§. O'quv faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish
Bolalarning dastur materialini o'zlashtirishlari malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq bolalarda shug'ullanish ko'nikmasini o'stirish, ularni pedagogning harakatlarini diqqat bilan kuzatishga va shu bilan bir vaqtda uning ko'rsatmalarini tinglashga qaratish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur yoshdagi bolalarni topshiriqni oxirigacha eshitishga o'rgatish juda ham qiyin. ,,O'yinchoqlarni o'z o'rniga qo'yinglar! Men hali hamma gapimni aytib bo'lganim yo'q!" — deydi pedagog va ularni ish boshlashlariga ruxsat bermay to'xtatadi.
Tarbiyachi doimo bolalarni topshiriqni diqqat-e'tibor bilan eshitib, eslab qolishga, uni ishning ma'lum izchilligiga rioya qilib, astoydil aniq bajarishga undab turadi. Bolalar ishni bir vaqtda boshlashga va bir vaqtda tugatishga, mustaqil harakat qilishga, bir-birlariga xalaqit bermaslikka, ishni oxiriga yetkazishga odatlanishlarikerak.
Guruhga qarata berilgan savollarga ular bittadan javob berishni o'rganadilar.
,,Men savollarni hammaga beraman, ammo men kimni chaqirsam, savolga o'sha javob beradi",— deb qoidani tushuntiradi pedagog. Biroq, ayrim hollarda u bolalarni faollashtirish uchun ularning ko'plashib javob berishidan ham foydalanadi: ,,Kelinglar, hammamiz birgalikda aytamiz (sanaymiz)!"
Bolalar o'z javoblarini o'rtoqlariga qarata aytishga o'rganadilar. (,,Baland ovoz bilan gapirib ber, hamma eshitsin!").
O'rtoqlarining ishlari va javoblarini diqqat bilan kuzatib boorish ko'nikmasini o'stirish alohida e'tibor talab qiladi. Bolalarga o'rtoqlariga yordam berishlari, ularning javobini aniqlashlari, to'ldirishlari, to'g'rilashlari taklif qilinadi. Bu bilan ularda bir-birlariga munosabat xayrixohlik bilan qo'llab- quwatlanadi.
Pedagog bolalarning ish natijalarini doimo baholab borib, ularning o'z harakatlarini nazorat qilishga, bajarilgan ishni berilgan namuna bilan taqqoslashga, noaniqliklar va xatolarni sezishga, ularni tuzatishga o'rgatib boradi.
O'rta guruhda qo'Ilanmalami ehtiyotlik bilan saqlash va ulards to'g'ri foydalanish ko'nikmasini tarbiyalashga katta e'tibor berisl davom ettiriladi. Bolalar ish davomida tartib saqlaydilar, qo'Ilanmalami joy-joyiga yig'ishtirib qo'yadilar.
Dastlabki mashg'ulotlarda tarqatma material yakka yig'I keyinchalik (II va III fasllarda) umumiy to'plamlarda berilac Bolalar qo'llanmalardan birgalikda foydalanishni, sanash matel rialini umumiy to'plamidan olib, ish davomida uni o'zarc almashtirishni o'rganadilar.
Pedagog bolalarning mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishlarii doimo qo'llab- quwatlab turadi. "Bolalarni biror jihatdan maqtab, ularga iliq so'zlar aytish, erishgan yutuqlarini ko'rsatish, ijobiy baholash yaxshi rag'batlan-1 tiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bularning hammasi kichkintoylarda o'z yutuqlaridan shodlanish hislarini paydo qiladi. Ularda bilimlarni egallashga qiziqishni o'stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |