O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
A K A D E M I Y A
AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARI
(Ma’ruzalar kursi)
Toshkent – 2013
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining
Tahririyat-noshirlik ha’yatida ma’qullangan
Mualliflar jamoasi:
fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim I. M. Karimov; fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent N. A. Turgunov; texnika fanlari nomzodi, dotsent F. Kadirov;
texnika fanlari nomzodi, dotsent X.K. Samarov;
fizika-matematika fanlari nomzodi A. A. Iminov;
fizika-matematika fanlari nomzodi M. X. Djamatov
Taqrizchilar:
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi S.Y. Yusupov;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi boshlig‘i A.X.Xakimov
A-95 Axborot xavfsizligi asoslari: Ma’ruzalar kursi / fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim I.M.Karimovning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – 123 b.
Ma’ruzalar kursi axborot xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari, tashkiliy va boshqaruv tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida axborotni muhofaza qilishning davlat tizimining tashkiliy asoslari va vazifalarini o‘rganish, tinglovchilarga axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro tajriba, axborot xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari hamda ma’lumotlarni muhofaza qilishning kompleks tizimlari bilan tanishtirish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi, davlat organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari, axborot xavfsizligining obyektlari, tahdidlar va ularning manbalari, axborotlarni kriptografik va texnik himoyalash asoslari, axborotlarni muhofaza qilishning tashkiliy chora-tadbirlari, ma’lumotlarni muhofaza qilish va axborot xavfsizligini ta’minlashning usul va vositalari, ma’lumotlarning chiqib ketish kanallari va ularning oldini olish yo‘llari haqida nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi.
IIV Akademiyasi tinglovchilariga, professor-o‘qituvchilarga, tadqiqotchilarga hamda huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa turdosh sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.
BBK 73ya73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013-y.
«Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi»1.
Do'stlaringiz bilan baham: |