Morfemika



Download 20,79 Kb.
bet5/5
Sana09.07.2022
Hajmi20,79 Kb.
#759578
1   2   3   4   5
Bog'liq
Morfemika

Antonim affikslar bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: kuchli— kuchsiz, mazali – bemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.

  • Ko‘p ma’noli affikslar birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi qo‘shimchalardir. Masalan, — chi qo‘shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan shaxs oti), hasharchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxs oti) kabi yasama so‘zlardagi — chi ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-lar affiksining bolalar – sof ko‘plik ma’nosida, unlar— tur, nav ma’nosida, dadamlar — hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p ma’noligidan dalolat beradi.

    O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi. Affikslarning o‘zakka qo‘shilish tartibi ham o‘ziga xoslikka ega. Xususan, so‘z tarkibida ma’noli qismlar joylashishining odatdagi tartibi asosan, o‘zak yoki negiz+ so‘z yasovchi+shakl yasovchi+so‘z o‘zgartuvchi shaklida bo‘ladi. Masalan: qishloq+dosh+lar+imiz, qo‘riqla+di+k. O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan negizhosil bo‘ladi. Masalan: ter+im, quri+q, tinch+i (moq) kabilar negizdir. Agar so‘z tarkibida birdan ortiq so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etsa, u holda negizning chegarasi oxirgi so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan belgilanadi. Masalan: bil+im+don+lik yasalmasida bilimdonlik negizdir. Demak, odatdagi tartibga ko‘ra shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar so‘zning o‘zak qismiga (bil+di+m) yoki negiziga (bil+im+lar+dan // bil+im+don +lig+i+ni) qo‘shilishi mumkin.
    Ba’zan, affiks morfemalarning odatdagi tartibida o‘zgarishlar yuz berishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha uslubiy talablar yoki sheva ta’sirida yuzaga keladi: aka+m+lar — aka+lar+i+im, ko‘r+di+ng+lar — ko‘r+di+lar+ing. Ayrim hollarda yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchidan keyin qo‘shilib yangi ma’noli so‘z hosil qilishi mumkin: uka+lar+im+cha (bo‘lolmaysan), tort+in+choq, kuy+in+chak (kishi) kabi. Bunday holat affiks shaklidagi yuklamalar va qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilishida ham kuzatiladi. Masalan, bola+m+gina so‘zida –gina urg‘usiz bo‘lib, ajratish ma’nosini anglatadi, mazkur yuklama bilan shakldosh bo‘lgan otlardagi erkalash qo‘shimchasi –gina esa o‘zakka odatdagi tartibda qo‘shiladi: bola+gina+m. Qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar, odatda, barcha turdagi affiks morfemalardan keyin qo‘shiladi: kitob+mi, kitob+dan-chi, kitob+lar+da+gina, bog‘+cha+lar+dan+a kabi. Biroq, -miyuklamasi fe’llarga qo‘shilganda odatdagi tartib o‘zgarishi mumkin: ko‘r+gan+di+ng+mi// ko‘r+gan+mi+di+ng.
    Download 20,79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish