Muallif: o’q. A. Avliyoqulov



Download 303,29 Kb.
bet20/140
Sana31.12.2021
Hajmi303,29 Kb.
#214962
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   140
Bog'liq
elementar matematika tasavvurlarni shakllantirish metodikasi

2-§. Joyni bilish


BB-e- guruh dasturining shartlaridan biri bolalarni o'zidc oWmda (oldinga)

—orqada (orqaga), chapda (chapga) — o'ng(o'ngga) kabi fazoviy yo'nalishlarni ajrata olishga o'rgatishdir.

Fazoviy yo'nalishlarni farq qilishda bolalarning o'z gave, qismlarini aniq farq qilishi va o'ziga nisbatan tomonlarni aniqlash asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan: ,,Oldinda" deganda bola o'zining yuzi tomonni, ,,orqada" (orqadan) deganda esa gavdasining orqa; tomonini tushunadi.

Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz qismlari nomini aytadi: ,,Bumingni, qulog'ingni, engagingni yuv, peshonangni art", ,,Boshingga ro'mol o'ra", ,,Bo'yningga sharf bog'la". Kichkintoylarni o'zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga undash muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so'ng, ularga o'zlarining turli tomonlarini aniqlashl o'rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so'raydi: ,,Sening orqangdaj nimabor?", ,,Oldingdachi?" (ko'krak, qorin, yuz) yoki ,,Sening o'rning qayerda?",

,,Ko'kragingchi?" ,,O'ng qo'ling qani?",,Chap qo'ling qayerda?"

Bolalarga ayni bir vaqtda o'zaro qarama-qarshi juft yo'nalish larni, ya'ni yuqorida — pastda, oldinda — orqada, chapda — o'ngc' (chap-o'ng) degan tushunchalarni farq qilish mashq qildiriladi chunki bolada ularning biri haqida tasawur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasawurning shakllantirilishiga tayanadi.

Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqtida, mashg'ulotls va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qayi qo'llari bilan qilayotganliklariga bir necha sekund jalb etadi. Kichkintoylar qaysi qo'llarida qoshiqni, qaysi qo'llarida nonni qaysinisida qalamni, mo'yqalamni, qaysinisida esa qog'ozni ushls turganliklarini aytib berishlari kerak.

O'ng va chap qo'lni bir-biridan farq qilish va nomini aytisr mashqi boshqa harakatlarni bajarishda ham o'tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalarga o'rqo'llariga havo rang bayroqchani, chap qo'llariga esa yashilini yot o'ng qo'llariga uzun tasmani, chap qo'lga esa kaltasini olishni talk qiladi, kichkintoylardan qaysi qo'llarida qanday narsa borligini so'rayc O'ng va chap qo'lni farqlashga va nomini aytishga o'rgatis jarayonida o'zidagi turli tomonlarni: bosh yuqorida, oyoqlar paste ekanligini, o'ng oyoq, chap

oyoq; o'ng quloq, chap quloq hokazolarni bilish ko'nikmasini o'stirishga katta ahamiyat beriladi

pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatmasiga binoan bolalar yo'nalish co'rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, chapni, o'ngni ko'rsatadilar. Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo'llarini yuqoriga ko'ta rishni, pastga tushirishni va shu kabilarni o'rganadilar. ,,Bekin machoq", ,,Koptokni qayerga tashladingiz" o'yinlaridan foyda laniladi. Bunday o'yin mashqlarini 6—8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4—5 minut vaqt ajratiladi.

Kichik guruhda bolalar qog'oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko'nikmalarni hosil qiladilar. Mashg'ulotlarda ularga narsalarni qog'oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va pastki doskaga, chapga va o'ngga joylashtirish, narsalarni chapdan o'ngga qarab tartib bilan qator qilib qo'yib chiqish o'rgatiladi.


Download 303,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish