Moyli zig`ir urug`ining tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va “ilmiy” asoslari


Moyli zig`ir urug`ini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishni yangi texnologiyalar bilan rivojlantirishning ilmiy asoslari



Download 2,33 Mb.
bet3/4
Sana02.03.2022
Hajmi2,33 Mb.
#478757
1   2   3   4
Bog'liq
MOYLI ZIGR lotin

3.Moyli zig`ir urug`ini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishni yangi texnologiyalar bilan rivojlantirishning ilmiy asoslari
Zig‘ir unumdor va begona o‘tlar bosmaydigan lalmikor va sug‘oriladigan yerlarda yaxshi o‘sadi. Dukkakli ekin-lardan keyin, orasiga ishlov beriladigan ekinlardan tozalangan hamda eski bo‘z yerlar zig‘ir uchun ma’qul hisoblanadi. Bir ekil-gan dalaga zig‘ir 6 - 7 yildan keyin ekilishi shart.
Markaziy Osiyoda jumladan O‘zbekistonda ham zig‘ir tog‘oldi va lalmi yerlarda qadimdan yetishtirilgan. Notekis, adir yerlarda o‘suv davrida namlikni yetishmasligi tufayli hosildorlik sug‘orila­ digan yerlarga nisbatan ancha past bo‘lishi kuzatilgan.
Zig‘ir yetishtirish uchun yillik yog‘ingarchilik 300-350 mm, aprel va may oylarida esa, 120-140 mm ga to‘g‘ri keladigan tog‘­ oldi hududlar tanlanadi. zig‘ir ekinini tog‘oldi hududlarda dengiz sathidan 1250 m baladlikda ham yetishtirish mumkin.
Almashlab ekishdagi o‘rni. Zig‘ir - tuproq unumdorligiga talab-chan o‘simlik bo‘lib, o‘simlik hayotining dastlabki davrlarida juda sekin o‘sishi sababli tanlangan yerlar ko‘p yillik begona o‘t ildizlari­ dan holi bo‘lishi talab etiladi. Zig‘ir uchun eng yaxshi o‘tmishdosh o‘simlik poliz va dukkakli don ekinlari hisoblanadi. Zig‘irni boshoqli don ekinlaridan keyin ham ekish mumkin. Zig‘irni zig‘ir yetishtiril-gan dalalarga oradan 6-7 yil o‘tgachgina ekish tavsiya etiladi. 
Oziqlantirish. Zig‘ir tuproq unumdorligiga talabchan bo‘lib, mineral o‘g‘itlar bilan yetarlicha oziqlantirilganda lalmi adir yer-larda 25 %, tog‘oldi hududlarda 60 % gacha hosildorlik ortishi ku-zatilgan. Zig‘ir ekiladigan maydonlarga o‘tmishdosh o‘simliklarni ekishdan oldin 10-15 tonna organik o‘g‘itlar berish tavsiya etiladi. Tuproq - iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ta’sir etuvchi modda hisobida azot 30-40 kg, fosfor 50-60 kg va kaliy 40-50 kg har bir gektarga beriladi. Fosfor va kaliy o‘g‘itlarini kuzgi shudgor payti-da, azotli o‘g‘itni esa, ekish oldidan o‘tkaziladigan ishlov paytida berish tavsiya etiladi. Tuproq - iqlim sharoiti va bahorgi yog‘in­ garchilik miqdoriga bog‘liq holda bahorda 1 ga maydonga 20-30 kg azotli o‘g‘it bilan oziqlantirilishi ham yaxshi samara beradi.
Yerni tayyorlash. Zig‘ir ekiladigan dalalarda ekishga tayyorgar-lik o‘tmishdosh o‘simliklarni qoldiqlarini, ko‘p yillik begona o‘tlarni ildizlaridan tozalash bilan boshlanadi. Shudgordan oldin g‘alla ekil­ gan maydonlarda 5-6 sm, ko‘p yillik begona o‘tlar ildizlarini 10-12 sm chuqurlikda chizel borona o‘tkazilib, tuproq qatlamini qirqib, o‘simlik qoldiqlari yig‘ib chiqiladi va dala chetlarida yoqib yuborila-di. Kuzda 25 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Kuzgi shudgor qilin-gan yerlardan bahorda shudgor qilingan yerlarga nisbatan 15-18 % yuqori hosil olinadi. Tabiiy namlik zahirasini yaratish ya’ni, qor va yomg‘ir suvlarini saqlash maqsadida tog‘li hududlarda kuzgi shud-gor suv yo‘liga ko‘ndalang holatda amalga oshiriladi.
Erta bahorgi ishlar namlikni saqlash va begona o‘tlarni yo‘qo-tish uchun boronalash bilan boshlanadi. Oradan 2-3 kun o‘tkazib, tuproqning yuza qatlami qurigandan so‘ng, zig‘ir ekiladigan may-don yengil chizel borona 8-10 sm chuqurlikda yumshatiladi, mola bosiladi va urug‘lar ekiladi.
Ekish. Urug‘lik zig‘ir yirik, begona o‘tlar urug‘laridan toza, namligi 10-12 %, unuvchanligi 90-95 % dan kam bo‘lmasligi zarur. Ekishdan 2-3 kun oldin zamburug‘ kasalliklariga qarshi dorilanadi. Ekish uchun 1 va 2 sinf urug‘laridan foydalaniladi. Fevral oyining ikkinchi, mart oyining birinchi o‘n kunligida oddiy g‘alla ekishda foydalaniladigan seyalkalarda yoppasiga qatorlab ekiladi.
Lalmi yerlarning tog‘oldi mintaqasida gektariga 20 - 22 kg, tog‘li mintaqada esa 25 - 30 kg/ga dan ekiladi. Bu miqdor tax-minan 4 - 6 mln. donaga to‘g‘ri keladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘lib, bahor quruq kelganda, yengil mexanik tarkibli tuproqlar-da ekish chuqurligi 4 -5 sm ga oshiriladi. Shuni alohida ta’kid-lash lozimki, urug‘lar ekilganda 11-12 % gacha unib chiqmaydi. Shuning hisobiga ekiladigan urug‘lik miqdorini 5-20 % oshirish tavsiya etiladi. Qatqaloqqa qarshi borona “zig - zag” yurgiziladi. Begona o‘tlar-ga qarshi chopiq va gerbitsidlar qo‘llash orqali qarshi kurashiladi.
Parvarishlash. Zig‘ir poyasi o‘suv davrining dastlabki onlari-da juda sekin o‘sishi sababli, o‘simlik balandligi 8-10 sm bo‘lgan-da birinchi chopiq ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi va uchunchi chopiq ishlari ekin maydonining umumiy holatiga qarab belgila-nadi. Oxirgi chopiq o‘simlikning shonalash davri boshlanishida o‘tkaziladi.
Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 0,5 kg zig‘ir urug‘i uchun 15 ming so‘mdan 7,5 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajat-lar 235 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 12000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 150 kg hosil olinadi) 1 mln. 800 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 1 mln.565 ming so‘m sof foyda olish mumkin.
Hosilni yig‘ib olish. Moyli zig‘ir urug‘lari to‘liq pishib ye-tilgandan keyin yig‘ib olinadi. Bu paytda o‘simlik poyasi va quzoqchalari sarg‘ayib barglari to‘kilib ketadi. Urug‘lari to‘q jigarrang, qo‘ng‘ir yoki qora tusga kiradi. Hosil katta maydon-larda maxsus moslangan don kombaynlari yordamida, tomorqa xo‘jaliklarida esa, qo‘lda yig‘ib olinib quritiladi. Poyalari quritil-gach, yanchilib, o‘simlik qoldiqlaridan maxsus elaklarda tozala-nadi va qoplanadi.

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish