Materiallar va qurollar
Bizning materiallarimiz va vositalarimiz o‘quvchilar o‘rganishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ular vaqt sinovidan o‘tishga imkon beradigan va kompyuter fanidan tashqarida bo‘lganlar bilan tadqiqotlar va kashfiyotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan tushunchalarga e’tibor berishadi. Bu esa o‘quvchilarning ushbu konseptlarni “o‘ynab” hamda tajriba orqali tushunishlariga imkon beradi. Bizning kodlash muhitimizdan tortib, kodlamaydigan vositalarimiz va videofilimlarimizga qadar bizning resurslarimiz o‘quv rejamizdagi darslarni, o‘quvchilar ishtiroki va bilimlarini o‘rganish bilan bog‘liq ravishda bizning falsafamizni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan. Shu nuqtai nazardan, bizning videolarimiz kompyuter asoslari tushunchalarini tushunishda va o‘qivchilarga o‘z bilimlarini o‘rganishni istalgan paytda qaytib kelishlari uchun ajoyib vosita bo‘lishi mumkin. Ular ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan va turli xil Kompyuter savodxonligi ma’ruzachilarining yulduzi va namuna modellari hisoblanadi.
Ijodkorlik va shaxsiy fikr yuritish
Bizning o‘quv dasturimizdagi ko‘plab loyihalar, topshiriq va tadbirlar o‘quvchilardan ijod qilishni, o‘zlarini namoyon etishni va yaratgan narsalarini boshqalar bilan bo‘lishishni talab qiladi. Muayyan darslar yangi ko‘nikmalarni o‘rganish va mashq qilishga qaratilgan bo‘lsa, bizning maqsadimiz har doim o‘quvchilarga ko‘nikmalarni o‘z ijodlarida qo‘llash imkonini beradi. Har bir inson, shu jumladan bizning o‘quvchilarimiz o‘z izlarini qoldirishni istaydi va biz ularga buning uchun kerakli vositalarni berishni xohlaymiz. Informatika shaxsiy fikr va ijodkorlik uchun imkoniyat yaratadigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini ifoda etishlari, dunyoda o‘z o‘rnini egallashlari uchun imkon beradigan tushunchalarni chuqurlashtirishga intiladilar.
Sinf jamoasi
O‘quvchilar qizg‘in bahslashish paytida sherik bilan suhbatlashadimi yoki uzoq muddatli guruh loyihasida ishtirok etishadimi, bizning ishonamizki, muammolarni hal qiladigan va narsalar yaratadigan sinf - bu nafaqat faol bo‘lishga olib keladigan sinf, balki o‘quvchilar uchun yaxshiroq o‘rganish, shuningdek, o‘zaro fikr almashadigan va boshqalarning fikrlarini tinglaydigan yanada inklyuziv madaniyatga olib keladigan sinf hisobalanadi. Masalan, sinfdagi munozaralar odatda "Think-Pair-Share" uslubi asosida amalga oshiriladi; biz o‘quvchilardan kompyuter kodlarini juft-qilib yozishni so‘raymiz.
Yuqori darajada Kompyuter savodxonligi asoslari kursi konsepsiya bloklarga bo‘linadi.
Konsepsiya bloklari - bu kursning tuzilishini ta'minlaydigan katta g‘oyalar. Konsepsiya bloklari o‘qituvchilarga bir qarashda kursda nimalar o‘qitilayotganini ko‘rishga imkon beradi.
|
Har bir Kompyuter savodxonligi asoslari kursida 4 dan 6 tagacha konsepsiya bloklari mavjud va har bir blokda bir yoki bir nechta dars bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina hollarda konsepsiya bloklari o‘quvchilar dasturlash darslari bilan shug‘ullanishdan oldin konsepsiyani kiritish uchun mo‘ljallangan bog‘lanmagan dars deb nomlangan kompyutersiz dars bilan boshlanadi. Dasturlash darslari o‘quvchilardan kompyuterlardan foydalanishni talab qiladi va malakalarini oshirish, qo‘llash va kursni yakunlash bo‘yicha darslardan iborat.
Har bir kurs quyidagi konsepsiya bloklaridan tashkil topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |