Muallif: Toshkent viloyati Zangiota tumani


Asosiy tushuncha va tayanch bilimlar



Download 257,03 Kb.
bet2/2
Sana16.07.2021
Hajmi257,03 Kb.
#121214
1   2
Bog'liq
10-sinf. Dars ishlanma

Asosiy tushuncha va tayanch bilimlar: Polimeriya, poligen, kumulyativ polimeriya, nokumulyativ polimeriya.

Darsning vaqt taqsimoti:

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

Oʻtgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5.

Baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish.

  2. Sinf davomadini aniqlash.

  1. O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini aniqlash va baholash uchun topshiriqlar.

1-topshiriq. Biologiyadan mustaqil o’quv-ish daftariga quyidagi test topshiriqlariga javob yozing.

  1. Bir genning unga noallel ikkinchi gendan ustun kelishi nima deb ataladi?

  1. Epistaz

  2. Komplementarlik

  3. Polimeriya

  4. Kodominantlik

  1. O’ziga allel bo’lmagan bironta genning ta’sirini to’sib, o’zini belgisini chiqaruvchi gen qanday gen deyiladi?

  1. Gipostatik

  2. Epistatik

  3. Polimeriya

  4. Komplementarlik

  1. O’ziga allel bo’lmagan bironta belgisini yuzaga chiqara olmaydigan gen qanday gen deyiladi?

  1. Gipostatik

  2. Epistatik

  3. Polimeriya

  4. Komplementarlik

  1. Epistaz ta’sirning qanday xillari bor?

  1. O’ta dominant

  2. Retsessiv

  3. Ko’p allel

  4. Dominant yoki retsessiv

  1. Tovuqlarda pat rangining irsiylanishi epistaz genlar asosida irsiylanadi. Oq tovuqlarning genotipi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. IICC

  2. IiCc

  3. IICc

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. G’ozada chigitning tukli yoki tuksiz bo’lishi qaysi qonuna asosida irsiylanadi?

  1. Epistaz

  2. Komplementarlik

  3. Polimeriya

  4. Kodominantlik

  1. Cho’chqalarda junning rangi epistaz ta’sir natijasida paydo bo’ladi. F2 ajralish nisbati qanday?

  1. 12:3:1

  2. 13:3

  3. 7:6:4

  4. 1:1:1:1

  1. Odamlarda uchraydigan retsessiv epistaz qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Gemofiliya

  2. Daltonizm

  3. Bo’yning uzunligi

  4. Bombey fenomeni

Yuqoridagi test javoblari:


1

2

3

4

5

6

7

8

A

B

A

D

D

A

A

D


2-topshiriq. Biologiyadan mustaqil o’quv-ish daftariga quyidagi masalaning javob yozing.

Masala sharti. Qora AAbb va kulrang aaBB donli suli o’simliklari chatishtirilib birinchi avlodda qora donlik o’simliklar olingan. Birinchi va ikkinchi avlod o’simliklarining genotipi va fenotipini hamda F2 da epistazga xos ajralish nisbatini aniqlang.

Yechilishi. 1. P: AAbb x aaBB

Gametalar: Ab aB

F1: AaBb

Fenotip: qora donli

Genotip: Digeterozigotali

2. P: AaBb x AaBb

Ota

Ona


AB

Ab

aB

ab

AB

AABB

AABb

AaBB

AaBb

Ab

AABb

AAbb

AaBb

AAbb

aB

AaBB

AaBb

aaBB

aaBb

ab

AaBb

Aabb

aaBb

aabb

Duragaylarning ikkinchi avlodi F2 da epistaz uchun xos bo’lgan belgilarning ajralish nisbati vujudga keladi:

F2 : 12/16 o’simliklar qora donli; 3/16 o’simliklar kulrang donli; 1/16 o’simliklar oq donli bo’ladi.



  1. Yangi mavzuni o’rganish. Yangi mavzuni o’qituvchi monitor orqali slaydlar yordamida o’quvchilarga tushuntirib beradi.

Reja:

  1. Polimer genlar. Poligen.

  2. Poligenlar ishtirokida rivojlanuvchi belgilar.

  3. Polimeriyaga doir masalalar yechish

  4. Pleyotropiya.



Genlarning polimer ta’siri


Allel bo’lmagan bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga o’xshash ta’sir ko’rsatishi genlarning polimer ta’siri deyiladi.



Genlarning o’zaro ta’siri shakllaridan biri bo’lib, har xil dominant allelmas genlarning bitta belgini kuchaytirishidir. U tabiatda keng tarqalgan. Bunday genlar polimer genlar deyiladi, belgi esa poligen deb ataladi. Odatda, polimer genlar bir xil shartli belgilar bilan belgilanadi. Masalan A₁A₁ va a₁a₁; A₂A₂ va a₂a₂; A₃A₃ va a₃a₃ …. Genotipda dominant allellar soni qancha ko’p bo’lsa belgi shuncha kuchli namoyon bo’ladi.





Polimeriya hodisasini dastavval shved olimi Nilson Ele o’rgandi. U bug’doyning qizil (A₁A₁A₂A₂) va oq (a₁a₁a₂a₂) navlarini o’zaro chatishtirib F₁ o’simliklarni oldi.



P₁ A₁A₁A₂A₂ x a₁a₁a₂a₂

F₁ A₁a₁A₂a₂

P₂ A₁a₁A₂a₂ x A₁a₁A₂a₂

A₁a₂

a₁A₂

a₁a₂





Nilson Ele 1873-yil

12-fevralda tavallud topgan. 1949-yil



29-dekabrda vafot etgan.



Gametalar



A₁A₂



a₁a₂

a₁A₂

A₁a₂





A₁A₂



A₁a₂



F₂



a₁A₂



a₁a₂



Hayvonlarning vazni, o’sishi

Qoramol sutining miqdori va yog’liligi

Tovuqlarning tuxum qilishi

O’simliklar tarkibidagi vitaminlar miqdori

O’simliklarning bo’yi

Genlarning polimer ta’siri organizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Bular poligenlar ta’sirida irsiylanagi va rivojlanadi.



Polimer irsiylanish ikki turga bo’linadi



Kumulyativ polimeriyada duragaylarda belgining har xil daraja rivojlanishi dominant genlarning soniga bog’liq bo’ladi. Kumulyativ polimeruyada fenotip jihatdan nisbat F₂ da 1:4:6:4:1 bo’ladi.



Nokumulyativ polimeriyada ko’proq sifat belgilarining irsiylanishi dominant genlar soniga bog’liq bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. Nokumulyativ polimeriyada nisbat 15:1 bo’ladi.


Polimeriya orqali irsiylanishning qonuniyatlarini o’rganishning ahamiyati

O’zbekiston Milliy Universitetida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Genetika instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ko’p yillik ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Mendel va uning izdoshlari kashf etgan allel va allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta’sirida organizm belgilarining irsiylanish qonunlari g’o’za genetikasi sohasida ham o’z tasdig’ini topdi. G’ozaning xo’jalik uchun o’ta muhim belgisi bo’lmish tola chiqimi (hosildorligi)ning irsiylanishi va rivojlanishi genlarning yanada murakkab, yuqorida bayon etilgan genlarning o’zaro ta’siri xillarining jamlangan ta’siri natijasida namoyon bo’lishi isbotlandi.

Bu tadqiqotlar natijasida g’o’zaning qator morfologik, biologik, xo’jalikda ahamiyatli belgilarining genotiplari aniqlandi, ularning gomozigotali izogen, mutant liniyalari genetik kolleksiyasi yaratildi.

1-masala. Odam bo’yi uzunligi bir nechta juft allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi, bu genlar polimeriya tipida o’zaro munosabatda bo’ladilar. Agar uch juft polimer genlarning hammasi retsessiv holatda genotipda uchrasa, bo’y uzunligi 150 sm, hamma genlar dominant holatda bo’lsa, 180 sm atrofida bo’ladi. Uchala juft genlar bo’yicha geterozigotali bo’lgan odam bo’yining uzunligini aniqlang.

Yechilishi. Odam bo’yining uzunligi

A₁A₁A₂A₂A₃A₃=180 sm

a₁a₁a₂a₂a₃a₃=150 sm

P A₁A₁A₂A₂A₃A₃ x a₁a₁a₂a₂a₃a₃

F₁ A₁a₁A₂a₂A₃a₃

180/6=30 150/6=25

A₁a₁A₂a₂A₃a₃=?

30+25+30+25+30+25=165

Javob: 165 sm ga teng.


  1. O’qituvchi o’quvchilar yordamida yangi mavzudagi o’quv materiallarini qayta ishlab chiqadi. Darsda faol ishtirok etgan ishtirokchilar qayd etilib, rag’batlantiriladi.

  2. Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari quyidagi topshiriqlar yordamida aniqlanadi:

1-topshiriq. Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas dominant genlar tomonidan belgilanadi. Dominant genlar genotipda qancha ko’p uchrasa teri rangi shuncha qora bo’ladi. Negrlarda genotip A₁A₁A₂A₂A₃A₃, oq tanlilarda esa a₁a₁a₂a₂a₃a₃ bo’ladi. Negr va oq tanlilar avlodi mulatlar deyiladi. Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli bola tug’ilgan bo’lsa, hamma oila a’zolarining genotipini aniqlang.

2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob yozing.



  1. Polimeriya nima?

  2. Polimer genlar deb qanday genlarga aytiladi?

  3. Organizmlardagi qanday belgilar polimer genlar yordamida irsiylanadi?

  4. Polimeriyani ahamiyati nimadan iborat?

  1. Uyga vazifa berish. Mavzuni o’qing va quyidagi masalalarning yechimi toping.

1-masala. Jag’-jag’ o’simlioklarining mevasi uchburchakli va oval shaklida bo’ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o’simlikni o’zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 15 qismi uchburchak va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo’ladi. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aaniqlang.

2-masala. Mo’ynachilik xo’jaligida ko’paytiriladigan norka mo’ynalarning rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng’ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo’ynaning kumush rangda bo’lishini belgilaydi.

  1. Ikki juft genlar bo’yicha geterozigotali norkalarni o’zaro chatishtirishi natijasida qanday avlod hosil bo’lishini aniqlang.

  2. Ota-onalar genotipi qanday bo’lganda faqat qo’ng’ir mo’ynali duragaylar hosil bo’ladi?

3-masala. Makkajo’xorining so’tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’taning 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarda so’taning uzunligi qancha bo’ladi? Ikkinchi avlodda qanday ajralish kuzatiladi? F₂ dagi 960 ta o’simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo’ladi?
Download 257,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish