MTM da ta’lim-tarbiya jarayonining psixogigiyenasi. Reja: Insonning psixologik madaniyatini oshirish. Psixogigiena. Turli yosh davrlaridagi psixogigienik jihatlari. Yoshlarda tasodifiy stress holatini oldini olish. 1.Insonning psixologik madaniyatini oshirish. Psixogigiena. Psixogigiena – psixik sog’liqni saqlash va mustahkamlashga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi gigiena sohasidir. Ba’zi mualliflar psixogigienaga ta’rif berishganda uni faqatgina gigena sohasi emas, balki psixiatriya sohasi deb hisoblanadi. Boshqa mualliflar psixogigiena vazifalariga ruhiy kasalliklarning vujudga kelishi va rivojlanishining oldini olish deb qarab, psixogigienani dastlabki psixoprofilaktikaga yaqinlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |