Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/116
Sana23.02.2022
Hajmi4,12 Mb.
#117967
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

Адабиётлар 
1. Юнкеров, В.И. Математико-статистическая обработка данных 
медицинских исследований / В.И. Юнкеров, С.Г. Григорьев, М.В. Резванцев. 
– 3-е изд., доп. – СПб.: ВМедА, 2011. – 318 с. 
2. С.Б.Эшбуриев 
Сигирлар 
иккиламчи 
остеодистрофиясининг 
этиопатогенези ва профилактикаси //PhD диссертацияси 2011, Самарқанд, 122 
б. 
3. Лайшев К.А., Спесивцев А.В., Шалаев И.М. Нечеткие множества в 
эпизоотологическом 
прогнозировании 
//Актуальные 
проблемы 
инфекционной патологии и иммунологии животных /Всерос. науч.-исслед. 
ин-т экспер. ветеринарии. - М, 2006. - С. 88-89. 
4. Спесивцев А.В. Управление рисками чрезвычайных ситуаций на 
основе формализации экспертной информации. - СПб.: Изд-во Политехн. ун-
та, 2004. - 238 с. 
5. Заде Л.А. Роль мягких вычислений и нечеткой логики в понимании, 
конструировании и развитии информационных интеллектуальных систем 
//Новости Искусственного Интеллекта. 2001.-№2-3. -С.7-11. 
6. Алоев Р. Мухамедиева Д., Нуриллаев М.М., Абдурахмонов Т.Т. 
Идентификация зависимостей успеваемости студентов с помощью нечеткой 
базы знаний и регрессионной модели. // Совместный выпуск Узбекского 
журнала «Проблемы информатики и энергетики» и сборника научных трудов 
«Вопросы вычислительной и прикладной математики» по материалам 
республиканской научно-технической конференции «Моделирование и 
управление в реальном секторе экономики». 23-26 сентябрь. Ташкент, 2009, 
С.111-114.
KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH FANINI O’QITISHDA 
ELECTRONICS WORKBENCH MULTISIM DASTURINI QO’LLASH. 
A.S.Narkulov
1
, R.B.Tuxtayev
2
 
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti Samarqand filiali , katta o’qituvchi 
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti Samarqand filiali , talaba 
Mashg’ulotlar jarayonida egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash 
amaliy mashg`ulotlar orqali amalga oshiriladi. Ammo bu mashg’ulotlarning 


137 
aksariyat qismida kutilgan natijaga erishilmaydi. Bunday salbiy holatning 
kuzatilishiga amaliy stendlarining etarli emasligi, zamonaviy asboblar, qurilmalar 
bilan ta`minlanmaganligi kabi sabablarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ushbu 
muammoni mashg’ulotlar jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish 
yordamida bartaraf qilish mumkin. 
 Zamonaviy elektr va elektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta 
aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning 
katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan 
foydalaniladi.
Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni 
dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U 
elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy o’quv 
yurtlarida qo’llanilishi mumkin.
Electronics Workbench Multisim bilan ishlash kompyuter texnikasi bo’yicha 
chuqur bilimlarni talab qilmaydi. Dasturning interfeysini bir necha soat davomida 
o’zlashtirib olish mumkin. 
Hozirgi vaqtda jahonda ko’plab kompyuterda modellash dasturlari 
qo’llanilmoqda. Ular ichida o’quv yurtlarida eng ko’p qo’llaniladigan dasturlardan 
biri Interactive Image Technologies firmasining Electronics Workbench Multisim 
dasturidir.
Electronics Workbench Multisim (EWB) dasturi real vaqt masshtabida 
ishlovchi, o’lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-
radioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday 
murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va 
tadqiq qilish mumkin.
Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan 
iborat (1-rasm).
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (File), 
tahrirlash menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalarni tahlil 
qilish menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), yordam 
fayllari bilan ishlash menyusi (Help).
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo’lgan 
tugmalar mavjud (1-rasm). Tugmalar bosilganda ularga mos bo’limlar ochiladi,
1-rasm. Electronics Workbench Multisim kompleksining interfeysi. 


138 
Dasturning bosh oynasi 1-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur 
standart interfeysga ega. Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori 
qismida joylashgan. Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. 
Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar 
kiritiladi.Belgilar oynasi sxema oynasining yuqori qismida joylashgan. Yuqori 
qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi. Keyingi, ya`ni sxema 
oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va 
o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diodes) va o’lchash 
asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 1-rasmda ko’rsatilgan.
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) hamda 
pauza (Resume) tugmalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan. 
Activate/Stop tugmasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan 
sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin.
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga 
muvofiq emas. Chunki ma`lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash 
natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB dasturida ishlash 
quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi:
• sxemani tuzish; 
• sxemaga o’lchov asboblarini ulash; 
• sxemani aktivlashtirish, ya`ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni 
hisoblash. 
“VA” - mantiqiy elementini viziuallashtirishda Multisim dasturi elementlar 
ba’zasidan bizga kerakli bo’lgan elementlarni tanlab olib sxemani chizamiz.
«VA» - mantiqiy ko'paytirish, «konyunksiya» elementi. X va Y kirishlarga 
bir vaqtda “1” signali berilsa ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa, Z chiqishda “1” 
signali hosil bo'ladi ya'ni lampa yorishadi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda 
ikkalasiga «0» signali berilsa ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi 
ulanmagan holda bo'lsa, chiqishda «0» signali hosil bo'ladi ya'ni lampa o'chgan 
holda bo'ladi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, kalitlar uzilgan holat 0 ga to’g’ri keladi. Agar 1 
kalit ulansa birinchi kirishda 1 soni paydo bo’ladi. 
2-rasm. «VA» - mantiqiy elementi sxemasi. Birinchi uzib-ulagich yopiq bo’lganda. 


139 
Olingan natijalar asosida mantiqiy elementning chinlik jadvalini to’ldirish 
mumkin. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish