49. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasida
kelgan harakat nomlari qatnashgan?
A) Eh, qizaloq, bilmaysan-da, o‘qishning
foydasi ko‘p!
B) Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim
bo‘lishdi.
C) Bu xalqni yaxshiroq bilmoq uchun uning
urf-odatlari bilan tanishdim.
D) Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham
bilmay qoldi.
50. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim
bo‘lishdi.
Mazkur gapda fe’lning otga xoslangan
vazifa shakli qaysi gap bo‘lagi vazifasida
kelgan?
A) aniqlovchi
B) hol
C) ega
D) kesim
51. Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni
qilgan yaxshi.
Ushbu gapdagi sifatdoshlar qaysi gap
bo‘laklari vazifasida kelgan?
A) hol va aniqlovchi
B) to‘ldiruvchi va kesim
C) aniqlovchi va ega
D) to‘ldiruvchi va ega
Do'stlaringiz bilan baham: |