Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir. - Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir.
- Morfemalar funktsiyasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion affikslar. Bunday so‘z yasash derivatologiya deyiladi) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyatsion affikslar) tusidagi klassifikatsiyasi shu holatga asoslanadi. Bu hodisa so‘z yasalishi (affiksal) bilan paradigmatika orasida formal o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, temir + chi (affiks orqali so‘z yasash)—temir+-ni (affiks orqali forma yasash: bir so‘zning formasini (keng ma`noda) hosil qilish).
Ko‘rinadiki, «yasash» so‘zi har ikki ma`noda ham, umuman, hosil qilish (bir-biridan hosil qilish) ma`nosida umumiy nom bo‘lib qo‘llanadi. Bu so‘z: 1.uzum—uzum + ni, uzum+ga kabi hollarda so‘zning formasini hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Har bir so‘z ma`lum bir formada bo‘ladi (uzum—nol’ forma, uzumni—tushum kelishigi formasi va b.), u shu hamma formalarning jamini o‘z ichiga olgan, umumlashtirgan birlik sanaladi. Uning hamma ko‘rinishlari bir so‘zning turli formalari sanaladi. Bundagi affikslar (-ni, -ga, -dan kabi) sintaktik funktsiyani bajaradi: so‘zlarni bir-biriga boғlaydi, so‘zning qo‘shilmadagi—gapdagi va so‘z birikmasidagi—sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Demak, bu formalar orasidagi har xillik grammatik farqdir. Bundagi ma`no grammatik bo‘lib, so‘zning leksik ma`nosi o‘zgarmagan. 2. Uzum—uzum + chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funktsiyani bajaradi: yangi leksik birlik hosil qiladi. Bunda juft (affiks qo‘shilmagan holat bilan affiks qo‘shilgan holat: uzum—uzumchi) orasidagi farq semantik plandagi farqdir. - Ko‘rinadiki, «yasash» so‘zi har ikki ma`noda ham, umuman, hosil qilish (bir-biridan hosil qilish) ma`nosida umumiy nom bo‘lib qo‘llanadi. Bu so‘z: 1.uzum—uzum + ni, uzum+ga kabi hollarda so‘zning formasini hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Har bir so‘z ma`lum bir formada bo‘ladi (uzum—nol’ forma, uzumni—tushum kelishigi formasi va b.), u shu hamma formalarning jamini o‘z ichiga olgan, umumlashtirgan birlik sanaladi. Uning hamma ko‘rinishlari bir so‘zning turli formalari sanaladi. Bundagi affikslar (-ni, -ga, -dan kabi) sintaktik funktsiyani bajaradi: so‘zlarni bir-biriga boғlaydi, so‘zning qo‘shilmadagi—gapdagi va so‘z birikmasidagi—sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Demak, bu formalar orasidagi har xillik grammatik farqdir. Bundagi ma`no grammatik bo‘lib, so‘zning leksik ma`nosi o‘zgarmagan. 2. Uzum—uzum + chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funktsiyani bajaradi: yangi leksik birlik hosil qiladi. Bunda juft (affiks qo‘shilmagan holat bilan affiks qo‘shilgan holat: uzum—uzumchi) orasidagi farq semantik plandagi farqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |