Oʻninchi seshanba: oilaviy hayot haqida suhbatlashamiz
Morrinikiga mehmon olib keldim. Rafiqamni.
U ilk tashrifimdan beri rafiqam bilan tanishtirishimni soʻraydi.
“Qachon endi Janin bilan tanishtirasan?”. “Qachon Janinni ham olib
kelasan?”. Bir necha kun avval Morrining holidan xabar olish
maqsadida uyiga qoʻngʻiroq qilgunimga qadar rafiqamni olib
bormayotganimga doim bahonalarim tayyor boʻlardi.
Morrining telefon yoniga kelishiga ancha vaqt ketdi. Goʻshakni
koʻtarganida esa shigʻillagan tovushdan goʻshakni boshqa birov
uning qulogʻiga tutib turganini sezdim.
– Saa-looom, — dedi u, goʻyoki nafas yetishmayotgandek.
– Yaxshimisiz, murabbiy?
Uning nafas chiqarishini eshitdim.
– Mich...bugun…. murabbiyingning ahvoli... bir oz yaxshi emas.
Tunlari uning ahvoli tobora ogʻirlashib borayotgandi. Deyarli har tun
kislorod uskunasini ulashlariga toʻgʻri kelar, yoʻtal xurujlari esa
odamni qoʻrqitardi. Bir yoʻtal tutsa, soatlab davom etar va u
toʻxtaydimi, yoʻqmi Morrining oʻzi ham bilmasdi. U har doim dard
oʻpkasini mahv etganida oʻlishini taʼkidlardi. Ajali naqadar yaqin
qolganini oʻylab vujudimni titroq bosdi.
– Seshanba kuni boraman, — dedim men. – Ungacha tetiklashib
qolasiz.
– Mich?
– Labbay?
– Rafiqang hozir sen bilanmi?
Janin yonimda oʻtirgandi.
– Goʻshakni unga ber. Ovozini eshitmoqchiman.
Tan olishim kerak, Xudo ayolimni mendan ancha rahmdilroq qilib
yaratgan. U Morri bilan biror marta ham koʻrishmagan boʻlsa-da,
goʻshakni qoʻliga oldi va bir daqiqaga ham qolmay u keksa
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
107
professorim bilan talabalik yillaridan beri tanish kishidek iliq
suhbatga kirishdi. Eshitganim faqat “Ha, ha...Mich aytib bergandi…
Voy, rahmat” jumlalari boʻlsa ham, ular dildan suhbatga kirishganini
ich-ichimdan his qilib turardim.
U goʻshakni joyiga qoʻygach:
– Kelasi safar birga boramiz, — dedi. Tamom.
Mana endi ikkalamiz Morrining ikki yonida oʻtiribmiz. Morri xotinboz
boʻlmasa-da, ayollarga suyagi yoʻq kishi edi. Buni oʻzi ham tan
olardi. Hozir ham yoʻtal xuruji yoki hojatga chiqish ehtiyoji muloqotni
boʻlayotganiga qaramasdan xonada Janinning borligi professorimga
yangidan kuch bagʻishlayotgandek edi. U toʻyda tushgan
suratlarimizni tomosha qildi: Janin albomimizni koʻtarib kelibdi.
– Detroytlikmisiz? — soʻradi Morri.
– Ha, — javob berdi Janin.
– Qirqinchi yillar oxirida bir yilcha Detroytda dars berganman. Qiziq
voqea boʻlgan oʻshanda.
Morri burun qoqishga toʻxtadi. Qogʻoz sochiqchani olishga
urinayotganini koʻrib, oʻzim sochiqchani oldimda, unga tutib turdim.
U ojizgina burun qoqdi. Sochiqcha bilan burnini yengilgina siqib,
artib qoʻydim, xuddi mashinada ketayotgan ona bolasiga qilgani
kabi.
– Rahmat, Mich, — Morri Janinga qaradi. – Mening tengi yoʻq
dastyorim.
Janin jilmaydi.
– Ha, mayli. Voqeaga qaytsak. Universitetda jamiyatshunoslar
jamoasi bor edi. Boshqa fan oʻqituvchilari bilan poker oʻynardik. Bir
jarroh yigit boʻlardi. Bir oqshom oʻyindan soʻng u yonimga kelib,
“Morri, ish jarayoningizni koʻrsam degandim”, dedi. Rozi boʻldim.
Maʼruzalarimdan birida qatnashib, dars berishimni kuzatdi. Dars
tugagach, “Endi meni ish jarayonida kuzatishga nima deysiz?
Bugun oqshom bir bemorni operatsiya qilaman”. Koʻngli ogʻrimasin
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
108
deb, borishga rozi boʻldim. U meni shifoxonaga olib bordi. Kirishimiz
bilan, “Qoʻlingizni yaxshilab yuving, niqobni taqing va ustingizga
xalatni ilib oling”, dedi. Hash-pash deguncha u bilan birga
operatsiya stoli yonida turardim. Stolda ayol bemor yotar, uning
belidan pastki qismi yalangʻoch edi. Tanishim qoʻliga pichoqni olib,
ayolning tanasini xotirjam kesa boshladi. Shunday…
Morri barmogʻini koʻtarib, havoda aylantirdi.
– Mana shunday boshim aylana boshladi. Hushimni yoʻqotay
deyapman. Hamma yoq qon. Uh! Yonimda turgan hamshira,
“Doktor, sizga nima boʻldi?”, deb soʻradi. Men esa, “Men hech
qanaqa doktor emasman! Meni bu yerdan olib keting!” dedim.
Biz kuldik. Bazoʻr nafas olayotgan Morri ham baholi qudrat kulishga
harakat qildi. Morri ancha vaqtdan beri bunday hikoyalar aytmay
qoʻygandi. Vo ajab, boshqa birovning xastaligini koʻrib, hushini
yoʻqotay degan odam oʻz dardini shunday mardona qarshi ola bilsa-
ya, degan fikr oʻtdi xayolimdan.
Konni eshikni taqillatib, Morrining tushligi tayyor boʻlganini aytdi.
Men ertalab “Non va tomosha” doʻkonidan keltirgan sabzi shoʻrva,
sabzavotli pishiriqlar va yunoncha pishirilgan makaron tushlikka
yaramasdi, albatta. Eng yumshoq yeguliklarni olib kelishga
qanchalik harakat qilmay, bari bir ular nimjonlashib qolgan Morrining
chaynab yutishiga qattiqlik qilardi. Endi u asosan
suyuq boʻtqa va
shoʻrvada ivitib, ezilgan keks yerdi. Sharlotta deyarli barcha
yeguliklarni blenderda maydalab, ezib berardi. Morri ovqatni
somoncha yordamida isteʼmol qilardi. Men haligacha har hafta
bozorlik qilib, uning huzuriga xaridlar bilan toʻla paketlarni koʻtarib
kelardim. Uning yuzidagi ifodani koʻrish uchun ham bozorlik qilishda
davom etardim. Har gal muzlatgichni ochganimda, u ovqat solingan
qutilarga toʻlib ketganini koʻrardim. Ehtimol, hali yana avvalgidek
birgalikda haqiqiy tushlik qilamiz,
men uning ogʻzidan ovqat
sachratib, toʻla ogʻiz bilan gapirishini tomosha qilaman, deb umid
Do'stlaringiz bilan baham: |