Morrining seshanba darslari



Download 351,5 Kb.
bet27/27
Sana30.12.2021
Hajmi351,5 Kb.
#196535
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Моррининг сешанба дарслари EpubKitoblar

Xotima


Ba’zan o‘tmishga boqib, keksa professorimni qayta uchratishimdan oldingi “men”imni - tamomila o‘zgacha insonni ko‘z oldimga keltiraman. O‘sha inson bilan suhbat qurgim keladi. Unga nimalarni qidirish va qaysi xatolardan qochish kerakligini aytgim keladi. Unga qarata, “Bag‘rikeng bo‘l, jamiyat tomonidan targ‘ib qilinadigan qadriyatlar vasvasasiga uchma, yaqinlaring so‘zlayotganida, go‘yoki ular bilan so‘nggi marta suhbatlashayotgandek diqqat bilan tingla”, degim keladi.

Eng muhimi, men unga samolyotga o‘tirib, Massachusets shtatidagi G‘arbiy Nyuton shaharchasida yashayotgan nuroniyni ertaroq - u xastalanib raqsga tushish qobiliyatini yo‘qotmasidan oldin borib ko‘rishi kerakligini aytgim keladi.

Bilaman, bu qo‘limdan kelmaydi. Hech birim iz o‘tgan ishlarni o‘zgartira olmaymiz, allaqachon tasmaga muhrlangan hayotimizni ham qayta yashash imkonsiz. Ammo Professor Morri Shvarts menga bergan eng muhim saboq bu - hayotda “endi juda kech” degan tushunchaning mavjud emasligi. U so‘nggi nafasigacha o‘zini tarbiyalashda davom etdi.

Morrining o‘limidan ko‘p o‘tmay, Ispaniyadagi ukam bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldim. Uzoq gaplashdik. Uning ma’lum masofa saqlash istagini hurmat qilishimni, men bor-yo‘g‘i o‘tmish xotiralari bilan yashash o‘rniga, aynan hozir xabarlashib turishni va u imkon berganicha munosabatlarimizni tiklashni xohlashimni aytdim.

- Sen mening yakka-yu yolg‘iz ukamsan, - dedim men. - Seni yo‘qotishni xohlamayman. Seni yaxshi ko‘raman.

Shu paytgacha unga bunday gaplarni hech aytmagandim.

Bir necha kun o‘tib, faks orqali xabar oldim. Xabar matni bosh harflar bilan yozilib, tinish belgilari pala-partish qo‘yilganidan u ukamdan kelgani bilinib turardi.

“SALOM VA NIHOYAT TO‘QSONINCHI YILLARGA QADAM QO‘YDIM!”, deb boshlanardi xabar. U hafta davomida nimalar qilgani haqida yozib, bir juft latifa ham qo‘shib qo‘ygandi.

Xabar shunday yakunlangandi:

Shu kunlarda jig‘ildonim qaynab, ichim ketib yotibdi - megajin hayot. Keyinroq gaplasharmiz? Bemor Dumba

Kulaverib, ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi.

Ushbu kitob g‘oyasi asosan Morriga tegishli edi. U kitobni “so‘nggi ilmiy ishimiz” deb atardi. Eng yaxshi loyihalarda bo‘lgani kabi bu ish ikkimizni ancha yaqinlashtirdi. Morri bir necha noshirlar kitobga qiziqish bildirganini eshitib, juda quvongandi, biroq ularning hech biri bilan uchrashish unga nasib etmadi. Kitob uchun tolangan bo‘nakning Morrining ulkan tibbiy xarajatlarini qoplashda foydasi tegganidan ikkalamiz ham mamnun edik.

Aytgancha, kitob nomini Morrining kabinetida o‘tirib, bir kundayoq o‘ylab topganmiz. U nom tanlashni yoqtirardi. Morri bir nechta nomlarni taklif qildi. Lekin men ““Morrining seshanba darslari”ga nima deysiz?” deb so‘raganimda, uning yuziga tabassum, yonoqlariga qizillik yugurganini ko‘rib, shu nomda to‘xtalishimizni angladim.

Morrining vafotidan so‘ng universitet davridan qolgan kitob-daftarlarim joylangan qutilarni birma-bir ko‘zdan kechirdim. Ular orasidan Morrining darslaridan biri uchun yozgan yakuniy nazorat ishimni topib oldim. Yozilganiga ham yigirma yil bolibdi. Muqovasining old tomonida

100

mening Morri uchun qalam bilan qing‘ir-qiyshiq yozilgan mulohazalarim, uning ostida esa Morrining mulohazalari qoldirilgan edi.



Meniki “Qadrli murabbiy...” deb boshlangan.

Uniki esa “Qadrli o‘yinchi...” deb.

Negadir har safar shu bitiklarni o‘qiganimda, uni yanada ko‘proq sog‘inaman.

Hayotingizda hech haqiqiy ustozingiz bo‘lganmi? Siz hali ishlov berilmagan tosh bo‘lsangiz- da, donolik bilan sayqallansa, noyob olmosga aylanishingizga ishonchi komil bo‘lgan ustoz? Agar omadingiz kulib, shunday ustozni uchratib qolsangiz, vaqt o‘tib, albatta, uning yoniga qaytasiz. Ba’zan, shunchaki, xayolingizda. Ba’zida esa shundoqqina u yotgan yotoq yoniga.

Keksa professorim hayotining so‘nggi darslari uning uyida, u mittigina hibiskus butasining pushti gullari to‘kilishini tomosha qilishi mumkin bo‘lgan kabinet derazasi yonida, haftada bir marta o‘tilardi. Sinf seshanba kunlari yig‘ilardi. Hech qanday darslikdan foydalanilmasdi. Fanimiz “Hayot mazmuni” deb atalardi. Unda professor boshdan kechirgan hayotiy saboqlar o‘qitilardi.

Saboqlar davom etadi.



@EpubKitoblar
Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish