22
Stegonografik algoritmlar yordamida quyidagi kontentlarga ma’lumot
berkitish mumkin:
-
matn kontent;
-
rasm kontent;
-
ovoz kontent;
-
video content.
Xuddi shuningdek ma’lumotlarni berkitish usullari
ham kontentga qarab
turlicha bo‘ladi.
Matn kontentga ma’lumot berkitish.
Matn ma’lumotlar orasida maxfiy ma’lumotni yashirish (lingvistik
stegonografiya) amalda keng foydalanilib, quyida bir nechta sodda algoritmlar
tavsifi keltirilgan.
So‘zlar orasida ikkita probel qo‘yishga asoslangan algoritm
.
Ushbu
algoritm matn formatidagi ma’lumotlar orasida maxfiy ma’lumot bitlarini
yashirishga asoslangan. Bunga ko‘ra algoritm ketma
-ketligi quyidagicha:
-
Dastlab har b
ir so‘zlar orasidagi ortiqcha probellar olib tashlanadi, ya’ni
so‘zlar orasida faqat bitta probel qoldiriladi.
-
Agar maxfiy ma’lumotning birinchi biti 1 ga teng bo‘lsa,
birinchi va
ikkinchi so‘zlar orasida yana bitta probel qo‘yiladi, ya’ni, umumiy holda ik
kita
probel bo‘ladi. Agar ma’lumot biti nolga teng bo‘lsa, o‘zgartirilmagan holda
keyingi bitga o‘tiladi.
-
Ma’lumotning ikkinchi biti ikkinchi va uchunchi so‘zlar
orasidagi
probellar soni bilan, uchunchi biti uchinchi va to‘rtinchi so‘zlar orasidagi probell
ar
soni bilan va hak. davom ettiriladi.
Ushbu algoritm dasturiy tomondan amalga oshirishga juda qulay bo‘lib,
katta samara beradi.
Matn o‘lchamlarini o‘zgartirish asosida ma’lumotni yashirish.
Bu turdagi
stegonografik algoritmlar amalda keng foydalanilib,
asosan simvol shaklidagi
maxfiy ma’lumotlarni matn ichida yashiradi. Ushbu usul harflarni o‘lchamini kam
o‘zgartirish natijasida, inson ko‘zi ajrata olmaslik farqini hosil qilishga qaratilgan.
Bu algoritmning asosiy ketma-ketligi quyidagicha:
-
ma’lumotlarni
yashirish uchun dastlab, yetarlicha uzun ochiq
ma’lumotlar ketma
-ketligi olinadi;
-
maxfiy ma’lumot belgilari navbati bilan ochiq ma’lumot
boshidan
boshlab topiladi va uning o‘lchami 0.5 ga o‘zgartiriladi (kattalashtiriladi yoki
kichiklashtiriladi, masalan,
14 o‘lchamdagi belgi 13.5 yoki 14.5 ga o‘zgartiriladi);
-
ikkinchi maxfiy ma’lumot belgisi, ochiq matndagi o‘zgartirilgan
belgidan keyingi belgilar ichidan topiladi (birinchi topilgani olinadi).
Insonning ko‘rish imkoniyatidan foydalangan holda ma’lumotlarn
i
yashirish.
Yuqoridagi algoritmda ma’lumotlarni yashirish belgilarning o‘lchamini
o‘zgartirish orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bu usulda matn belgilarini rangini
almashtirishdan foydalaniladi. Bu usulning amallar ketma-ketligi quyidagicha:
23
Dastlab
O‘zgartirishdan keyin
1-
rasm. Spektr rangini bilinmas bir kattalikka o‘zgartirish
-
ma’lumotni yashiruvchi ochiq matn tanlanadi va umumiy holda
belgilanib, uskunalar panelidan foydalangan holda unga qora
rang beriladi;
-
ochiq matn ichidagi ma’lumotlardan foydalangan maxfiy ma’lumot
belilari ketma-
ketligi topilib, ularning rangi qoradan (0,0,0) ozgina o‘zgartirilgan
(0,0,1) ranga aylantiriladi;
-
bu usulda maxfiy ma’lumot ochiq ma’lumot belgilaridan rangi bilan farq
qiladi. Bu o‘zgarishni kompyuter orqali sezish mumkin bo‘lsada, inson ko‘zi buni
sezmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: