«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so`zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko`pchilik) tizimini belgilovchi va xulq-atvor faolligini ma`lum darajada tutib turuvchi, rag`batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma`noda qo`Uaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma`noda qo`llaymiz. Shunday qilib, motivatsiyani inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo`lgan sabablar yig`indisidir
Motiv va motivatsiya Inson xulq-atvorida funksional jihatdan tavsifi bog`liq bo`lgan
qo`zg`atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq- atvoridagi qo`zg`atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo`llaniladigan tushunchalar orasida
motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo`lib hisoblanadi
2
Xulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin.
Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang`ich va yakuniy holatlari sifatida sub`ekt xulqatvorining psixologik xossalari, ikkinchisida - tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo`ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa - yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag`batlar haqida so`z yuritiladi. Ba`zan inson xulqatvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida xulq-atvorni detenninatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so`z yuritiladi. Shuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida ko`rib o`tiladi.Dispozitsiyalar o`z mohiyatiga ko`ra motivlardir.
Tilaklar va maqsadlar - bu darhol yuz beradigan va ko`pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o`zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub`ektiv holat.
3
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya`ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o`zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog`liq ekanligini ta`kidlab o`tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o`tilgandir. Shunga qaramasdan, ba`zi bixevioristlar, jumladan E.Torndayk, o`zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o`rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya tezligiga nisbatan namoyon bo`lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to`g`risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar
Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o`ziga xoslikka ega:
1. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug`ullanib va xulq printsiplarini vujudga
keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq motivatsiyasi qonuniyatlariga
asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudot sifatida qarab, unga biologik jabhada yondashadi,
oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo`lgan xulqning umumiy printsiplarini
topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o`ziga xosligini
yo chetlab o`tadilar yoki o`ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar.
Z.Freydning kontseptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o`rtasida hech qanday
tafovut yo`qdir. Ongsizlik ta`limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivlari va ehtiyojlari
muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potentsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday m a`no yuklamoqchi? Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni tug`ma va o`zgarmasdir. Huddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko`rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv shakldagi mutlaqlashgan qo`zg`ovchilarni nazarda tutgan bo`lsa ajab emas.
E’tiboringgiz uchun raxmat