Jadvalda harakatlanishi
Jadvalning yacheykalari o‘rtasida xarakatlanish uchun Tab tugmаchаsi yoki sichqonchadan fоydаlаnilаdi. Agar kursor jadvalning oxirgi yacheykasida turgan bo‘lsa va siz Tab tugmasini bosayotgan bo‘lsangiz Word yangi satrini avtomatik tаrzdа jadvalning oxiriga kiritadi.
Axborotni yacheykaga kiritish uchun kursorni unga joylashtiring va ma’lumotlarni kiriting. Jadvalda xarakatlanish uchun quyidagi tugmachalarni va tugmachalar birikmasini ishlating.(2-jadval)
2-jadval
Tugmachalar birikmasi
|
Bichim
|
Tab
|
Navbatdagi yacheyka
|
Shift+Tab
|
Bundan oldingi yacheyka
|
Alt+PageUp
|
Ustundagi yuqori yacheyka
|
Alt+Page Down
|
Ustundagi pastki yacheyka
|
Alt+Home
|
Qatordagi birinchi yacheyka
|
Alt+End
|
Qatordagi oxirgi yacheyka
|
Ba’zan katta jadvalni bir nechta kichik jadvalga bo‘lish talab qilinadi. Maydalash paytida jadvallar o‘rtasiga bo‘sh qator kiritiladi. Agar jadvalni bo‘lish paytida kursor birinchi qatorda bo‘lsa, jadval maydalangandan so‘ng bo‘sh qator jadvalning tepasida paydo bo‘ladi. Kursorni yangi jadvalda birinchi bo‘ladigan qatorga joylashtirib, Таблица Разбить таблицу (Jadval Jadval maydalansin) buyrug‘ini tanlang. Qo‘shilgan bo‘sh qatorga axborotni kiritish mumkin.
Jadvalda ma’lumotlarni bir yoki bir nechta ustun bo‘ylab saralash mumkin. Saralanganda ustunlarning sarlavxalari, odatda, bu jarayonda ishtirok etmaydilar.
Bunga amin bo‘lish uchun:
1. Saralash o‘tkаzish kerak bo‘lgan ustunni bosing.
2. Saralashni bajarish uchun Сортировка по возрастанию (O‘sib borish bo‘yicha saralash) tugmasini jadvallar va chegaralar asboblar panelidagi kamayib borish bo‘yicha saralash tugmasini bosing.
3. Saralashning qo‘shimcha parametrlarini o‘zgartirish uchun ТаблицаСортировка (Jadval Saralash) buyrug‘ini tanlang va saralash muloqot darchasiga zarur axborotni kiriting.
4. Bir butun jadvalni bittа sahifaga mo‘ljal oldirish mumkin. Buning uchun kursorni jadvalga joylashtiring va ТаблицаСвойства таблицы (Jadval Jadvalning xususiyatlari) buyrug‘ini tanlang. Jadval ilovasidan tekislash pereklyuchatelini По центру (Markaz bo‘yicha) xolatini tanlang va keyin OK tugmasini bosing.
Ko‘pincha bir vaqtning o‘zida birdaniga bir nechta sahifada joylashadigan jadval tuzish kerak bo‘ladi. Bunday xollarda o‘qish qulay bo‘lishi uchun jadvalning sarlovhasini har sahifada takrorlash foydalidir. Bunga amin bo‘lish uchun jadvalning yuqоri ustundagi keyingi jadvallarda takrorlashi kerak bo‘lgan satr yoki satrlarni ajrating.. Jadval sarlavhalar buyrug‘ini tanlang, buyruqning yonidа belgisi paydo bo‘ladi va qatorning аjrаtilishi keyingi hamma sahifalarda takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |