Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/116
Sana23.02.2022
Hajmi4,12 Mb.
#117967
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

Adabiyotlar
1. 
Дозорцев В.М. Компьютерные тренажеры для обучения 
операторов технологических процессов. М.: Синтег. 2009. 372 с. 
2. 
 https://vc.ru/flood/13837-vr-use 
3. 
Дозорцев В.М. Мировой рынок компьютерных тренажеров для 
обучения операторов: тенденции, вызовы, прогнозы //Автоматизация в 
промышленности. 2016. № 2. С. 47-50. 
4. 
Дозорцев В.М. Мировой рынок компьютерных тренажеров для 
обучения операторов: тенденции, вызовы, прогнозы //Автоматизация в 
промышленности. 2016. № 2. С. 47-50. 


202 
TA’LIMDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI 
TUTGAN O’RNI 
Ibragimova S.N.
1
, Rustamov B.X.
1
, Xakimova Sh.X. 

1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 
shaxnozaxakimova98@gmail.com
 
 
Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
(AKT) ning jadallik bilan rivojlanish sabablarini ham uning poydevoriga nazar 
solishdan boshlagan ma’qul. Sababi, uning poydevoriga O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli “Komyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 
Farori bilan asos solingan. Ana shu Farmondan so‘ng AKT ning poydevori 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2002-2010 
yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish dasturi bilan yanada mustahkamlandi. 
O‘zbekiston Respublikasida bevosita AKT bilan bog‘liq bir qancha 
Qonunlar ishlab chiqilyapti hozirga qadar. Ular jumlasiga: “Axborotlashtirish 
to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat almashuvi 
to‘g‘risida” hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlarni misol tarzida 
keltirish mumkin. Ushbu Qonunlarning ijrosini ta’minlash uchun kerakli qonunosti 
hujjatlar (Vazirlar Mahkamasi qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar, standartlar va 
hokazo) ishlab chiqilgan. 
Bugungi kundalik hayotimizni internet tarmog‘i-yu, uyali aloqa xizmatisiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Sababi, bir ibora tobora o‘z tasdig‘ini topmoqda: Kim 
axborotga egalik qilsa-butun dunyodan xabardor bo‘ladi! Shunday axborot 
tarmoqlaridan biri shubhasiz bu internetdir. Bunda internetning ishlash tezligi 
hamda internetning narxi ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda bu borada 
poydevor qo‘yilgan kundan boshlab ahvol qanday? Bu savolga quyidagi 
jadvallardan javob olishimiz mumkin. 
Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarga e’tibor qaratsak. Bu yerda yana 
o‘sha poydevor qo‘yilgan 2002yildan boshlaganimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘sha yili o‘rgimchak to‘ri deb atalmish xalqaro axborot tizimi-internetdan 
foydalanuvchilar soni 137ming nafarni tashkil etib, bir yildan keyin ularning soni 
ikki baravarga o‘sganda ko‘pgina xorijlik mutaxassislar: “O‘zbekistonda AKT 
nafaqat tez, balki shiddat bilan tarqqiy etmoqda, bu ketishda 2010yilga kelib 
internetdan foydalanuvchilar soni 2mln.nafar foydalanuvchilarga yaqinlashadi:,-
deya ta’kidlashgandi. Bundan tashqari hozirgi kunga kelib internetdan 
foydalanuvchilar soni 25mln dan ortiq desak adashmagan bo‘lamiz. Buni qarangki, 
mutaxassislar haq bo‘lib chiqishdi, O‘zbekistonda AKT nafaqat tez, balki shiddat 
bilan taraqqiy etdi, ammo xorijlik mutaxassislar foydalanuvchilar soniga 
kelishganda yanglishganliklari ma’lum bo‘ldi. Sababi, 2010yilga emas, balki 2008 
yilga kelib internetdan foydalanuvchilar soni 2 mln nafardan ortib ketdi.


203 
1-rasm. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar 
Oxirgi o‘n yilliklarda hisoblash texnikalari tez avj olib o‘sib borayotgan 
jarayon hisoblanadi. Asosan xalq-xo‘jaligi va barcha ilmiy o‘rganish sohalarida 
ma’lumotlarga raqamli ishlov berish amaliy usullariga o‘tishi katta sakrash bo‘ldi. 
Bularni har xil hisoblash ya’ni kerakli o‘rinlarda turuvchi signallarga raqamli 
ishlov berish (SRIB) tizimlari texnikalarida qo‘llash, keyingisi ma’lumotlarni 
qayta ishlash jarayonida masofadan turib zondlashgan foydalanish, med-biologik 
tadqiqotlarda, aerokosmik va dengiz kemalari qatnovi: aloqa, radiofizika, raqamli 
optika va bir qator raqamli sohalari masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Signallarga 
raqamli ishlov berish (SRIB)-bu hisoblash texnika (HT) larida texnik sifatida va 
dasturli vositalarda ko‘chishlarni dinamik yozuvchisidir. Signallarga raqamli 
ishlov berish uchun va shu sohaga tegishli xabarlar nazariyasidan foydalanadilar. 
Jumladan signalni optimal qabul qilish nazariyasidan va ko‘rinishini bilish 
nazariyalari kiradi. Bu jarayonda asosiy vazifasi birinchidan fondagi shovqinlarni 
va tabiatdagi turli xil tovush signallarini belgilaydi, ikkinchidan signallarni 
sinflanishini, tenglashtirish va avtomatik aniqlashdan iborat. Signallarga ishlov 
berishni ta’sirini quiydagi texnologiyalarida ya’ni telekommunikatsiya, raqamli TV 
va ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va videosistemalarda kuzatishimiz 
mumkin. Bular asosan hisoblash qurilmalarida qo‘llaniladi. 
AKT dan faol foydalanish keng tarqalgan, uskunalar va texnologiya 
infratuzilmasining eng yangi turlari bilan jihozlangan, yuqori kadrlar potensiali 
bilan asoslangan. Bu ish insonlarning turmush darajasini sifatini yaxshilashga va 
ularning kundalik hayotini yaxshilash, davlat boshqaruvida eng yangi 
texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. 
Axborotlashtirish 
zamonaviy 
dunyo 
taraqqiyotining 
eng 
muhim 
yo’nalishlaridan biri hisoblanib, jahon-fan texnikasining iqtisodiy ijtimoiy 
taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo’yicha harakatlar 
strategiyasi dasturining Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish nomli 1.2-bo‘limida 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid 
axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; “Elektron hukumat” 
tizimlarini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va 


204 
aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining foydalanish imkoniyatlarini oshirish 
hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb 
nomlangan 3-ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali 
raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish 
bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish aytib o‘tilgan. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangiligi va o‘ziga xosligi 
insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyatining barcha 
sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish 
mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uch 
yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi 
jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi: 
Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish 
natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta 
ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, 
axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak 
bo‘ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar 
uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish