Ms word da ishlash asoslari



Download 6,83 Mb.
bet33/74
Sana31.12.2021
Hajmi6,83 Mb.
#253460
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
Word dasturi

Izlash (bo‘limlar)
Ehtimol hujjatni bo‘limlarga bo‘lgandan so‘ng bo‘limdan bo‘limga tez o‘tish yoki bo‘limlarning kerak bo‘lmay qolgan ulushlarini chiqarib tashlash kerak bo‘lib qolar.

Buning uchun:

1. Izlash jarayonini boshlash uchun ПравкаНайти (To‘g‘rilashTopilsin) buyrug‘ini tanlang. Shunda “Найти” (“Topish”) muloqot darchasi ochiladi. Izlashning qo‘shimcha parametrlarini ko‘rish uchun Больше (Ko‘proq) tugmasini (20 rasm) bosing.

20-rasm
2. Специальный (Maxsus) tugmachasini bosing va paydo bo‘lgan menyuda Разрыв раздела (Bo‘limning uzulishi) bandini tanlang (21 rasm).



21-rasm


3. Найти далее (Bundan Keyin topilsin) tugmasini bosing. Dastur bo‘limning ulushini topganda, agar u muloqot darchasi bilan yopiq bo‘lsa, siz uni ko‘rmay qolishingiz mumkin. Bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun izlash darchasini ekranning boshqa jоyigа ko‘chiring. Izlashni davomlash uchun Найти далее (Bundan Keyin topilsin) tugmasini yana bosing.

4. Agar izlashni to‘xtatish kerak bo‘lsa, Отмена (Bekor qilinsin) tugmasini tanlang. Aks xolda Word ekranga izlash butun hujjatda o‘tkazilgani haqida xabar chiqaradi. OK tugmasini keyin esa Отмена (Bekor qilinsin) tugmasini tanlang.

Ekranga “Topilsin va almashtirilsin” muloqot darchasini chiqarish uchun tugmachalarning quyidagi kombinatsiyalarini ishlatishingiz mumkin:

 Ctrl+F – topilsin;

 Ctrl+Н – almashtirilsin;

 Ctrl+G - o‘tilsin.

Siz asboblarning standart panelidagi Найти (topilsin) tugmasidan ham foydalanishingiz mumkin (22 rasm). Agar asboblar panelida bu tugma yo‘q bo‘lsa Другие кнопки (Boshqa tugmalar) tugmasini bosish va paydo bo‘lgan menyudan tegishli tugmani tanlash mumkin.

S iz qidirishning shartlarini aniqroq belgilab berish yoki maxsus ramzlarni kiritish uchun (Topilsin va almashtirilsin darchasidagi Большие (ko‘proq) tugmasini bosgandan so‘ng) qo‘shimcha parametrlarni ishlatishingiz mumkin. Matnni terishda juda ko‘p xollarda so‘zlarni almashtirib, adashtirib yuboradilar. Bu so‘zlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilganligini osongina tekshirishingiz mumkin.

Buning uchun:

1. Hujjatning bоshigа o‘tish uchun Ctrl+Ноmе tugmаchаlаri kombinatsiyasini bosing. Keyin ekranga tanlov variantlarini chiqarish uchun aylantirishning vertikal yo‘lаgi pastki chetidagi Выбор объекта перехода (O‘tish obyektini tanlash) tugmasini bosing.

2. “Topilsin va almashtirilsin” muloqot darchasini yana ekranga chiqarish uchun Найти (Topilsin) tugmasini tanlang (23 rasm).

23-rasm


3. “Topilsin va almashtirilsin” muloqot darchasini yopish uchun Больше (Ko‘proq) tugmachasini bosing.

4. Найти (Topilsin) maydoniga zarur (qo‘yish belgisi bor) so‘zni kiriting.

5. Направление (Yo‘nalish) ro‘yxatida Везде (hamma yoqda) varianti tanlangan bo‘lishini tekshirib ko‘ring. So‘ngra Подстановочные знаки (Qo‘yiladigan belgilar) bayroqchasini o‘rnating va Найти далее (Keyin toping) tugmasini bosing. Word kerakli so‘zda to‘xtaydi (24 rasm).

6. Agar so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan bo‘lsa, muloqot darchasini yopish uchun Отмена (Bekor qilinsin) tugmachasini tanlang va to‘g‘ri variantga to‘g‘rilang.

7. Izlashni takrorlash uchun Найти/Перейти (topilsin/keyingisiga o‘tilsin) tugmasini bosing. Word kerakli so‘zda to‘xtaydi.

8. Hujjatda boshqa noto‘g‘ri variantlarning yo‘qligiga amin bo‘lish uchun yana НайтиПерейти (TopilsinKeyingisiga o‘tilsin) tugmasini bosing va agar Word sizdаn izlashni davom ettirish kerakmi? deb so‘rasa Нет (Yo‘q) tugmasini bosing.




24-rasm




Download 6,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish