24-chizma. KaMA3-740 dizelning moy nasosi:
1-yuritma shesternasi; 2-haydash seksiyasi kor-pusi; 3-haydash seksiya-sining yetaklovchi shes-ternasi; 4-oraliq detal (pristavka); 5-radiator seksiyasining shester-nasi; 6-radiator seksi-yasining korpusi; 7-radiator sek-siyasining yetaklanuvchi shester-nasi; 8-haydash seksiya-sining yetaklanuvchi shesternyasi; 9-haydash seksiyasining saqlagich klapani; 10-qopqoq; 11-differen-sial klapan; 12-radiator seksiyasining saqlagich klapani; 13-rostlash shaybalari.
Seksiyalar (2,6) korpusiga 0,8 - 0,85 MPa bosimida ochilishga rostlangan saqlagich klapanlari o'rnatilgan. Asosiy magistraldagi bosimni cheklovchi differensial klapan haydash seksiyasi korpusiga joylashtirilgan. U 0,4-0,45MPa bosimda ochilishga rostlangan.
Moy filtrlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular moyni metall zarrachalari (yeyilish qurumlari), qurum, smola va changlardan tozalaydi. Moy yetarli darajada tozalanmasa, dvigatelning ishqalanuvchi detallari tez yeyiladi. Moy qabul qilgichning to'rsimon filtri, moyni nasosga kirishidan oldin dastlabki tozalovdan o'tkazadi.
Nasosdan chiqqan moy dag'al, mayin va markazdan qochma tozalash filtrlarida qisman yoki to'la (to'la oqimli filtrlarda) tozalanadi. Bu filtrlar moylash tizimining konstruksiyalariga qarab turlicha biriktirishlarda o'rnatiladi. Plastina-tirqishli dag'al tozalash filtrining filtrlovchi elementi, qalinligi 0,1 mm atrofidagi oraliq plastinalar bilan bir-biridan ajratilib, bir o'qqa yig'ilgan (metall) filtrlash plastinalari to'plamidan iborat.
Mayin tozalash filtri qog'ozdan yoki filtrlovchi massa to'ldirilgan karkasdan iborat bo'lgan almashtiriladigan filtrlash elementiga ega. Moyni markazdan qochma usuli bilan mayin tozalovchi filtrlar - sentrifugalardir.
Ko'plab dvigatellarda moyni tirsakli valdagi shatun bo'yni kovaklarida qo'shimcha ravishda tozalanadi. Tirsakli valning aylanishidan yuzaga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida moydagi begona zarrachalar bo'shliq devorlari
tomon otilib ketadi va o'sha yerga o'tirib qoladi. Ulardan ozod bo'lgan moy esa shatun podshipniklariga yo'naladi.
KaMAZ dizelining to'la oqimli moy filtri (25-chizma) qopqoq (1), ikkita filtrlovchi element (2) va ikkita qalpoqdan (4) iborat. Qalpoqlar qopqoq bilan markaziy o'zaklar (sterjenlar) yordamida biriktiriladi va rezina qistirmalar (3) bilan zichlanadi. Filtrlovchi element yog'och uni va bog'lovchi moddalardan iborat massa to'ldirilgan karkas ko'rinishida yasalgan.
Qopqoqda moy uchun kanallar, shuningdek, filtrlovchi element juda kirlanib ketganda moyni uning yonidan o'tkazib yuboruvchi klapan joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |