Mualliflar jamoasi


Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi



Download 0,89 Mb.
bet37/47
Sana17.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#812051
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
1axborotxavfsizligipdf

5.1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi


Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni muhofaza qilish sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash nimtizimini, axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini, kadrlarni tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish tizimlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizimdir.
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi qonun, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Aloqa to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.

Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:

  • yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlash va tashkil etish;

  • razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik;

  • axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

  • axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning samaradorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish;

  • davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini nazorat qilish;

  • axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash;

  • axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalishlarini aniqlash;

  • axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni me’yoriy-metodik va axboriy ta’minlash.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish