid tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tushuncha ma‘lum didaktik hodisaga
taalluqli bo‘lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari
umumlashtiriladi. Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash shakli,
shuningdek, didaktik hodisalarni bilish, tadqiq qilish, bayon qilish hamda
amaliyotda foydalanish vositalaridir.
Didaktikaning predmeti-ta‘lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir. Didaktika
o‘ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo‘lganidek, uning o‘ziga
oid tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tushuncha ma‘lum didaktik hodisaga
taalluqli bo‘lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari umumlashtiriladi. Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash shakli,
shuningdek, didaktik hodisalarni bilish, tadqiq qilish, bayon qilish hamda amaliyotda foydalanish vositalaridir.
Didaktikaning ayrim muhim tushunchalari didaktikaning kategogriyalari deb
ataladi.
Ma‘lumot-ta‘lim va tarbiya jarayonida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan
ilmiy bilimlar, bilim olish ko‘nikma va malakalari, hamda ular asosida tarkib
topgan dunyoqarashlar, ahloqiy fazilatlar, shuningdek,shaxsning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish yig‘indisidir.
Ta‘lim-ma‘lum maqsadga qaratilgan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va
malakalar bilan qurollantiradigan, o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi
faolliklariga asoslangan jarayondir. O‘qitish o‘qituvchining faoliyatini, o‘qish esa
o‘quvchining bilim olish faoliyati jarayonini bildiradi.
Bilimlar-insoniyatning asrlar davomida ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida
to‘plagan umumlashgan tajribasidir.
Ta‘lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan o‘rganilgan va
egallangan bilimlarni barchasini o‘rgatishning imkoniyati yo‘q. Shuning uchun
o‘quv jarayonida fanlarning poydevori, asoslari eng asosiy, muhim narsalar
o‘rganiladi.
Ko‘nikmalar olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga
binoan bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir. Ko‘nikma hosil qilish uchun
aqliy va jismoniy mehnat qilish usullarini bilib olish, hosil qilingan bilimlarni
amalda qo‘llay bilish kerak bo‘ladi.
Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Malaka
qanchalik puxta bo‘lsa, odam ishni shunchalik tez va to‘g‘ri bajaradi.
Insoniyat tomonidan asrlar davomida to‘plangan ma‘lumot va bilimlar har
bir yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga
xizmat qilishi lozim. To‘plangan ma‘lumot va bilimlarni o‘zlashtirish o‘ta
murakkab jarayon bo‘lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil
etilishi lozim. Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi,
Shuning uchun, o‘z qonun-qoidalariga, hususiyatlariga ega. Ta‘lim jarayonini
qonun-qoidalarini o‘rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo‘nalishlarini izlab
topish, ularni o‘zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan
pedagogikaning didaktika bo‘limi shug‘ullanadi. Ta‘lim jarayonini, insonning
bilish qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psixologiya, fiziologiya fanlari
ham o‘rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi
va izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta‘lim, uni tashkil etish, bilimlarni
o‘zlashtirilishi, ta‘lim mazmunini aniqlash, ta‘lim usullari, qoidalari kabi barcha
masalalar bilan shug‘ullanadi.
Didaktika fan sifatida o‘z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq
maqsadlariga ega. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega.
Didaktika yosh avlodni «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday
o‘qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o‘z navbatida ayrim o‘quv
fanlarga oid o‘qitish va o‘qish metodi va uslublari bilan uzviy bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |