171
tayyorlash milliy dasturida -
Barcha bosqichdagi ta‘lim jarayonlarini
kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi deb qayd etilgan.
Bugungi kunda taraqqiyot darajasini axborot va kompyuter tehnologiyalari hamda
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi erishilgan yutuqlar belgilab bermoqda. Ushbu
soha tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Kundan-kunda yangi tehnologiyalar
yaratilmoqda. Sh
uning uchun ham ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Shuningdek maktabgacha
ta‘lim muassasalarida ham o‘yinlarni multimedia vositalaridan foydalangan holda
tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov-
Ta‘lim
sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli
va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish,
bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg
’or yutuqlar nafaqat
maktab, litsey, kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng
kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz
lozim,
–
deya ta‘kidlagan edilar. Bu fikrlar MTM tarbiyalanuvchilarida ko
mpyuter
savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuterdan elementar tarzda foydalanishga
o’rgatish maktab ta‘limiga tayyorlashning dolzarb masalalardan biri ekanligini
ko’rsatadi. Zamonaviy maktabgacha ta‘lim muassasalarida ta‘lim
-tarbiya
jarayonini multimedia vositalari asosida tashkil
etishga alohida ahamiyat
berilyapti. Multimedia vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt
disklar, video-audio tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTMda multimedia
texnologiyasidan foydalanishdagi masala
lardan yana biri ta‘lim
-tarbiya jarayoni
samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish,
unga mos ishlanmalar
yaratish hamda amaliyotga joriy qilish zarurligidir. Maktabgacha ta‘lim
muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning o’ziga xo
s
xususiyatlari mavjud. Ularni o’rganish, texnologiyalarni tatbiq etishda bolalar
yoshini hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta‘lim
-tarbiya
jarayonida bolalarga pedagogik va psixologik ta‘sir etish usullarini o’rganish va
amaliyotga
joriy etish kabi jihatlarga e‘tibor qaratish lozim. Axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida multimedia texnologiyasi yaratildi
va turli sohalarda qo’llanila boshlandi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari ta‘lim
-
tarbiya jarayonida multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish
uchun, avvalo, multimedia to’g’risidagi asosiy tushunchalarga e‘tibor qaratamiz.
Multimedia atamasining lug’aviy ma‘nosi
-multum+medium yoki inglizcha
–
multum+media kabi ikki so’z yig’indisidan tashkil topgan bo’lib,
- multi
–
ko’p,
-
media
–
muhit ma‘nosini anglatadi.
Atama ilmiy va o’quv adabiyotlarida ko’p vositalilik;
- multimedia muhiti;
-
ko’p qatlamli muhit.
-
ma‘lumot tashuvchi vosita kabi talqin qilinib kelinmoqda.
Hozirgi davrda multimedia atamasi ko’p qirrali bo’lib, turli tushunchalarni
ifodalashda qo’llaniladi. Masalan,
multimedia texnologiyasi, multimedia
mahsuloti, multimediali kompyuter, multimedia dasturi va boshqalar. Maktabgacha
ta‘lim muassasalari ta‘lim
-tarbiya jarayoniga multimedia texnologiyasini tatbiq
172
etish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga mo’ljallangan, jumladan,
multimediali kompyuter texnologiyasining asoslarini ishlab chiqish zarur.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga mo’ljallangan multimediali
texnologiya an‘anaviy texnologiyalardan quyidagilar bilan farqlanadi:
• bolalarning psixologik jihatlari;
• bolalarning yoshi (6–
7 yosh);
• kompyuterli mashg’ulotning davomiyligi (15 daqi
qa);
• materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida);
• materialning hajmi (30 daqiqaga mo’ljallangan);
• materialning murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar
tanlanadi);
Multimediaviy hujum natijasida bolaning o’zlashtirish daraja
si rivojlanishiga
va mashg’ulot samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Har qanday pedagogik
texnologiya o’ziga xos ma‘lum bir komponentga ega.
Multimedia texnologiyasining ham ta‘limiy komponentlari mavjud:
•
nazariy va amaliy asoslar;
• texnik va
didaktik vositalar;
• ta‘lim oluvchilarning olgan bilimini baholash mezoni;
• ta‘lim manbalarini kiritish.
Bolalar uchun q
о‘llanma yoki darslik sifatida kompyuter xotirasiga kiritilgan
ma’lumotlar va о‘quv materiallari, tarbiyachi (pedagog) uchun multime
dia
texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik adabiyotlar,
metodik q
о‘llanmalar,
tavsiyalar va ularning elektron varianti ta’lim manbalari xisoblanadi. Maktabgacha
ta‘lim yoshidagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berishda bilish nazariyasiga
asoslaniladi, jumladan,
-
jonli mushohada‖da didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar
namoyish qilinadi;
- jonli kuzatish bolalarning fikrlash qobiliyati rivojlanishiga olib keladi.
Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli ranglarda beriladi. Bolalar
monitor ekranida ularni ko’rishi bilanoq ranglar to’g’risida fikr yurita boshlaydi.
Bola bilish nazariyasining mavhum tafakkur bosqichida monitor ekranida ko’rgan
materiallariga e‘tibor qaratadi,
mulohaza yurita boshlaydi, fikrlaydi hamda
amaliyotga tatbiq eta boshlaydi.
Kompyuterli ta‘limni amaliyotda qo’llash MTM tarbiyalanuvchilari
tomonidan o’rganiladigan materiallarni kompyuterda bajarish asosida amalga
oshiriladi. Multimediali kompyuter texnologiyasi MTMlardagi ta‘lim
-tarbiya
jarayonida yaqindan bosh
lab qo’llanilayotgani uchun hozirgi kunda uning
pedagogik-
psixologik jihatlari, tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: