Pirimqul Qodirov XX asr o’zbek adabiyotini o’zining sermahsul ijodi
–yirik asarlari bilan boyitgan adibdir.
Pirimqul Qodirov 1928 yili Tojikiston Respublikasining O’ratepa
tumanida dunyoga kelgan.U Toshkent Davlat dorilfununida, keyin
Moskvadagi Gor’kiy nomidagi jahon adabiyoti institutida o’qidi.
Pirimqul Qodirovni tadqiqotchi sifatida ko’proq badiiy asar
tili,yozuvchi mahorati masalalari qiziqtirdi.Shuning uchun ham u uzoq
yillar O’zbekiston Fanlar akademiyasi til va adabiyot institutida ishladi.
«O’zbek sovet adabiy tanqidi tarixi», «O’zbek sovet adabiyoti tarixi» kabi
Oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallab yozilgan darsliklarga ham mualliflik
qildi. «Til va dil», «Xalq tili va realistik proza» nomli ilmiy risolalar yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |