III. YANGI MAVZU BAYONI.
Abay
1845-1904
Abay Qo'nonboyev qozoq mumtoz adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma'rifatparvar hisoblanadi. Shoirning asl isoii Ibrohim bo'lib, Abav uning taxallusidir. Shoir 1845-yil 10-avgustda Qozog'is- tonning Yettisuv viloyati Chingiztog- (hozirgi Abay) tumanida chorvador boy oilasida tug'ildi. Avval Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida o'qidi. Keyinchalik rus makrabiga qatnab rus tili va adabiyotini o'rgandi. Bo'lajak shoir bir tomondan Sharq allomalari — Firdavsiy. Nizomiy, Navoiv, Fuzuliy qodidan bahramand bo'Igan bo'lsa, rus til: orqali rus va g'arb adabiyoti vakillarinmg ijodi bilan yaqindan tanishdi.
Shoirning ijodi yoshl.k chog'landan she'r yozish va o'lan aytishdan boshlandi. Abay o'zigacha og'zaki kuylab kelingan o'lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoirdir. Shoir o'lanlarni yozma yaralishdan tashqari ularga kuy bastalab. mahorat bilan kuylagan. U bastalagan 17 ta o'lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilyapti.
Abay ma nfatparvar shoir edi. U o'z she'rlaiida tarqoq qozoq qabi- lalarini birlashishga. hamjihatlikka ehaqirdi. ilmli va ma'iifatli bo'lishga undadi. Shoir bir o'lanida:
O'zi bilan yovlashgan yurtim. tingla!
O'zi bilan dovlashgan yunim, tingla!
Dardingga davo bo'lsin o'lanlarim.
Bir-binni ovlashgan yurtim. tingla!
deya iztirob chekadi. Abayning «Sho'rlik qozog'im». «Boy bolasi bilan kambag'al bolasi». «Ihn o'rgan». «0'lan» kabi she'rlarida ham ilg'or millatlardan o'rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da'vat yaqqol sezilib turadi. Shoir yirik voqeaband asarlar ham yaratgan. Uning «Iskandar». «Mas udv. «Azim rivoyati» kabi dostonlari hozirgacha el orasida mashhur Bu teran falsafiylik bilan yo'g'rilgan, ezgulik va yaxshilikka da'vat qiluvchi asarlarni sevimli shoirlarimiz Mirlemir va Uyg'un o'zbek tiliga tarjima qihshgan.
Abay ijodiy merosimng salmoqli qismini xalqni ilm-ma'rifatga, ma- daniyatga da'vat qiluvchi «Naqliya so'zlar» majmuasi tashkil etadi. Hassos adib va shoir ushbu asarida inson hayotida muhim o'rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, muomala niadaniyati, din, e'tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar, elatlarning ahil, do'stona munosabatda bo'lishlari haqida mulohaza yuritadi. Asar 44 bo'limdan iborat. Buyuk oqin Abay qalamiga mansub ushbu «so'z»larning har biri yoshlar uchun ezgulikka da'vat, yomon xulqlardan ogoh bo'lishga chorlovchi chaqiriqlar sifatida yangrayd.. «Naqliya so'zlar» asari o'zbek tilida «Nasihatlar» nomi biJan mashhur bo'lib ketgan. Bu asarni sevimli bolalar yozuvchi.,i Nosir Fozilov o'zbekchaga tarjima qilgan. Quyida «Nasihatlar» kitobidan ayrim o'gitlar bilan tanishasiz. Qadrli bolajonlar, ushbu pandnoma asarni to'liq o'qib chiqing. Undagi koni foyda nasihatlar sizga abadiy yo'ldosh bo'lishiga aminmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |