Asosiy kadr – tanaffusdan keyin zagotovkaga ishlov berish jarayonini davom ettirish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z tarkibiga olgan boshqaruvchi dastur kadridir. N maxsus ishora bilan belgilanadi. Mutloq (absolyut) o’lcham – boshqaruvchi dasturda ko’rsatiladigan va nuqtaning qabul qilingan hisoblash noliga nisbatan holatini ko’rsatadigan chiziqli yoki burchak o’lcham. Orttirmadagi o’lcham – boshqaruvchi dasturda ko’rsatiladigan va dastgoh ish organining avvlgi holatini belgilaydigan nuqtaning koordinatalariga nisbatan nuqtaning holatini ko’rsatadigan chiziqli yoki burchakli o’lcham. Dastgohning nol nuqtasi – dastgoh koordinatalarining boshi deb qabul qilingan nuqta. Dastgohning boshlangich nuqtasi – dastgohning nol nuqtasiga nisbatan aniqlanadigan va boshqaruvchi dastur bo’yicha ishlay boshlash uchun foydalaniladigan nuqta. Dastgohning qat’iy belgilangan nuqtasi – dastgohning nol nuqtasiga nisbatan aniqlanadigan va dastgoh ish organini holatini aniqnish uchun foydalaniladigan nuqta. Ishlov berishni boshlash nuqtasi – konkret zagotovkaga ishlov berish nuqtasi. Detalning nol nuqtasi – detaldagi nuqta bo’lib, detalning barcha o’lchamlari shu nuqtaga nisbatan beriladi. Erkin nol – RDB tizimining ish organining siljishini hisoblash boshini dastgohning nol nuqtasiga nisbatan istalgan holatga qo’yish hossasi.
4-rasm. Magnit tasmadan foydalaniladiganda ahborotni yozish (a) va o’qish (b) shemasi
Magnit tasma polimer ashyodan tayyorlangan asos 3 (4-rasm) va unga qoplangan ishchi ferromagnit qatlam 2 – temir oksidlar kukunidan iborat. Ferromagnit qatlam asosga maxsus bog’lovchi modda yordamida yopishtiriladi. Asosning qalinligi 60 – 120 mkm, ferromagnit qatlam qalinligi esa kukun donalarining o’lchamlari 0,3-0,9 mkm bo’lganda 5-20 mkm ni tashkil etadi. Tasma eni 35 mm. Tasmani 200 m/s gacha tezlikda tortish va qayta o’rash mumkin.
Xulosa men ushbu mustaqil ish tayyorlashda rdb dastgohlari haqida ma’lumotlar oldim ularga g kodlar olishni yana ko’proq usullarini bilib oldim Foydalanilgan adaboyotlar va internet resurlari 1. Peregudov A.V., Xoshimov A.N., Avtomatlashtirilgan korxona dastgohlari. -Toshkent; "O’zbekiston", 2001 487 b. 2. R.K. Gjirov, P.P. Serebrenitskiy. Programmirovanie obrabotki na stankax s CHPU. M: «Mashinostroenie», 1990, 591 s. 3. L.V. Peregudov, A.N. Xashimov, I.K. Shalagurov i dr. Avtomatlashtirilgan ishlab chikarish texnologik jihozlari. Toshkent: "O’zbekiston", 2001 y, 488 b. 4. https://www.hwlibre.com/ 5. www.ziyouz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |