Morfemik va so`z yasalishi tahlili.
Morfemik tahlil tartibi:
1.Matndan gap ajratib olinadi
2.Gapdagi so`zlar morfema, ya’ni asos va qo`shimchalarga ajratiladi.
3.O`zak morfema ko`rsatiladi
3.Affiksal morfemalar miqdori aniqlanadi
5.Qo`shimchalarning turi ko`rsatiladi
1-gap
1.Befoyda so’zni aytma, foydali so’zdan qaytma.
2.Be-foyda so’z-ni ayt-ma, foyda-li so’z-dan qayt-ma
3.foyda, so’z, ayt, qayt- o’zak morfemalar
4.6 ta affiksal morfema mavjud
5. a) so`z yasovchilar – 2 ta: -be, -li;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -dan;
d) lug`aviy shakl yasovchilar – 2 ta: -ma, -ma
2-gap
1.Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.
2. Mehmon-lar-ning quvna+q tovush-i-dan Mahmud-ning mudroq ko’z-lar-i katta och-il-di.
3.mehmon, quvna, tovush, Mahmud, mudroq, ko’z, katta, och(fe’l)-o’zak morfemalar
4. 10 ta affiksal morfema mavjud
5.a) so`z yasovchilar – 1 ta: -q;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 6 ta: -ning, -i, -dan; -ning, -i, -di
d) lug`aviy shakl yasovchilar – 3 ta: -lar, -lar, -il
3-gap
1.Oyni etak bilan yopib bo’lmas.
2.Oy-ni etak bilan yop-ib bo’l-mas
3.oy, etak, yop, bo’l-o’zak morfemalar
4.3 ta affiksal morfema mavjud
5. a) so`z yasovchilar – yo’q;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -ib;
d) lug`aviy shakl yasovchilar –1ta: -mas
4-gap
1.Bu so’zlar shoirni zarracha qo’rqitmadi.
2. Bu so’z-lar shoir-ni zarra-cha qo’rq-it-ma-di.
3.bu, so’z, shoir, zarra, qo’rq-o’zak morfemalar
4.6 ta affiksal morfema mavjud
5. a) so`z yasovchilar – 1 ta: -cha;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -di;
d) lug`aviy shakl yasovchilar –3 ta: -lar, -it, -ma.
5-gap
1. Otamdan qattiq hayqirardim.
2. Ota-m-dan qattiq hayqir-ar-di-m.
3.ota, qattiq, hayqir-o’zak morfemalar
4.5 ta affiksal morfema mavjud
5. a) so`z yasovchilar – yo’q;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 4 ta: -m, -dan, -di, -m;
d) lug`aviy shakl yasovchilar –1 ta: -ar.
So’z yasalishi tahlili tartibi:
1.Matndan gap ajratib olinadi
2.Gapdagi yasama so`zlar aniqlanadi.
3. so`zning tuzilishiga ko`ra turi belgilanadi.
4.Sodda yasama so`z yasashga asos qism va yasovchi qismga ajratiladi.
5.Kompozitsiya usulida yasalgan so`zlar tarkibi va turkumi ko`rsatiladi.
1-gap
1.Bilimli biladi, zakovatli uqadi.
2.Bilimli, zakovatli- yasama so’zlar
3.Bilimnli, zakovatli-affiksatsiya usulida yasalgan
4.Bilim+li (otdan sifat yasalgan), zakovat+li (otdan sifat yasalgan)
5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.
2-gap
1.Savodsizlik – qayg`urishga arziydigan tuban illat.
2.Savodsizlik, qayg’urishga -yasama so’z
3.Savodsizlik, qayg’urishga -affiksatsiya usulida yasalgan
4.Savodsiz+lik (sifatdan ot yasalgan), qayg’u+r (otdan fe’l yasalgan),
5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.
3-gap
1.Befoyda so’zni aytma, foydali so’zdan qaytma.
2. Befoyda, foydali- yasama so’zlar
3. Befoyda, foydali-affiksatsiya usulida yasalgan
4.Be+foyda(otdan sifat yasalgan), foyda+li(odan sifat yasalgan)
5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.
4-gap
1.Pok kishilar doim shodlik ustida, gunohkor esa g’am va qayg’u ostida bo’ladi.
2.Shodlik, gunohkor-yasama so’zlar
3.shodlik, gunohkor-affiksatsiya usulida yasalgan
4.Shod+lik(sifatdan ot yasalgan), gunoh+kor(otdan ot yasalgan)
5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.
5-gap
1.Mayli, hamma in’om, hamma boylik o’sha madhiyabozlarga buyursin.
2.Boylik, madhiyabozlarga-yasama so’z
3.Boylik, madhiyaboz-affiksatsiya usulida yasalgan
4.Boy+lik(sifatdan ot yasalgan), madhiya+boz(otdan ot yasalgan)
5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |