Moslanish – tabiiy tanlanish natijasi ekanligi. Reja


Murakkab moslanuvchanlik. Moslanuvchanlikni paydo bo`lish mexanizmlari



Download 95 Kb.
bet2/2
Sana18.05.2023
Hajmi95 Kb.
#940502
1   2
Bog'liq
Moslanish

Murakkab moslanuvchanlik. Moslanuvchanlikni paydo bo`lish mexanizmlari.
Reja:

  1. Fiziologik moslanuvchanlik.

  2. Moslanuvchanlik klassifikatsiyasi.

  3. Turli muhitlardagi moslanuvchanlik va uni masshtabi.

  4. Moslanishning nisbiyligi.

Hayotiy jarayonlar tor harorat diapozonida ham kechaverishi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklar va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo‘ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to‘xtashi) holatiga o‘tadi. Ammo Antarktidada 70 °S sovuqda ham suvo‘tlari, lishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi +50-60 °S ga teng. Bunday haroratda fermentlar faoliyati buziladi va oqsillar iviydi, biroq geotermal bu­loqlarda ayrim mikroorganizmlar +79-80 °S da ham yashay olishi kuzati­ladi.
O‘simliklar va ko‘pchilik xayvonlar tana haroratini birday saqlay olmaydi. O‘simliklarning sovuqqa chidamliligi hujayralarda qand miqdorining ko‘p bo‘lishi natijasida hujayra shirasi konsentratsiyasi­ning ortishiga va suvning kamayishiga bog‘ liqdir. Harorat 0 °S dan past bo‘lsa, urug‘ unib chiqmaydi. Binobarin har bir o‘simlik urug‘ i unib chiqishi uchun minimal, optimal va maksimal harorat talab qiladi. Xuddi shunday harorat amplitudasi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida ku­zatiladigan hamma bosqichlar uchun zarurdir. Masalan, yashil o‘simliklar­ning hayotiy jarayonlari ya’ni o‘sishi, fotosintez, ularning gullashi va meva hosil qilishi ma’lum bir harorat rejimida o‘tadi. Shu sababli o‘simliklar issiqsevar, sovuqqa yoki jazirama issiqqa chidamli gu­ruhlarga bo‘linadi. Janubda o‘sadigan issiqsevar o‘simliklar qish-ning qattiq sovuqlariga chidamsiz bo‘ladi. Masalan, g‘o‘zaga kuzning 2-3 °S so­vug‘ i o‘ta salbiy ta’sir qiladi. Sitrus o‘simliklari (limon, apelsin, mandarin) esa -8-10 °S da nobud bo‘ladi. Shimolda o‘sadigan o‘simliklar esa issiqlik kam bo‘lganda ham o‘z hayotini davom ettiraveradi.
Қishdagi kuchli sovuqlar ham ularga kuchli ta’sir etmaydi. Masalan, Sibirda o‘sadigan tilog‘ och, qarag‘ ay, pixta va shu kabi daraxtlar –70 °S gacha sovuqqa bardosh bera oladi. O‘rta Osiyoning jazirama issiq cho‘llarida o‘sadigan yantoq, qovul, saksavul, shuvoq, izen o‘simliklari +60-70 °S haro­ratga ham bardosh bera oladi. O‘simliklar uchun ularning butun vegetatsiya davrida oladigan foydali harorat yig‘ indisi ham jiddiy ahamiyatga ega. Agar harorat yig‘indisi yetarli bo‘lmasa o‘simlik gullamaydi va hosilga kirmaydi. Masalan, o‘rta tolali g‘o‘za navlarining to‘la yetilib hosil be­rishi uchun harorat yig‘ indisi 1750-2000 °S bo‘lishi kerak, ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun esa bu ko‘rsatkich 2000-3000 °S ni tashkil etadi.
Tana haroratini saqlay olish xususiyatlariga ko‘ra hayvonlar issiq qonlilar va sovuq qonlilarga bo‘linadi. Sovuq qonlilarga umurtqasizlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular o‘zlari tana haroratini birday saqlay olmaydilar.
Muhit haroratining ko‘tarilishi bu organizmlarda fizilogik jara­yonlarning tezlashishiga olib keladi, aksincha muhit haroratining ma’lum diapazondan pasayishi metabolik jarayonlarining susayishi va organizmlarning o‘lishiga olib keladi.
Evolyutsiya jarayonida issiq qonli organizmlar tashqi muhit harora­tining juda keng o‘zgarishidan qat’iy nazar o‘z tana haroratini doimiy holatda saqlashga moslashgandir.
Issiqqonlilarga qushlar va sut emizuvchi hayvonlar kiradi.
Қushlarning tana harorati +40 °S dan yuqoriroq. Sut emzuvchilarniki esa +37 - +40 °S atrofida saqlanadi. Tana haroratining bir xil saqlashda to‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi, nafas olish sistemasining tako­millashishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ularda harorat o‘zgarmay saqlanishiga olib keladigan mexanizmlar bu qalin jun, patlar, teri osti yog‘ klechatkasi, ter bezlarining paydo bo‘lishi, qon aylanishining nerv sistemasi orqali idora qilinishi va hokazolardir.
Tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga moslanish belgilaridan yana biri bu hayvonlar migratsiyasi, ya’ni ularning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan haroratli hududlarga ko‘chib o‘tishdir. Migratsiya qiluvchi hayvonlarga kitlar, ba’zi qushlar, baliqlar, hasharotlar va boshqa hayvonlar kiradi. Kitlar ba’zan ilgari egallagan joylaridan 2000-3000 km masofagacha ham ko‘chib o‘tishlari mumkin. Sovuq qonlilarning ayrim turlari ha­rorat pasayganda yoki keskin ko‘tarilganda karaxt bo‘lib qoladi. Issiq qonlilarning ayrim vakillari oziq yetishmasa yoki muhit harorati pa­saysa uyquga ketadilar.
Ana shular jumlasiga ayiqlar, bo‘rsiqlar kiradi. Bunday holatda ularda moddalar almashinishi susayadi, lekin tana harorati deyarlik pa­saymaydi.
Mikroorganizmlar, o‘simliklar va tuban hayvonlarning haroratga moslanishlaridan bir usuli ularning anabioz holatga o‘tishidir. Ana­bioz holatda mikroblar sporalar, sodda hayvonlar esa sistalar hosil qiladilar.
Harorat hayvonlarning qaysi iqlim mintaqasida yashashi bilan bog‘ liq holda avvalo, ularning vazniga va ichki organlarining katta – kichikligiga, ko‘payishiga va boshqa hayot jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, issiq o‘lkalarda yashovchi sut emizuvchi hayvonlarning vazni, yuragi, buyragi, jigari sovuq o‘lkalarda yashovchi shu xildagi hayvonlarnikiga nisbatan yengil va kichik bo‘ladi. Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi qiyofasiga, ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, tundrada, mo‘’tadil mintaqada yashovchi tulki va Afrikadagi fenek degan tulkini olib qaralsa, ular biologik jihatdan o‘xshash yoki bir – birlariga yaqin turlardir. Lekin, turli iqlim mintaqasida yashaganliklari sababli ularning tashqi ko‘rinishi, ayniqsa, quloqlarining shakli katta-kichikligi bilan bir-birlaridan keskin farqlanadi. Shunga o‘xshash Arktika va baland tog‘ mintaqasida yashovchi ba’zi hasharotlarning rangi quyosh nurini ko‘proq yutganligi sababli qoramtir rangda bo‘ladi. Ko‘pchilik suv hayvonlarining tuxumi ham shunday qoramtir pegmentga boy bo‘ladi.
Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish