Муќаддима


OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA XOSSALARI



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/105
Sana21.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65187
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA XOSSALARI 
       Oqova  suvlar  qar  xil  moddalarning  aralashmasidan  iborat  bo`lib,  murakkab 
sistemani tashkil qiladi: Erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq daqal dispers 
va  kolloid  aralashmalar,  ba`zi  qollarda  esa  erigan  gazlar  (serovodorod,  karbonat  va 
boshqalar.). 
       Oqova  suvlarning  tarkibi  ximiyaviy  ishlab  chiqarishlarning  turlari  va  ularning 
texnologik  jarayonlariga  boqliqdir.  Sanoatda  suv  ashyo  sifatida  erituvchi,  reaktsion 
muqit,  ekstrogent  yoki  absorbent,  tashuvchi  (transportiruyushiy)  agent,  isituvchi  yoki 
sovutuvchi  (apparatlarni  yoxud  ulardagi  ashyolarni),  turli  xildagi  moddalarni  yuvish 
uchun,  moddalarni  qaydashda  (peregonka),  pul'palar  qosil  qilishda,  vakuum  qosil 
qilishda,  jiqozlarni,  idishlarni  va  boshqa  ko`p  maksadlarda  ishlatiladi.  Tayyor 
maqsulotni olish uchun butun texnologik tsiklni o`tishda foydalanilgan suv boshlanqich, 
oraliq  va  oxirgi  maqsulotlar  bilan  ifloslanadi.  Masalan,  mineral  o`qitlar  va  anorganik 
ishlab  chiqarish  korxonalaridagi  oqova  suvlar  kislotalar,  ishkorlar,  qar  xil  tuzlar 
(ftoridlar,  sul'fatlar,  fosfatlar,  fosfitlar  va  boshqalar)  bilan  ifloslangan  bo`ladi.  Asosiy 
organik  sintez  ishlab  chiqarish  korxonalari  -  yoq  kislotalari,  aromatik  birikmalar, 
spirtlar,  al'degidlar  bilan;  neft'  qayta  ishlash  zavodlarining  suvlari  -    neft  mahsulotlari, 
yoqlar, smolalar, fenollar, PAV lar (sirt - aktiv moddalar) bilan; sun`iy tola, polimer, qar 
xil  sintetik  smolalar  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarning  oqova  suvlari  -  monomerlar, 
yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi. 
       Keyingi  vaqtlarda  qishloq  xo`jaligidan  chiquvchi  va  suvga  kelib  qo`shiluvchi 
chiqindilarning  qajmi  ancha  ko`paydi.  Jumladan  chorvachilik,  parrandachilik,  qishloq 
xo`jaligi  maqsulotlari, o`qitlari  va har  xil pestitsidlarni qayta  ishlovchи  tashkilotlardan 
chiquvchi oqova suvlar. 
       Ko`pincha  oqova  suvlar  yoqimsiz  o`tkir  xidga  ega  moddalar  bo`ladi  (sul'fidlar, 
disul'fidlar, vodorodsulfid va boshqalar), ba`zan esa kimyoviy korxonalarning turlariga 
qarab  rangli  chiqindi  suvlar  oqadi.  Oqova  suvlarda  ko`pik  xosil  bo`lishi,  ularda  sirt-
aktiv moddalarning bo`lishini ko`rsatadi. 
       Oqova  suvlarning  zararli  darajasi  uning  ifloslayotgan  moddalarni  toksik  (zaxarli) 
xususiyati  va  tarkibiga  boqliq.  Oqir  metallarning  tuzlari,  tsianidlar,  fenollar, 
(serovodorod) vodorod sul'fid, kantserogen moddalar va qator  boshqa shu kabi jinslar 
oqova suvlarning yuqori darajada zaqarlanishiga olib keladi. 
       Oqova suvlarning past yoki yuqori muxitli (rN) bo`lishi, ya`ni ishqoriy eki kislotali 
bo`lishi quvur materiallariga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshootlarning 
apparatlariga  nisbatan  agressiv  xisoblanadi.  Bulardan  tashkari  chiqindi  suvlarda 
polimerlanish  xossalariga  ega  bo`lgan  qar  xil  muallaq  modda  va  birikmalarning  ko`p 
miqdorda  bo`lishi,  suv  quvurlari  va  kollektorlarining  kirlanishiga,  natijada  tiqilishga 
olib keladi. 


103 
 
       Oqova suvlarning ifloslanish darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi: 
  1.  Organoleptik  usul  (suvning  rangi,  mazasi,  qidi,  tiniqligi,  loyqaligi  va  shunga 
o`xshash parametrlar). 
 2. 
Fizik-kimyoviy 
(optik 
zichligi, 
ranglanishi, 
rN, 
temperaturasi, 
elektr 
o`tkazuvchanligi,  ishqoriyligi,  nordonligi,  qattiqligi,  oquvchanligi,  zichligi,  tarangligi, 
quruq qoldiqi va boshqalar). 
3. 
Эrigan  organik  va  anorganik  moddalar  aralashmasining  miqdori,  kimyoviy-
kislorodga bo`lgan kimyoviy extiyoj-XPK va kislorodga bo`lgan biokimyoviy extiyoj - 
BPK .  
4. 
Daqal dispers kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning borligi.  
        Oqova  suvlarning  talqin  qilish  organoleptik  va  fizik-kimyoviy  kattaliklarini 
aniqlashdan boshlanadi. So`ngra kir aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali 
aniqlanadi.  qurigan  qoldiqni  qizdirilganda  uning  miqdorini  kamayishi  oqova  suvda 
organik  modda  borligini  bildiradi.  Ko`pincha  oqova  suvlarni  qizdirilganda  anorganik 
moddalar qam uchib ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarni permanganatli 
yoki  bixromatli  oksidlanish  yo`li  bilan  aniqlanadi.  qar  ikkala  usulda  xam  kislorodning 
miqdori  sarf  bo`layotgan  oksidlovchi,  ya`ni  KMpO4  yoki  K2Sr2O7    ning  mikdoriga 
ekvivalent bo`lishi kerak. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish