202
TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
TUTGAN O’RNI
Ibragimova S.N.
1
, Rustamov B.X.
1
, Xakimova Sh.X.
1
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
shaxnozaxakimova98@gmail.com
Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) ning jadallik bilan rivojlanish sabablarini
ham uning poydevoriga nazar
solishdan boshlagan ma’qul. Sababi, uning poydevoriga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-
sonli “Komyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnolog
iyalarini joriy etish to‘g‘risida”
Farori bilan asos solingan. Ana shu Farmondan so‘ng AKT ning poydevori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200
-sonli
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2002
-2010
yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi bilan yanada mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasida bevosita AKT bilan bog‘liq bir qancha
Qonunlar ishlab chiqilyapti hozirga qadar. Ular jumlasiga: “Axborotlashtirish
to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat almashuvi
to‘g‘risida” hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlarni misol tarzida
kelt
irish mumkin. Ushbu Qonunlarning ijrosini ta’minlash uchun kerakli qonunosti
hujjatlar (Vazirlar Mahkamasi qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar, standartlar va
hokazo) ishlab chiqilgan.
Bugungi kundalik hayotimizni internet tarmog‘i
-yu,
uyali aloqa xizmatisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Sababi, bir ibora tobora o‘z tasdig‘ini topmoqda: Kim
axborotga egalik qilsa-
butun dunyodan xabardor bo‘ladi! Shunday axborot
tarmoqlaridan biri shubhasiz bu internetdir. Bunda internetning ishlash tezligi
hamda internet
ning narxi ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda bu borada
poydevor qo‘yilgan kundan boshlab ahvol qanday? Bu savolga quyidagi
jadvallardan javob olishimiz mumkin.
Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarga e’tibor qaratsak. Bu yerda yana
o‘sha poydevor qo‘yilgan 2002yildan boshlaganimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘sha yili o‘rgimchak to‘ri deb atalmish xalqaro axborot tizimi
-internetdan
foydalanuvchilar soni 137ming nafarni tashkil etib, bir yildan keyin ularning soni
ikki baravarga o‘sganda ko‘pgina xorijlik mutaxassislar: “O‘zbekistonda AKT
nafaqat tez, balki
shiddat bilan tarqqiy etmoqda, bu ketishda 2010yilga kelib
internetdan foydalanuvchilar soni 2mln.nafar foydalanuvchilarga yaqinlashadi:,-
deya ta’kidlashgandi. Bundan tashqari hozirgi kunga kelib
internetdan
foydalanuvchilar soni 25mln dan ortiq desak adashmagan bo‘lamiz. Buni qarangki,
mutaxassislar haq bo‘lib chiqishdi, O‘zbekistonda AKT nafaqat tez, balki shiddat
bilan taraqqiy etdi, ammo xorijlik mutaxassislar foydalanuvchilar soniga
kelishgan
da yanglishganliklari ma’lum bo‘ldi. Sababi, 2010yilga emas, balki 2008
yilga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 2 mln nafardan ortib ketdi.
203
1-
rasm. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar
Oxirgi o‘n yilliklarda hisoblash texnikalari tez avj olib o‘
sib borayotgan
jarayon hisoblanadi. Asosan xalq-
xo‘jaligi va barcha ilmiy o‘rganish
sohalarida
ma’lumotlarga raqamli ishlov berish amaliy usullariga o‘tishi katta sakrash bo‘ldi.
Bularni har xil hisoblash ya’ni kerakli o‘rinlarda turuvchi signallarga raqam
li
ishlov berish (SRIB) tizimlari texnikalarida qo‘llash, keyingisi ma’lumotlarni
qayta ishlash jarayonida masofadan turib zondlashgan foydalanish, med-biologik
tadqiqotlarda, aerokosmik va dengiz kemalari qatnovi: aloqa, radiofizika, raqamli
optika va bir qator raqamli sohalari masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Signallarga
raqamli ishlov berish (SRIB)-bu hisoblash texnika (HT) larida texnik sifatida va
dasturli vositalarda ko‘chishlarni dinamik yozuvchisidir. Signallarga raqamli
ishlov berish uchun va shu sohaga tegishli xabarlar nazariyasidan foydalanadilar.
Jumladan signalni optimal qabul qilish nazariyasidan va ko‘rinishini bilish
nazariyalari kiradi. Bu jarayonda asosiy vazifasi birinchidan fondagi shovqinlarni
va tabiatdagi turli xil
tovush signallarini belgilaydi, ikkinchidan signallarni
sinflanishini, tenglashtirish va avtomatik aniqlashdan iborat. Signallarga ishlov
berishni ta’sirini quiydagi texnologiyalarida ya’ni telekommunikatsiya, raqamli TV
va ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va videosistemalarda kuzatishimiz
mumkin. Bular asosan hisoblash qurilmalarida qo‘llaniladi.
AKT dan faol foydalanish keng tarqalgan,
uskunalar va texnologiya
infratuzilmasining eng yangi turlari bilan jihozlangan, yuqori kadrlar potensiali
bilan asoslangan. Bu ish insonlarning turmush darajasini sifatini yaxshilashga va
ularning kundalik hayotini yaxshilash, davlat boshqaruvida eng yangi
texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Axborotlashtirish
zamonaviy
dunyo
taraqqiyotining
eng
muhim
yo
’nalishlaridan biri hisoblanib, jahon
-fan texnikasining
iqtisodiy ijtimoiy
taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-2021-
yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo’yicha harakatlar
strategiyasi dasturining Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish nomli 1.2-
bo‘limida
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash,
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid
axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; “Elektron hukumat”
tizimlarini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va
204
aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining foydalanish
imkoniyatlarini oshirish
hamd
a iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb
nomlangan 3-
ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali
raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish
bozorlarida monopoliyani bosqichma-
bosqich kamaytirish aytib o‘tilgan.
Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining yangiligi va o‘ziga xosligi
insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyatining barcha
sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish
mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uch
yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi
jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi:
Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish
natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini
shakllantirish uchun katta
ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa,
axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak
bo‘ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar
uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: