Koʻrgazmali qurollar
1995-yilning
martida, ABC TV kanalining “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi boshlovchisi Ted Koppel
oʻtirgan limuzin Massachusets shtatining Gʻarbiy Nyuton shaharchasida joylashgan uy
oldida, qor bosgan yoʻlakda toʻxtadi.
Bu paytga kelib Morri butunlay nogironlar aravachasiga
mixlangan, shaxsiy
yordamchilarining uni ogʻir qopdek koʻtarib, yotoqdan aravachaga va aravachadan yotoqqa
olib oʻtishlariga oʻrganayotgandi. Ovqatlanayotganda uni yoʻtal tutar, ogʻzidagi narsani
chaynash ham ogʻir ishga aylangandi. Oyoqlari tamoman ishdan chiqqan, endilikda umuman
yura olmasdi.
Shunday boʻlsa-da, u tushkunlikka tushishdan bosh tortardi. Morri fikrlar oʻchogʻiga aylandi.
Fikrlar quyulib kelar, Morri ularni toʻgʻri kelgan joyga yozib ketaverardi: yon daftarchalar,
konvertlar, papkalar, qogʻoz boʻlaklari uning yozuvlariga toʻlib ketgandi. Oʻlim koʻlankasi
ostidagi hayot haqida falsafiy mulohazalarini yozib borardi: “Baʼzi ishlar imkoniyatingizdan
tashqarida ekanini, hamma narsa ham qoʻlingizdan kelmasligini tan oling”, “Oʻtmishni
oʻtmishligicha qabul qiling: uni rad etishga yoki oʻzgartirishga urinmang”, “Oʻzingizni ham,
boshqalarni ham kechirishga oʻrganing”, “Hech qachon biror ishni boshlashga kech qoldim
deb hisoblamang”.
Morri faqat doʻstlari bilan boʻlishadigan bunday “hikmatli soʻzlar”ning soni tez orada ellikdan
oshdi. Ulardan juda taʼsirlangan Brandeys universitetidagi hamkasblaridan biri, Mori Shteyn,
“hikmatli soʻzlar”ni “Boston Gloub” nashri muxbiriga yubordi. Muxbir Morri bilan uchrashib, u
haqida katta maqola yozdi. Maqola “Professorning soʻnggi maʼruzalari oʻz oʻlimi haqida
boʻladi” sarlavhasi ostida chop etildi.
10
Maqola “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi prodyuserlaridan birining eʼtiborini tortdi va u Koppelga
koʻrsatish uchun gazetani Vashington D.C.ga koʻtarib keldi.
– Mana buni bir koʻrgin, - dedi prodyuser.
Hash-
pash deguncha, Morrining xonasi operatorlar bilan toʻlgan, Koppelning limuzini esa uy
tashqarisida turardi.
Morrining oila aʼzolari va doʻstlaridan bir nechtasi Koppel bilan uchrashish uchun unikida
toʻplanishdi. Ushbu mashhur inson uyga kirib kelganida, xonada hayajonli gʻala-gʻovur
koʻtarildi, faqat Morrigina xotirjamlikni yoʻqotmay, aravachasida Koppelning oldiga chiqib,
chimirilgan qoshlari ostidan unga qaradi. Uning baland va jarangdor ovozi shovqin-suronni
boʻldi:
– Ted, bu suhbatga rozilik berishdan avval seni bir sinab koʻrishim kerak.
Bir muddat xonaga oʻngʻaysiz jimlik choʻkdi. Keyin esa ikkalasi kabinet tomon yoʻl oldi. Eshik
mahkam yopildi.
– Urdi Xudo, – shivirladi eshik tashqarisida qolgan doʻstlardan biri boshqasiga. – Ishqilib, Ted
Morriga yumshoqroq munosabatda boʻlsin-da.
– Aksincha, Morri Tedga shafqat qilsin, ishqilib, – dedi ikkinchisi.
Kabinetga kirgach, Morri Tedga kursiga oʻtirishni ishora qildi. Qovushtirilgan qoʻllarini
tizzasiga qoʻyib, tabassum qildi.
– Siz qalbingiz tubida asraydigan narsalar haqida gapirib bering.
– Qalbim tubida?
Koppel qariyaga sinovchan nigoh tashladi.
– Mayli, – dedi u ehtiyotkorona va farzandlari haqida soʻzlay boshladi.
Axir farzandlari doim qalbida-ku, shunday emasmi?
– Yaxshi, -– dedi Morri. – Endi menga eʼtiqodingiz toʻgʻrisida gapirib bering.
Koppel bir oz oʻngʻaysizlandi.
– Odatda men bunday mavzularni endigina tanishgan odamlarim bilan muhokama
qilmayman.
– Ted, men oʻlyapman, – dedi Morri, koʻzoynak ustidan unga tikilib. – Juda kam vaqtim
qolgan.
Koppel kulib yubordi. Mayli. Demak, eʼtiqod. U Avreliy Markdan oʻzining qarashlarini aks
ettiradigan parcha oʻqib berdi. Morri jimgina bosh irgʻatdi.
11
– Endi men savol bersam, – dedi Koppel. – Hech men olib boradigan koʻrsatuvni tomosha
qilganmisiz oʻzi?
Morri yelkasini uchirdi.
– Adashmasam, ikki marta.
– Ikki marta? Ikki martaginami?
– Ranjishga shoshilmang. “Opra”ni bir martagina koʻrganman.
– Xoʻp, koʻrsatuvimni ikki marta koʻrganingizda qanday xulosaga kelgansiz?
Morri bir oz sukut saqladi.
– Rostini aytaymi?
– Ha?
– Oʻziga bino qoʻygan odamdek koʻringansiz menga.
Koppel qahqaha otib kulib yubordi.
– Oʻzimga bino qoʻyish uchun juda badbasharalik qilaman, – dedi keyin.
Tez orada mehmonxonadagi kamin oldida suratga olish jarayoni boshlandi. Koppel astoydil
dazmollangan koʻk kostyum-shimda, Morri esa keng kulrang sviter kiyib olgandi. U suhbat
uchun ust-boshini chiroylisiga almashtirishdan ham, pardoz qildirishdan ham bosh tortdi.
Uning falsafasiga koʻra, oʻlim uyaladigan narsa emasdi, demak, yuziga upa surishga ham
hojat yoʻq.
Morri nogironlar aravachasida oʻtirganligi sababli uning jonsiz oyoqlari kameraga tushmadi.
Hali qo
ʻllarini harakatlantira olgani uchun, Morri doim qoʻllarini silkitib gapirardi, qanday qilib
oʻlimni mardonavor qarshi olish mumkinligi haqida ehtirosga toʻlib soʻzlashini koʻrishimiz
mumkin edi.
– Ted, – deb gap boshladi u. – Men bu gʻalvalar boshlangandayoq oʻzimga oʻzim savol
berdim: “Boshqalarga oʻxshab tarki dunyo qilaymi yoki imkoni boricha hayotdan bahra olib
yashaymi?” va yashashga qaror qildim. Hech boʻlmaganda, qadr-qimmat, jasorat, yaxshi
kayfiyat va xotirjamlikni saqlagan holda oʻzim istagandek yashashga urinib koʻrishga ahd
qildim. Yigʻlab uygʻongan tonglarim ham boʻlib turadi. Oʻzimga oʻzim aza tutib, koʻz-yosh
toʻkaman. Baʼzida esa gʻazabga toʻlib uygʻonaman. Lekin bunday holatlar uzoq davom
etmaydi. Oʻzimga bir oz achinib olganimdan soʻng oʻrnimdan turib, “Men yashashni istayman”
deya taʼkidlayman. Hozircha, buni uddalayapman. Yana shunday davom etish qoʻlimdan
keladimi? Buni bilmayman. Menimcha, qoʻlimdan keladi.
Koppel uni butun vujudi bilan tinglardi. “Oʻlimning yaqinligi odamni kamtarlikka undaydimi?”
– deb savol berdi u.
12
– Qanday tushuntirsam ekan senga buni, Fred, – deb yubordi toʻsatdan Morri va tezgina
xatosini toʻgʻriladi, - Ted demoqchi edim…
– Mana buni kamtarlikka undash desa boʻladi, – dedi Koppel, kulib.
Ular oʻlimdan keyingi hayot toʻgʻrisida suhbatlashishdi. Morrining tobora boshqalar
yordamiga muhtoj boʻlib borayotgani haqida gapirishdi. Unga ovqatlanish, oʻtirish, bir joydan
ikkinchi joyga oʻtish uchun ham kimningdir yordami zarur edi.
– Sezdirmasdan, sekinlik bilan jismingizni yemirib borayotgan jarayonning siz uchun
qoʻrqinchli jihati nimada? – soʻradi Koppel.
Morri bir oz jim qoldi. Keyin esa, bu narsa haqida televideniye orqali gapirish oʻrinlimikan,
deb soʻradi.
– Albatta, gapiravering, – undadi Koppel.
Morri Amerikadagi e
ng taniqli teleboshlovchining koʻzlariga tik qaradi.
– Nima ham derdim, yaqin kunlarda kimdir orqamni artib qoʻyishiga ham muhtoj boʻlishim
aniq.
Koʻrsatuv juma kuni tunda efirga uzatildi. Uni Vashingtonda yozuv stoli oldida oʻtirgan Ted
Koppelning zalvorli ovozi boshlab berdi.
– Morri Shvarts kim? Va nima sababdan oqshom yakuniga qadar koʻpchiligingiz u haqida
yaqin insoningizdek qaygʻura boshlaysiz?
Vashingtondan minglab chaqirim uzoqlikda, tepalikdagi uyimda odatdagidek kanallarni
almashtirib oʻtirardim. Televizor qutisidan jaranglagan “Morri Shvarts kim?” degan soʻzlarni
eshitib, qotib qoldim.
1976-
yilning bahori, Morri bizga oʻtgan birinchi dars. Morrining keng xonasiga kirishim bilan
devor boʻylab joylashtirilgan javonlarning tokchalari sanoqsiz kitoblarga toʻlib yotgani
diqqatimni tortadi. Jamiyatshunoslik, falsafa, din va ruhshunoslikka oid kitoblar. Xonaning
parket poliga katta gilam toʻshalgan, derazadan kampus yoʻlagi koʻrinib turibdi. Sinfda oʻn
ikkitacha talaba darslar rejasi va daftarlarini titkilab oʻtirishibdi. Koʻpchiligining ustida jinsi
shim va katakli flanel koʻylak, oyoqlarida esa mallarang poyabzal. Guruhdagi talabalarning
hammasi shu boʻlsa, dars qoldirish oson boʻlmaydi, degan fikr xayolimdan oʻtadi. Balki bu
fandan voz kechganim yaxshidir.
– Mitchel, – deydi davomat varaqasini oʻqiyotgan Morri. Qoʻlimni koʻtaraman.
– Mich deb chaqiraveraymi yoki Mitchel yaxshiroqmi?
Hali biror marta oʻqituvchilar menga bunday savol bermagan. Boʻyni uzun sariq jemper va
chiyduxoba shim kiyib olgan, kumushrang sochlari peshonasiga tushib turgan odamchaga
diqqat bilan tikilaman. U jilmayadi.
13
– Mich, – deb javob qaytaraman. – Doʻstlarim meni shunday chaqiradi.
– Mayli, Mich boʻlaqolsin unda, – deydi Morri, goʻyoki kelishuvni yakunlayotgan kishidek. –
Aytgancha, Mich?
– Labbay?
– Biror kun meni ham doʻst deb bilasan degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |