Muallif: o’q. A. Avliyoqulov


-§. Mashg'ulotni tashkil qilish



Download 303,29 Kb.
bet37/140
Sana31.12.2021
Hajmi303,29 Kb.
#214962
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140
Bog'liq
elementar matematika tasavvurlarni shakllantirish metodikasi

24-§. Mashg'ulotni tashkil qilish

Katta guruhda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish masalasi matematik tasawurlarni birmuncha kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish, sanoq faoliyatini yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bolalar faqat ko'rib idrok

etiladigan narsalarni emas, balki tovushlarni, eshitib idrok etiladigan narsalarni, harakatlarni hamda 10 gacha sanashni o'rganadilar. Bolalarning predmetlar soni ularning o'lchamlariga, fazoviy joylashuvi va sanoqning yo'nalishiga bog'liq emasligi haqidagi tasawuri aniqlanadi. Bundan tashqari, ular elementlarning bir xil sonidan tashkil topgan to'plamlar bitta natural son (5 ta olma, 5 ta olcha, 5 yulduz va shu kabilar)ga mos ekanligiga ishonch hosil qiladilar.

Bolalar turli predmetlardan to'plamlar tuzish namunalarida sonlarning 5 gacha bo'lgan miqdoriy tarkibi bilan tanishadilar. Bolalar ko'rsatma materialiga asosan 10 gacha bo'lgan qo'shni sonlarni taqqoslab, ulardan qaysi bin ko'p, qaysinisi kam ekanligini o'zlashtiradilar, sonlar izchilligi— natural qator haqida elementar tasawurga ega bo'ladilar.

Katta guruhda ba'zi predmetlarni bir necha teng qismlarga bo'lish mumkinligi haqidagi tushuncha tarkib toptira boshlanadi. Bolalar geometrik figuralar (kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak shaklidagi) modellarini, shuningdek, boshqa predmetlarni 2 ta 4 qismga ajratadilar, butun predmetni hamda uning qismlarini taqqoslaydilar. ;

Fazoviy tasavvurlarini tarkib toptirishga alohida e'tibor beriladi! Masalan, bolalar predmet o'lchamlarining o'zgarishini ko'rishni, Predmetlarni 3 o'lchov: uzunlik va balandlik o'lchamlariga baho o'rganadilar; ularning kattalik haqidagi tasawurlari chuqurlashib boradi.

Kichkintoylarda biror predmetning o'ziga nisbatan (chap tomonimda deraza, old tomonimda shkaf), boshqa predmetga nisbatan (oshxonaning o'ng tomonida mashina turibdi va chap tomonida esa bolalar turibdi) joylashuvini so'z bilan belgilash ko'nikmasi mustahkamlanadi.

Bolalarda fazoda mo'ljal ola bilish, yurish, chopish, gimnastika mashqlari vaqtida harakat yo'nalishini o'zgartirish ko'nikmasi o'stiriladi. Tevarak-atrofdagi predmetlar orasida bolaga o'z o'rnini aniqlash o'rgatiladi (masalan, men stul orqasida turibman, stul yonida turibman va hokazo). Bolalar hafta kunlarining nomi va ketma- ketligini eslab qoladilar.

Ishni tashkil etishni 4-5 magrig'tilot takrorlashdan boshlash kerak. Bu vaqtda pedagog bolalarning matematik tushunchalari shakllanganligi darajasini bilib oladi, ularni aniqlaydi va mustah kamlaydi. U qoloq bolalarga alohida e'tibor berib, ularning bilimlarini boshqalarniki bilan tenglashtirishga erishadi. O'rta guruhning butun dasturini takrorlash uchun 4—5 mashg'ulot kifoya qilmaydi? Bu mashg'ulotlarda asosan ,,son va sanoq" bo'limining materiali, bolalarning shakl va kattalik haqidagi tasawurlari mustahkamlanadi; ta'lim berish davomida 10 gacha sanash qobiliyatini mustahkanilash davom ettiriladi. Katta guruhda mashg'ulotning davom etish vaqti o'rta guruhdagiga qaraganda uncha o'zgarmaydi (20 minutdan 25 minutgacha), ammo ish hajmi va tezligi sezilarli darajada ortadi. Yangi mavzuni o'rganish ilgari o'zlashtirilgan mavzu sistemasiga yangi bilimlar kiritish imkonini beradigan mavzuni takrorlashdan boshlanadi. Takrorlash o'pincha o'yin mashqlari, masalalar yechish (Bilmasvoyning xatosini toping), (Kimlar ko'p) shaklida tashkil qilib, 1 minutdan 5 minutgacha davom etadi. Bilimlarni mustahkamlashga bag'ishlanadigan mashg'ulotlar ham o'yin

mashqlaridan boshlanadi. Bu mashqlar bolalarda fahm-farosat va topqirlikni o'stirib, ularning diqqatini bir joyga to'plash, tafakkurini aktivlashtirish, yaxshi kayfiyat yuzaga keltirish imkonini beradi. Bilimlarni mustahkanilash uchun mashg'ulot oxirida o'yin mashqlari va didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Katta guruhda ayni bir vaqtda 2—3 masalani yechish imkonini beradigan turli mashqlardan keng foydalaniladi. Bunda rejadagi turli bo'limlarning mavzusi ustida ishlash mumkun.

Ma'lumki, 5 yashar bolalarda diqqatning turg'unligi kuchayadi. Biroq, uzoq vaqt bir xil ishni bajarish, gavdani bir xil holatda tutish tinib-tinchimas besh yashar bolalar uchun juda qiyin va ular faoliyatini tez-tez o'zgartirib turishga, harakat qilib charchoq qochirishga muhtojdirlar. Pedagog ixtiyoriy diqqat talab qiluvchi ishlarni o'yin elementlari bilan almashtirib turadi. Bir xil mashqlar rniqdori 3—4 tadan oshirilmaydi. Mashqlarga harakatlar qilish bilan bog'liq topshiriqlar kiritiladi. Agar bunday topshiriqlar bo'lmasa, mashg'ulotning 12—14 minutda jismoniy tarbiya daqiqasi o'tka ziladi. Uning mazmuni iloji boricha mashg'ulotdagi ish bilan bog'lanadi. Pedagog mumkin qadar ko'proq bolalardan so'rashga harakat qiladi.


Download 303,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish