Мттда бадиий асарларни ва халқ оғзаки ижодини саҳналаштиришнинг асослари



Download 58,5 Kb.
bet3/3
Sana04.04.2022
Hajmi58,5 Kb.
#528012
1   2   3
Bog'liq
Nazarova Sarvinoz ifodali oʻqiw

4 топшириқ

“Илк қалам” давлат ўқув дастурида турли ёш гурухлари болаларини ифодали нутқини ривожлантиришдаги олиб бориладиган ишлар.


Javob:Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o’rgatish, ya'ni “Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo'nda ifoda etish” malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.O’shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o’quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko'rib eslab qolishini rivojlantiradi.Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o’stirish usullarini puxta bilishi, mashg’ulotlar jarayonida qo'llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim.Pedagogik adabiyotlarda nutq o’stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi;
So’z yoki og’zaki usullar.
Ko'rsatmalilik usullari.
Amaliy usullar.
O'yin usuli.
Og’zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so’zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o’qib berishi, yoddan aytishi orqalishakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og’zaki usullardan foydalanganda aniq, lo'nda fikrlashi, gap va so’zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollami aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim.Og’zaki usullar o’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, suhbat,savol-javob usuli kabilardir. O’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish usullari badiiy adabiyot, bolalar folklori materiallarini o’rgatish, she'rni ed oldirishda qo’llaniladi .
Suhbat usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan, eng qulay usul bo'lib, berilgan mavzu yo’zasidan savol-javob tarzidagi muloqotdir, ya'ni bolalar bilim, malaka, kunikmani tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallaydilar. Shuning uchun tarbiyachi savollarni kiska, aniq, bolalarga tushunarli bo’lishi, ularning javob bera olish malakasini nazarda tutgan holda tuzishi, zarur urinlarda yullovchi savollar berishi, bolalarning ham savollarga aniq, lo'nda javob bera olishiga erishishi lozim.
Suhbat o’yinchoq, buyum, narsa, rasm, bolalar ko’rgan-kuzatgan, o’zlari ishtirok etgan voqea-hodisalar, tevarak-atrof, tabiat, badiiy asar mazmuni yo’zasidan bo’lishi mumkin.Suhbat usuli qadimiy usullardan bo'lib, XI-XII asrda yashagan buyuk alloma, komo’siy olim Burxoniddin Zarnuji oqitishning ko’satmali tajriba, amaliy (mashq, takrorlash) nazorat usullari bilan birga, so’zlash o’slublari, bilimni bayon qilish, hikoya qilish, savol-javob o’slubini ham tavsiya etadi.
Buyuk olim va mutafakkir Ibn Sino ham suhbat, tushuntirish usullarini eng qulay usul debbiladi.
Suhbat usulining afzalligi shundaki, mashg’ulotda bolalar ham, tarbiyachi ham faollik Korsatadi, o’zaro hamkorlik bir-birini qo'llab-kuvvatlash, o’zaro fikrlash,bilimni nazorat qilish, uni to’zatish imkoniyatiga ega bo'ladi, bolalar ta'limda sub'ekt va ob'ekt sifatida ishtirok etadilar.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda ta'limning so’z usullaridan maktabgacha ta'limda foydalanish imkoniyatlari yanada kengaydi. O’qib berish, hikoya qilib berish usullaridan barcha guruhlarda foydalanilmokda, ertak, hikoya, she'r, erkalama, ko’shik, lapar, aytishuv, tez aytish, topishmok kabi bolalar adabiyoti va halk og’zaki ijodi namunalari yuqorida aytilgan usullarda o’rgatilib, bolalarning nutqi, nutq madaniyati, badiiy nutq malakalari shakllantirilmokda.Og’zaki usullardan foydalanish bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, og’zaki usullar bolalarni kattalar bilan nutqiy muloqotga kirisga olishi, ularning savollarga javob berishi, hozirjavoblik, nutqni ifodali, tartibli bayon etish, nutq meyorlariga rioya qilishni o’rgatish bilan birga ularni maktabga tayyorlash, xotirasini shakllantirishga xizmat qiladi, ya'ni eshitib eslab qolish xotirasini rivojlantiradi.Ko'rsatmalilik usuli. Bu usulda o’quv materiali ko’rgazma, texnik vositalar, turli didaktik materiallar asosida o’rgatiladi. Ko'rsatmalilik usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biridir. Ko'rsatmalilik usulida bolalar narsa, buyum, voqea hodisani ko'rish, kuzatish, rasm-illyo’strtsiyalarni ko’rish, sayr ekskursiyadagi kuzatishlari asosida mulohaza qiladi, fikrlaydi va nutqni bayon qiladi. Bu usulda guruh xonasidagi buyumlar, tabiat burcgahidagi o’simlik, hul va hayvonlar, ko’shlarni kuzatishi, kattalar mexnati, tevarak - atrofdagi voqea-hodisalar ko’rgazmalilikvositasi bo'lib xizmat qiladi, bolalar bilim, malaka va kunikmalarni ko'rish orqali idrok qiladilar va eslab qoladilar, ularda korib eslab qolish xotirasi rivojlanadi.Ko’rgazmali vositalar bolalarning tasavvuri, fikrlashi va nutqining tartibli, izchil bo’lishini, umumlashtirish, bilimlarni tartibga solish imkoniyatini shakllantiradi, fikrlash faoliyatlarini mustahkamlaydi.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, Korsatmalilik usuli og’zaki usullar bilan qo’llaniladi, ya'ni ko’rgazma yo’zasidan bolalarga savollar berish, ko’rgazma mazmunini tushuntirish, hikoya tuzish kabi faoliyatlar og’zaki usulda amalga oshiriladi, natijada bolalar bilim va malaka, nutqni ham ko'rish, ham eshitish, tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallab boradi.
Korsatmalilik usulida kuzatish muhim ahamiyatga ega, chunki kuzatish bir necha usullar bilan bohlik bo'lib, rasm-illyo’strtsiyalarni kuzatish, diafilm, teleKo'rsatuvlarni ko'rish, ularni tasvirlash, u xakda mazmunli hikoya tuzish yoki suhbat uyo’shtirish orqali bolalar nutqini o’stirish mumkin. Bu jarayonda tarbiyachining tushuntirishi, savollar berishi, rasm-illyustratsiyalarni izoxlab berishi, bolalarning ko'rib tushunish va eslab qolishi bilan birga eshitib eslab qolishini ta'minlaydi.
Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish