Afzalligi - murakkab nochiziqli tizmlarni tadqiq etish mumkinligidadir. Kamchiligi - olingan natijalar yetarlicha aniq emas, shuningdek bu modellashtirish turi tadqiqotchi xatosidan himoyalanmagan.
Modelning haqiqiy sifat ko’rsatkichi 2 ta. Bular quyidagilar:
Eksperiment - asosiy ko’rsatkich
Haqiqiy jarayonga modellashtirishning mosligi.
Qo’shma (qurama) modellashtirishda 2ta: analitik va imitatsion modellashtirish ishlatiladi. Tizimni loyihalashtirish va tadqiqot qilish bosqichida modellarni qurish va amalga oshirishda tasodifiy sonlardan foydalanishga asoslangan statik tajriba usuli qo’llaniladi, ya'ni berilgan ehtimollarni tarqatuvchi bir qancha tasodifiy kattalikning mumkin bo’lgan qiymati statik modellashtirish EHM yordamida modellashtirilayotgan tizimda ro’y berayotgan jarayonlar xaqida statik ma'lumotlar olish usulini nazarda tutadi.
Taqdim etilayotgan qiziqishlarni olish uchun tashqi muxit ta'sirini hisobga olgan modellashtirilayotgan tizimni baholashga xos statistik ma'lumotlar matematik statistika usullaridan foydalangan holda qayta ishlanadi va tasniflanadi. Tizimni statik modellash natijasida xaqiqiy ob’ektning xohlangan vaqt mobaynida o’zini tutish haqida ma'lumot olish imkonini beruvchi statistik qayta ishlash, qidirilayotgan kattalik yoki funksiyaning ayrim qiymatlarini seriyasi olinadi. Agar N tarqatishlar miqdori yetarlicha katta bo’lsa, modellash natijalari statistik turg’unlikka ega bo’ladi va S tizmning ishlashi qidirilayotgan jarayon xarakteristikalarini baxolash sifatida qabul qilinishi mumkin. Tasodifiy sonlarni olish usullari EHMda tizimlarni statik modellashtirish determinlashgan modemga o’zgartirish kirituvchi tasodifiy sonlar generatori yordamida amalga oshiriladigan tasodifiy kattalik qiymatlarini tuzishni talab qiladi, ya'ni tasodifiy kattalikni sonli xarakteristikalarini ifodalovchi dastur zarur. Masalan, poyezdlar harakatini modellashtirish uchun poyezd og’irligi, uzunligi, tasodifiy qiymatlarini poyezd grafiklaridan tasodifan og’ish joyiga ega bo’lgan vagonlarni yurish xarakteristikalarini xisobga olish kerak va boshqalar. EHMda tizimni statik modellashtirishning tasodifiy sonlar ketma-ketligini olish imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz.
Amaliyotda tasodifiy sonlar energiyasini 3ta usulidan foydalaniladi:
apparatli (tizimli),
jadvalli (faylli),
algoritmli (dasturli).
Apparatli usulda tasodifiy sonlar generatsiyasi EHM ning tashqi qurilmalaridan biri sifatida xizmat qiladigan maxsus elektron pristavka tasodifiy sonlar generatoridan ishlab chiqiladi. Shunday qilib, generatorning bunday usulini amalga oshirish tasodifiy sonlarni ishlab chiqishda EHM dan qo’shimcha hisoblash amallarini talab qilmaydi, faqatgina tashqi qurilmaga murojaat qilish amali kerak. Fizik natija sifatida bunday tasodifiy sonlar generatori negizidagi elektron va yarim o’tkazgichli asboblardagi shovqinlar ishlatiladi.
Tasodifiy sonning appar atli generatorini tuzilmaviy sxemasini ko’rib chiqamiz
(3 – rasm), bu yerda: