UMUMIY O‘RTA TA’LIM MENEJMENTI
1. Menejmentning asosiy tamoyili bu...
a) berilgan topshiriqlarni barcha xodimlar tomonidan bajarilishi
*b) tashkilotning ma'muriyati va uning xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan kelishuvlarga qat'iy rioya qilishi
c) menejerlarning berilgan topshiriqlarni bajarishi
d) rahbar xodimlarning berilgan topshiriqlarni bajarishi
2. Menejmentning quyidagi qaysi funksiyasi xodimlarning talab va qizqishlariga tayanadi?
a) nazorat
b) rejalashtirish
*c) motivatsiya
d) maqsad qo'yish
3. Menejment metodlari – bu …
a) manbalarni tanlash va taqsimlash yondashuvi
b) foydalanilayotgan manbalarning samaradorligini oshirish usullari
*c) tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish uchun muassasaning barcha va alohida olingan xodimlariga ta'sir ko'rsatish usullari va metodlari
d) ishlab chiqarishni stimullashtiruvchi usullar
4. Menejmentda boshqaruv bu ...
a) rahbarning asosiy ish metodi
b) ma'lumotlarni tartiblash va taqsimlash faoliyati
*c) tashkilotning maqsadlarini aniqlaydigan va ularga erishish yo'llarini belgilaydigan oldindan bashorat qilish va rejalashtirish, tashkiliy masalalar, koordinatsiya, motivatsiya va nazorat jarayonlaridir
d) qo’yilgan maqsadlarni bajarilishini nazorat qilish jarayoni
5. Menejmentda tashkilotchilik bu ...
*a) aniq maqsadga erishishda, ma'lum qoidalar asosida harakat qiluvchi odamlar jamoasi
b) asosiy boshqaruv tizimi
c) asosiy boshqariluvchvi tizimosti tizimi
d) bir tashkilotda faoliyat yuritadigan xodimlar
6. Boshqaruv bu …
a) mehnat unumdorligini orttirish va mahsulot tannarxini pasaytirish
*b) tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayoni
c) mahsulot va xizmatlarning is'temolchilarga qanchalik naf keltirishidir
d) voqelikni bilishga bag'ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llash
7. Menejment bu …
a) iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanishdir
*b) odamlar mehnati, intellekti va qobiliyatidan foydalanib qo’yilgan maqsadlarga erishishdir
c) tashkilotlardagi mavjud texnologik zanjirni muvofiq harakatini amalga oshirishdir
d) chet ellardagi korxonalar faoliyatini O’zbekistondagi korxonalarda qo’llash usulidir
8. Strategik boshqaruv bu … faoliyatidir
*a) strategik maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan boshqaruv
b) korxonani boshqarish
c) korxona va xodimlarni boshqarish
d) korxona faoliyatini bozor muhitiga moslashtirish
9. Boshqaruv funktsiyalarini ko'rsating.
a) rejalashtirish
b) tashkil etish
c) tahlil qilish
*d) hammasi to'g'ri
10. Menejer – bu …
a) yollanma boshqaruvchilar bo'lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamidir
b) maxsus tayyorgarlik ko'rmagan, boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini biluvchi mutaxassisdir
c) boshqaruvchi va tashkilotchi rahbarlardir
*d) yollanma boshqaruvchi, maxsus tayyorgarlik ko'rgan va boshqarish sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir
11. Eyzenxauer matritsasi barcha masalalarni 2 omil ... asosida ajratish imkonini beradi
a) zarurligi va doimiyligi
b) muhimlik va moslashuvchanligi
*c) muhimligi va zarurligi
d) byudjetliligi va doimiyligi
12. Vaqtni bekor sarflanishiga olib keladigan samarasiz tashkil etilgan faoliyat jarayonlari … deb ataladi
a) mol mulk talonchilari
b) moliyaviy kapitalni sarflovchilar
*c) vaqt sarflovchilari
d) sifat o'g'rilari
13. Taym-Menejment –bu …
*a) vaqtni to'g'ri tashkil etish va undan samarali foydalanish texnologiyasi
b) ish vaqti mobaynida rejalashtirilgan ishlar
c) ishlarni bajarishga ajratilgan vaqt yoki ish faoliyatini bajarishda ish joyidagi faoliyat
d) real ish vaqti
14. Ish vaqti –bu …
*a) ishlarni bajarishga ajratilgan vaqt yoki ish faoliyatini bajarishda ish joyidagi faoliyat
b) tabelda belgilangan ish vaqti
c) faoliyatni ma'lum turlariga sarflangan vaqt
d) vaqtni to'g'ri tashkil etish
15. “Vaqt o'g'rilari” turlarini shartli ravishda necha guruhga bo'lish mumkin?
a) 4
*b) 3
c) 10
d) 2
16. Eng ustuvor vazifalarni belgilab olishning asosiy tamoyili bu...
*a) moddiylashuv
b) faollashuv
c) taqsimlash
d) qayta faollashtirish
17. Qadimgi Yunonistonda “Vaqt o'g'rilari”ni nima deb atashgan?
a) xronograf
b) xronologiya
c) xronotip
*d) xronofag
18. Quyidagilardan qaysi birini “nozik” va “o'zgaruvchan” vazifalar turkumiga kiritish mumkin?
a) Xorijdan kelayotgan mehmonni soat 20:00 da aeroportda kutib olish;
b) Matkabning rivojlanish “Yo'l xaritasi”ni dushanba kuni soat 13:00ga qadar tuman xalq ta'limi bo'limiga topshirish;
c) Bugun 18:00 ga qadar buxgalteriya xisobotini topshirish;
*d) Ota-onalarni qabul qilish bo'yicha tartib va reglament ishlab chiqish;
19. Eyzenxauer javdvaliga asosan ikki asosiy ko'rsatkichga asosan vazifalar darajasi baholanadi. Bu qaysi ko'rsatkichlar?
a) muhimlik va o'zgaruvchanlik
*b) muhimlik va muddatlilik
c) muhimlik va doimiylik
d) qat'iylik va muddatlilik
20. Maqsadlarni va ularga erishish usullarini aniqlash sari tashlangan birinchi qadam bu
*a) tahlil
b) natija
c) reja
d) xulosa
21. Umumiy muammoni muayyanlashtirish va uni qismlar bo'yicha hal qilish imkoniyatini ta'minlab, tizimlashtirish
*a) tahlilning vazifasi
b) natijaning vazifasi
c) rejaning vazifasi
d) xulosaning vazifasi
22. . . . . . . - ta'lim muasasasining strategiyasini shakllantirish jarayoni bo'lib, bu jarayon ta'lim muassasasining asosiy ish faoliyati va mavjud holatning tahlili, ichki va tashqi omillardan tashkil topadi.
*a) Strategik rejalashtirish
b) Strategik faoliyat
c) Strategik natija
d) Strategik xulosa
23. Strategik rejalashtirish ta'lim muasasasining strategiyasini shakllantirish jarayoni bo'lib, bu jarayon ta'lim muassasasining asosiy ish faoliyati va mavjud holatning tahlili hamda . . . . . . . . . . . . omillardan tashkil topadi.
*a) ichki va tashqi
b) eski va yangi
c) sodda va murakkab
d) texnik va iqtisodiy
24. Ta'lim muassasasining kuchli va zaif tomonlari qaysi tahlil orqali aniqlanadi?
*a) SWOT
b) PEST
c) STEP
d) SMART
25. Tashqi muhit tahlilini to'g'ri toping
*a) STEP
b) SWOT
c) TEST
d) SMART
26. Ichki muhit tahlilini to'g'ri toping
*a) SWOT
b) PEST
c) STEP
d) SMART
27. SWOT tahlilda Strengths nimani anglatadi?
a) kuchsiz tomonlar
*b) kuchli tomonlar
c) imkoniyatlar
d) tahdidlar
28. SWOT tahlilda Weaknesses nimani anglatadi?
a) imkoniyatlar
b) kuchli tomonlar
*c) kuchsiz tomonlar
d) tahdidlar
29. SWOT tahlilda Opportunities nimani anglatadi?
*a) imkoniyatlar
b) kuchli tomonlar
c) kuchsiz tomonlar
d) tahdidlar
30. SWOT tahlilda Threats nimani anglatadi?
*a) tahdidlar
b) kuchli tomonlar
c) kuchsiz tomonlar
d) imkoniyatlar
31. SWOT tahlildagi kuchli va kuchsizlikda asosan ichki omillar tahlil qilinadi va . . . . . . . . . . . holatini tasvirlaydi.
*a) hozirgi
b) kechagi
c) kelajak
d) o'tmish
32. SWOT tahlildagi imkoniyatlar va tahdidlarda asosan tashqi omillar tahlil qilinadi va . . . . . . . . . . . . holatini tasvirlaydi
*a) kelajak
b) o'tmish
c) hozirgi
d) kechagi
33. SWOT tahlildagi bosh harflarga mos so'zlarni to'g'ri toping.
*a) Strengths, Weaknesses, Opportunities, Threats
b) Stop, Write, One, Top
c) Strengths, Weaknesses, One, Top
d) Stop, Write, Opportunities, Threats
34. SWOT tahlildagi bosh harflarga mos o'zbekcha so'zlarni to'g'ri toping.
*a) kuchli tomonlar, kuchsiz tomonlar, imkoniyatlar, tahdidlar
b) ichki tomonlar, tashqi tomonlar, imkoniyatlar, tahlillar
c) kuchli tomonlar, kuchsiz tomonlar, imtiyozlar, tahminlar
d) chap tomonlar, o'ng tomonlar, imtiyozlar, ta'kidlar
35. TALIS tadqiqotlari kimlarda o'tkaziladi?
a) tuman va hududiy ta'lim boshqaruv organlari xodimlari
b) o'quvchilar va ularning ota onalari
*c) o'qituvchi va va maktab rahbarlari
d) ta'lim tizimi ishtirokchilarining barchalari
36. Tadqiqotlarda har bir davlatdan qanchadan maktab va o'qituvchilar tanlab olinadi?
*a) Har bir davlatda 200 ta maktab va har bir maktabdan 20 tadan o'qituvchi
b) Maktablarning 30% va har bir maktabdan ixtiyoriy ravishdagi o'qituvchilar soni
c) Maktab va o'qituvchilar soni ixtiyoriy ravishda tanlab olinadi
d) Tadqiqotlarda qancha maktab va o'qituvchi ishtirok etishini har bir davlat o'zi belgilaydi
37. Anketalar qanday usul va shaklda olinadi?
*a) Qog'oz va onlayn-shaklda
b) Qog'ozli va og'zaki intervyu
c) Faqat onlayn-shaklda
d) Anketa olishning barcha usullari
38. TALIS tadqiqotlarining asosiy e'tibori nimalarni o'rganishga qaratilgan?
*a) O'qituvchilar qanday faoliyat olib borishyapti va maktabda qanday ta'lim muhiti yaratilganligini o'rganish
b) O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash
c) O'qituvchi va maktab rahbarlarining faoliyatini baholash
d) Ta'lim tizimlarini baholash
39. TALIS tadqiqotlarining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
*a) Davlatlar uchun ta'lim jarayonlari samarasini ta'minlovchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqishga ko'maklashish
b) Ta'lim tizimlarini xolis baholash va shuning asosida tegishli siyosiy qarorlar qabul qilish
c) O'quvchi va o'qituvchilarni xolis baholash orqali ta'lim tizimini tahlil qilish
d) Ta'lim samaradorligini o'rganishda zamonaviy baholash usul va vositalaridan foydalanib, tegishli siyosiy qarorlar qabul qilish
40. So'rovnomalarda qaysi yo'nalishlarda savollar beriladi?
a) “Ta'lim ko'rsatkichlari”, “O'quvchilarning o'quv ko'rsatkichlari”, “Kasbiy mahorat”
b) “Metodologiya”, “Kasbiy mahorat”, “O'zlashtirish ko'rsatkichlari”
c) “Ta'lim siyosati”, “Boshqaruv madaniyati”, “Kompetentlilik darajasi”
*d) “Ish vaqti”, “O'z ishidan qoniqish xosil qilish”, “Maktabdagi muhit”
41. TALIS tadqiqotlari natijalari nimalarni o'zgartirishda foydalaniladi?
*a) Siyosiy qarorlar qabul qilish, o'qituvchilar malakalarini oshirish va ta'lim muassasasini rivojlantirishda
b) Yangi DTSlarini tayyorlash, o'quv dasturlari va darsliklarning yangi avlodini yaratishda
c) Ta'lim tizimini to'la isloh qilishda
d) Ta'lim tizimida boshqaruv kontseptsiyasini yangilashda
42. Qanday tamoyillarga asosan TALIS tadqiqotlari amalga oshiriladi?
a) Tezkorlik, holislik, keng qamrovlik, natijaviylik
*b) Shaffoflik, ishonchlilik, qiyosiy tahlil, aniqlilik
c) Samaradorlik, ko'p bosqichlilik, tezkorlik
d) Tezkorlik, natijaviylik, sifatlilik
43. Ta'lim muassasasining muammolar girdobiga qarab borayotganligi payqab qolinsa, uning oldini olish bo'yicha uzoq muddatga tuzilgan strategiyaning turini aniqlang
*a) maxsus
b) funksional
c) mujassamlashtirilgan
d) diversifikatsiyalashgan
44. . . . . . . strategiyalar juda e'tiborli hollarni oldindan bashorat qilish maqsadida ishlab chiqiladi.
*a) maxsus
b) funksional
c) mujassamlashtirilgan
d) diversifikatsiyalashgan
45. . . . . . . strategiyalar ta'lim muassasasining ayrim yo'nalishlari va bo'limlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo'llarini ifodalaydi.
a) maxsus
*b) funksional
c) mujassamlashtirilgan
d) diversifikatsiyalashgan
46. . . . . . . strategiyalar bu ta'lim muassasasining yaxlit faoliyatini o'zida jamlagan mo'ljaldir. Bu strategiyaning ikkita bir-biri bilan uzviy bog'langan qismlari mavjud bo'lib, ular muvaffaqiyat strategiyasi va rivojlanish strategiyasi deb yuritiladi.
a) diversifikatsiyalashgan
b) maxsus
c) funksional
*d) mujassamlashtirilgan
47. . . . . . strategiya ta'lim muassasasining faoliyat sohalari va yo'nalishlarini kengaytirish oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo'llarini ifodalaydi.
a) diversifikatsiyalashgan
b) maxsus
c) funktsional
*d) mujassamlashtirilgan
48. Ta'lim muassasasining tanlagan strategiyasining nisbatan to'liq va samarali bajarilishini ta'minlashni tashkil etishga moslashuv jarayoni bu -
*a) Strategik tashkillashtirish
b) Strategik rejalashtirish
c) Strategik nazorat va tartibga solish
d) Strategik monitoring
49. Ta'lim muassasasi erishgan holatining tahlili va baholash jarayoni bo'lib, pirovardida strategik maqsadlarga to'liqroq erishishni tashkil etishdan iborat jarayon
a) Strategik rejalashtirish
b) Strategik tashkillashtirish
*c) Strategik nazorat va tartibga solish
d) Strategik monitoring
50. “Muhim topshiriq, ko'rsatma, yuqori tayinlov, mas'uliyatli rol, katta maqsad” ma'nosidagi tushunchani toping
*a) Missiya
b) Reja
c) Strategiya
d) Taktika
51. Ta'lim muassasasining istiqboldagi maqsadi va imkoniyati bilan xodimlar manfaatini uyg'unlashtirishga mo'ljallangan uzoq muddatli boshqaruv usuli
*a) Strategik menejment
b) Strategik marketing
c) Strategik nazorat
d) Strategik monitoring
52. Strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat
*a) Strategik menejment
b) Strategik marketing
c) Strategik nazorat
d) Strategik monitoring
53. Strategik menejmentda uch bosqichli jarayonning to'g'ri ketma-ketligini tanlang:
*a) rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va tartibga solish
b) tashkillashtirish, rejalashtirish, nazorat va tartibga solish
c) nazorat va tartibga solish, rejalashtirish, tashkillashtirish
d) rejalashtirish, nazorat va tartibga solish, tashkillashtirish
54. Missiya ta'lim muassasasining madaniyatidan kelib chiqib, butun jamoaning qadriyatlari va dunyoqarashini aks ettirishi va albatta, xodimlar tomonidan qo'llab-quvvatlanishi
*a) shart
b) shart emas
c) ahamiyatsiz
d) talab etilmaydi
55. . . . . . - bu muddao, murod ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko'zda tutilgan mushtarak orzu.
*a) maqsad
b) muammo
c) natija
d) xulosa
56. Har qanday qo'yilgan maqsadda aniqlik, o'lchamlik, erishimlik, reallik, vaqt bo'yicha chegaralanganlik mezonlari bo'lishi
*a) shart
b) shart emas
c) ahamiyatsiz
d) talab etilmaydi
57. . . . . . . - bu tashkilot erishmoqchi bo'lgan aniq pirovard natijalar bo'lib, ular rahbariyat tomonidan faoliyatni rejalashtirish davomida ishlab chiqiladi.
*a) Maqsadlar
b) Hayollar
c) Tasavvurlar
d) Dunyoqarashlar
58. Strategik maqsad ta'lim muassasasining ichki va tashqi muhit tahlili hamda . . . . . . . . . . . kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
*a) missiyadan
b) orzudan
c) tashabbusdan
d) imkoniyatdan
59. Strategik rejalashtirish tizimida jarayonga barcha monitoringda qatnashuvchi shaxslar jalb qilinib, rejalashtirilgan ishlar tugallangandan so'ng oldindan belgilangan indikatorlar asosida to'liq baholashni o'tkazish
*a) zarur
b) shart emas
c) ahamiyatsiz
d) talab etilmaydi
60. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun SanQM (SanPiN) talablari qachon tasdiqlangan?
*a) 2016 yilda DSENMning №0341-16 sonli buyrug‘i bilan
b) 2012 yilda DSENMning №0303-12 sonli buyrug‘i bilan
c) 2010 yilda DSENMning №0450-10 sonli buyrug‘i bilan
d) 2017 yilda DSENMning №0638-17 sonli buyrug‘i bilan
61. Amaldagi SanQM (SanPiN) talablari necha bo‘limdan iborat?
*a) 13 bo‘lim
b) 10 bo‘lim
c) 12 bo‘lim
d) 17 bo‘lim
62. SanQM (SanPiN) talablari bo‘yicha xojatxonalarda qizlar uchun unitaz va yuvgichlar soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) 30 qizlarga 2 unitaz, 30 qizlarga 2 qo‘l yuvgich
b) 25 qizlarga 1 unitaz, 30 qizlarga 3 qo‘l yuvgich
*c) 20 qizlarga 1 unitaz, 30 qizlarga 1 qo‘l yuvgich
d) 40 qizlarga 3 unitaz, 40 qizlarga 3 qo‘l yuvgich
63. SanQM (SanPiN) talablari bo‘yicha qo‘l yuvish uchun mo‘ljallangan suv saqlagichlarda bolalar uchun qancha suv normasi ajratilgan?
a) Har 4 bolaga 1 l.suv bo‘lishi kerak
b) Har 2 bolaga 0.7 l.suv bo‘lishi kerak
c) Har 3 bolaga 0.5 l.suv bo‘lishi kerak
*d) Har 1 bolaga 0.5 l.suv bo‘lishi kerak
64. SanQM (SanPiN) talablari bo‘yicha o‘quv xonalari va kabinetlarda xavo harorati necha daraja (°C)da bo‘lishi kerak?
a) 15-18 °C
b) 20-25 °C
*c) 18-20 °C
d) 17-22 °C
65. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-378-sonli qonuni asosida xalq ta'limi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash Xalq ta'limi vazirligining qaysi hujjati bilan tartibga solingan?
*a) vazirlikning 2015 yil 3 apreldagi 102-son buyrug‘i
b) vazirlikning 2015 yil 29 yanvardagi 1-son hay'at qarori
c) vazirlikning 2014 yil 5 dekabrdagi 358-son buyrug‘i
d) vazirlikning 2015 yil 5 maydagi 155-son buyrug‘i
66. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil
14 fevralda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 62-sonli qarori asosida Xalq ta'limi vazirligining reglamenti qaysi hujjat bilan tasdiqlangan.
*a) vazirlikning 2011 yil 29 yanvardagi 2-SH-son Hay'at qarori
b) vazirlikning 2007 yil 29 yanvardagi 2-SH-son Hay'at qarori
c) vazirlikning 2009 yil 29 yanvardagi 2-SH-son Hay'at qarori
d) vazirlikning 2005 yil 29 yanvardagi 2-SH-son Hay'at qarori
67. Xalq ta'limi tizimida xizmat doirasida foydalanish uchun (XDFU) grifi ostidagi hujjatlar bilan ishlashni qaysi hujjat tartibga solidi?
*a) vazirlikning 2007 yil 23 apreldagi 115-son buyrug‘i
b) vazirlikning 2007 yil 23 apreldagi 116-son buyrug‘i
c) vazirlikning 2007 yil 23 apreldagi 117-son buyrug‘i
d) vazirlikning 2007 yil 23 apreldagi 118-son buyrug‘i
68. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjati ijrosi yuzasidan yuqori turuvchi organ tomonidan qabul qilingan hujjatga qaysi nazorat kartochkasi yuritiladi?
*a) 2b
b) 1a
c) 3v
d) 4a
69. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 avgustdagi “Respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida hujjatlar bilan ishlash va ularning ijrosini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish Tartibi” to‘g‘risidagi 11-10-son talablari asosida 1- va 2-jadval hisobotlari yuqori turuvchi organga qaysi sanaga qadar topshiriladi?
*a) har oy yakuni bo‘yicha kelgusi oyning 5 sanasiga qadar
b) har oy yakuni bo‘yicha kelgusi oyning 20 sanasiga qadar
c) har chorak yakuni bo‘yicha kelgusi oyning 5 sanasiga qadar
d) har chorak yakuni bo‘yicha kelgusi oyning 20 sanasiga qadar
70. Maktab pedagogik kengash qarorini imzolash huquqi kimga berilgan?
*a) pedagogik kengash raisi, maktab direktoriga
b) maktab direktori va pedagogik kengash raisiga
c) maktab direktoriga
d) maktab direktori va kotibaga
71. Arxiv hujjatlarini saqlash turlarini ko‘rsating.
*a) doimiy, vaqtincha, depozit
b) doimiy
c) depozit
d) vaqtincha
72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlariga vazirlik va idoralar tomonidan ijroga yo‘naltirish muddati necha kun etib belgilangan?
*a) 3 kun
b) 2 kun
c) 1 kun
d) 4 kun
73. Ta'lim muassasasi rahbari tomonidan imozlangan buyruqlarga qanday kartochka yuritiladi?
*a) 3b
b) 2b
c) 3a
d) 4b
74. Agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari qaysi muddatda bajarilishi kerak?
*a) 10 kunda
b) 15 kunda
c) 3 kunda
d) bir oyda
75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3931-son qarori qabul qilingan yilni belgilang.
*a) 2018 yil
b) 2016 yil
c) 2017 yil
d) 2019 yil
76. “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligi Konsepsiyasi”ga muvofiq hamkorlik ishlarini necha bosqichda amalga oshiriladi?
a) 3 bosqichda
b) 4 bosqichda
*c) 5 bosqichda
d) 6 bosqichda
77. “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligi Konsepsiyasi”ga muvofiq hamkorlik ishlarini samaradorligini oshirish necha tamoyilda amalga oshiriladi?
*a) 5 tamoyil asosida
b) 4 tamoyil asosida
c) 3 tamoyil asosida
d) 6 tamoyil asosida
78. Ota-onalar universiteti qaysi yo‘nalishlarlarda o‘z faoliyatini olib boradi?
*a) ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik, huquqiy bilim asoslari, sog‘lom avlodni tarbiyalash
b) ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik, huquqiy bilim asoslari
c) ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy bilim asoslari, sog‘lom avlodni tarbiyalash
d) ma'naviy-ma'rifiy, pedagogik-psixologik, huquqiy bilim asoslari, sog‘lom avlodni tarbiyalash
79. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari qoshidagi “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatini kim boshqaradi?
*a) Maktab direktori
b) Ota-onalar qo‘mitasi raisi
c) Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
d) Maktabdagi faol o‘qituvchi
80. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari qoshidagi “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi yig‘ilishi qaysi muddatda o‘tkaziladi?
*a) Har oyda bir marta
b) Har chorakda bir marta
c) Bir yilda 2 marta
d) Har hafta
81. Maktabdagi Ota-onalar universiteti faoliyatini kim boshqaradi?
*a) maktab direktori yoki ma'naviy va ma'rifiy tarbiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari
b) ma'naviy va ma'rifiy tarbiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari
c) maktab direktori
d) o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
82. Ota-onalar universitetida mashg‘ulotlar ....... .
*a) har oyda bir marta o‘tkaziladi
b) har ikki oyda bir marta o‘tkaziladi
c) har chorakda ikki marta o‘tkaziladi
d) har chorakda bir marta o‘tkaziladi
83. “Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining kuzatuv kengashi” haqidagi namunaviy nizom qachon tasdiqlangan?
*a) 2018 yil 26 dekabrda XTVning 16-mh son buyrug’i bilan
b) 2019 yil 10 yanvardagi XTVning 6-mh son buyrug’i bilan
c) 2018 yil 5 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidantining PQ-3931-son qarori bilan
d) 2017 yil 15 martdagi XTVning 6-mh son buyrug’i bilan
84. Tashkilotda doimiy nazorat qanday amalga oshiriladi?
a) Tashkilot xodimlarini ishlab chiqarish yig'ilishlarida tinglash
b) Xodimlarning ishini kuzatish
*c) Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlari o'rtasidagi qayta aloqa asosida
d) Yig'ilish va majlislardagi xisobot
85. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar kim tomonida nazorat qilinishi kerak?
a) mutaxassislar
b) xodimlar
*c) rahbarlar
d) vazirliklar
86. Nazorat – bu …
*a) tashkilotning o'z maqsadiga erishishi va ma'lum bir vazifalarni amalga oshirilishini ta'minlovchi boshqaruvchilik faoliyati turi;
b) inson faoliyati turi
c) tashkilot xodimlarining ishini kuzatish
d) personal alohida topshiriqlarni bajarishini nazorat qilish
87. Nazoratga bo'lgan ehtiyojni qisqartirish uchun … zarur.
*a) xodimlar uchun tashkiliy va ijtimoiy psixologik sharoitlarni yaratish
b) xodimlar uchun zaruriy ijtimoiy sharoitlarni yaratish
c) xodimlar uchun zaruriy tashkiliy sharoitlarni yaratish
d) xodimlar mehnatini stimullashtirish tizimini mukammallashtirish
88. Nazorat … bo'lishi kerak.
a) ob'ektiv va jamoatchilikka yo'naltirilgan
b) jamoatchilikka yo'naltirilgan va haqqoniy
*c) ob'ektiv, ishbilarmon, samarali, muntazam va jamoatchilikka yo'naltirilgan
d) samarali
89. Yakuniy nazorat tashkilotda qachon o'tkaziladi?
a) ishni boshlashdan oldin
*b) rejalashtirilgan ishlar bajarilgandan keyin
c) ma'lum ishlar bajarilgandan so'ng
d) rahbarga qulay vaqtda
90. Tashkilotda oraliq nazorat qachon amalga oshiriladi?
a) Ma'lum ishlar bajarilgandan so'ng
b) Ishni boshlashdan oldin
*c) Ma'lum ishlarni bajarish vaqtida
d) Rahbarga qulay vaqtda
91. Ta'lim sifatini baholash darajalari?
a) DTSga mosligi, mehnat bozoridagi talab
b) Ish beruvchilar talablariga mos kelishi, xalqaro standartlarga mosligi
c) Mehnat bozoridagi talab, bitiruvchilarning qoniqqanligi
*d) Xalqaro standartlarga mosligi, DTSga mosligi, ish beruvchilar talablariga mos kelishi, mehnat bozoridagi talab, bitiruvchilarning qoniqqanligi
92. Ta'lim sifatini nazorat qilish bu ...
*a) o'qitish usullari, vositalari va metodlarining hayotiylik darajasini aniqlash
b) ta'limga bo'lgan qiziqishning ko'rsatkichlarda aks etishini tekshirib ko'rish
c) jamiyat oldidagi burchning ta'lim mutasaddilari tomonidan bajarilishini tekshirish
d) professor-o'qituvchilar mehnatining amaldagi ifodasini topish
93. Maktab ichki nazorati – bu …
a) UO'T maktablarida ta'limning butun o'quv kursi davomida erishgan ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingini aniqlash
*b) jamoaning o'z oldiga qo'ygan vazifalariga muvofiq ravishda maktabda o'quv-tarbiya jarayonini har tomonlama o'rganish va tahlil qilishdir
c) o'quv yili oxirida fanlardan ta'lim tayyorgarligini aniqlash
d) har chorak oxirida o'quvchi reytingining haqqoniyligini aniqlash
94. Monitoring qaysi sohalarda qo'llaniladi?
*a) barcha sohalarda
b) menejment sohasida
c) ekologiya va moliya sohasida
d) ta'lim sohasida
95. O'quvchilar davomati monitoringi qaysi turga kiradi?
*a) kundalik monitoring
b) hujjatli monitoring
c) bosqichli monitoring
d) tashqi monitoring
96. Monitoring o'tkazishga tayyorgarlik nimadan boshlanadi?
a) reja tuzishdan
*b) maqsadni belgilashdan
c) yo'riqnoma tuzishdan
d) bajaruvchilarni belgilashdan
97. Monitoring xolisligi nima?
a) monitoring barcha bosqichlaridagi natijalarning haqqoniyligi
b) monitoring jarayonidagi ko'rsatkichlarni asoslash mumkinligi
*c) monitoringni amalga oshirish talablarining haqqoniyligi
d) monitoringni bajaruvchilarni to'g'ri tanlash qoidalariga rioya qilish
98. Zamonaviy maktabda o'qituvchilarning tayyorgarligi va mahorati darajasini, ular faoliyatini tahlil qilish turlari qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?
*a) Dastlabki nazorat, joriy nazorat, yakuniy nazorat
b) Dastlabki nazorat, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat
c) Joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat
d) Dastlabki nazorat, joriy nazorat, oraliq nazorat
99. Zamonaviy maktab ishini tashkil etishda qo'llanilmaydigan rejalashtirish turi qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?
*a) O'quv-metodik ishlar bo'yicha 1 yillik reja
b) 3-5 yilga mo'ljallangan istiqbol reja
c) O'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha 1 yillik reja
d) Ichki nazoratlarni o'tkazish rejasi
100. “Zamonaviy maktab” Davlat dasturi loyihasida ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi Xalq ta'limi vazirligi zimmasiga yuklatilgan hujjat qaysi javobda qayd etilgan?
a) Umumta'lim maktablarini yangicha qurishning asosiy parametrlari
b) Umumta'lim maktablari faoliyatini baholash mezonlari
c) Umumta'lim maktablarini qayta qurishning maqsadli ko'rsatkichlari
*d) Umumta'limning maxsus (alohida) ta'lim standartlari va o'quv dasturlari
101. “Zamonaviy maktab” Davlat dasturi loyihasida tegishli maqomga davogar umumta'li muassasasining faoliyatini baholash mezonlarida eng yuqori baholanadigan yo'nalish:
a) Moddiy-texnika bazasi yo'nalishi
b) Maktabni tegishli malakaga ega bo'lgan pedagog kadrlar bilan ta'minlanganlik yo'nalishi
*c) O'quvchilarning bilim saviyasi va erishgan yutuqlari yo'nalishi
d) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishi
Do'stlaringiz bilan baham: |