Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………….. I BOB Abu Mansur al-Moturidiy hayoti………………………………………. 1.1. Imom Moturidiyning hayoti va ijodi………………………………………….
1.2. Motrudiy merosi hamda asarlari haqida………………………………………
II BOB Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish…… 2.1. Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish……………………...
2.2. Imom Moturudiy yodgorlik majmui………………………………………….
III Xulosa…………………………………………………………………………. IV Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………
Kirish Abu Mansur al-Moturidiy sunniy eʼtiqodidagi ikki yirik yoʻnalishdan biri boʻlmish Moturidiya yoʻnalishining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida maʼlumotlar juda ozdir. Toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlogʻidan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) boʻlib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki taʼlimni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandda davom ettiradi.
Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga toʻgʻri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti boʻlib, soʻngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga koʻchirildi. Biroq oʻsha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi boʻlib qolaveradi.
Abu Mansur al-Moturidiy tugʻilgan yili haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. U Samarqandda 944–945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga koʻmilgan.
Baʼzi manbalarda uning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida taʼlim olgani qayd etilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom Aʼzam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabilarni oʻzining ustozi deb bilgan.
Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib oʻz bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida koʻplab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda boʻlgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot va mashaoyix mazahab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim maʼlumotlar beriladi. Masalan, quyidagi asarlari nomlari keltirilgan: “Kitab Tavhid” (“Allomani yakkalashlar kitobi”), “Kitab Maqomat”, “Kitab rad avomil lil adila lil kabiy” (“Kaʼbiy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bagʻishlangan kitob”), “Kitab bayon va hum ul-muʼtazila” (“Muʼtazila gʻavgʻolari va undan qoʻrqmaslik haqidagi kitob bayoni”), “Kitab Taʼvilot al-Qurʼon” (“Kurʼon taʼvili kitobi”).
Lekin Hoji Xalifaning (1609–1659) “Kashf az-zunun an-asomil kutub va-l-funun” (“Kitob va fanlar nomlari haqidagi shubhalarni bartaraf etish kitobi”) kitobida eʼtirof etilishicha, yana Abu Mansur al-Moturidiyning “Ma hazi ash-shariʼa” (“Shariat asoslari sarasi”), “Kitab al-jadal” (“Dialektika haqida kitob”) kabi asarlari ham boʻlgan. Bulardan tashqari al-Moturidiyning “Kitab al-usul” (“Diniy-taʼlimot usuli kitobi”) asari ham maʼlum.
Abu Mansur al-Moturidiyning koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.
Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan “Kitab Tavhid” – asari bizning davrimizga yetib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.
U islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganib, fiqhga va kalomga oid asar yozadi.
Bu al-Moturidiyning “Taʼvilot ahli sunna” yoki boshqa bir nomi “Taʼvilot al-Qurʼon” deb nomlanadi. Al-Moturidiy bu asarida sunniy aqidaga (taʼvilda) zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Abu Xanifaning qarashlariga suyangan xolda ish koʻradi. Bu asar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. “Taʼvilot”ning birinchi jildi Qohirada 1971 yilda Ibrohim Avadayn va as-Said Avadaynlar tomonidan nashr etilgan.
I BOB Abu Mansur al-Moturidiy hayoti