BOSHQARUVDA OPTIMAL QARORLAR QABUL QILISH
1. Qaror qabul qiluvchi sub'ekt nazoratida bo‘lgan va ularning qiymatlari muammo yechimi jarayonida aniqlanishi mumkin bo‘lgan omillar...
*A) boshqariladigan omillardir.
B) boshqarilmaydigan omillardir.
C) foydali omillardir.
D) halaqit qiluvchi omillardir.
2. Sub'ekt qaroriga bog‘liq bo‘lmagan, ya'ni sub'ekt bu omillar qiymatini o‘zgartira olmaydigan, faqat ularning ta'sirini e'tiborga olishi zarur bo‘lgan omillar bu ....
*A) boshqarilmaydigan omillardir.
B) boshqariladigan omillardir.
C) foydali omillardir.
D) halaqit qiluvchi omillardir.
3. Qaror qabul qiluvchi shaxsning omillar qiymati haqida ogohligiga qarab omillar ko‘rinishlari belgilangan qatorni belgilang?
*A) aniq (deterministik), tasodifiy (stoxastik), noaniq.
B) aniq (deterministik), noaniq.
C) aniq (deterministik), tasodifiy (stoxastik), noaniq, mavhum.
D) aniq (deterministik), tasodifiy (stoxastik), mavhum.
4. Qarorlar qabul qilishdagi biror bir tahlil o‘tkazmay, ichki bir turtki asosida qaror qabul qilish bu - ?
*A) Intuitiv yondashuv
B) Mantiqiy yondashuv
C) Tavakkal yondashuv
D) Ratsional yondashuv
5. Qarorlar qabul qilishdagi tajriba va sodda mantiqqa asoslanib qaror qabul qilish bu - ?
*A) Mantiqiy yondashuv
B) Intuitiv yondashuv
C) Maqsadli yondashuv
D) Ratsional yondashuv
6. Qarorlar qabul qilishdagi chuqur va har tomonlama analitik taxlilga asoslangan qaror qabul qilish bu - ?
*A) Ratsional yondashuv
B) Mantiqiy yondashuv
C) Strategik yondashuv
D) Intuitiv yondashuv
7. Optimallashtirish masalasining tarkibiy qismlari qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan?
A) *maqsad funksiyasi, cheklanishlar, chegaraviy shartlar.
B) maqsad, cheklanish, shart.
C) natijaviylik, ochiqlik, to‘siqsizlik.
D) maqsad funksiyasi, natija funksiyasi, chegara funksiyasi.
8. Quyidagilarning qaysi birida maqsad funksiyasi tushunchasining izohlangan?
*A) o‘zining maksimum yoki minimum qiymatiga erishishiga izlanayotgan o‘zgaruvchilarning ta'sirini bildiradi.
B) qidirilayotgan o‘zgaruvchilar o‘rtasida mavjud bo‘lgan bog‘lanishlarni aniqlaydi.
C) qidirilayotgan o‘zgaruvchilar olishi mumkin bo‘lgan qiymatlar chegarasini kursatadi.
D) maksimum yoki minimum qiymatlardagi o‘zgaruvchilar qiymatini bildiradi.
9. Ierarxiyalar taxlili usuli qanday hollarda qo‘llaniladi?
*A) biror muammoni bir necha yechim variantlaridan eng yaxshisini tanlash uchun.
V) biror muammoni bir necha eng yaxshi variantlarini topish uchun.
C) eng zarur bo‘lgan komponentlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan muammolarni yechishda.
D) barcha muammoli vaziyatlarda optimal qaror qabul qilishda.
10. Ierarxik strukturalarning asosiy vazifasi nima?
*A) murakkab muammolarni tarkibiy qismlarga ajratish va taxlil qilish.
V) murakkab bo‘lmagan muammolarni modellashtirish va taxlil qilish.
C) zarur bo‘lmagan komponentlarni daraxt ko‘rinishida ifodalash va tahrirlash.
D) tarkibiy qismlarga ajratilgan muammolarni soddalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |