1.2. Bo’lajak o’qituvchi kasbiy kompetentligining invariantli tuzilmasi
«Invariant» tushunchasi fanda keng qo’llaniladi va biror bir narsaning berilgan shartlari o’zgarganda ham uning o’zi o’zgarmasligini anglatadi. Matematikada invariant - deganda tarkibidagi o’zgaruvchilarni ma’lum shakl almashtirishlarda o’zgarmaydigan matematik ifoda (masalan, bir koordinata sistemasidan boshqasiga o’tish) tushuniladi.
Mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi kasbiy kompetentligining invarianti uning turkum kompenentlari orasidagi mustahkam funksional bog’lanishlar tizimi, u biror bir mutaxassislik bitiruvchisining kasbiy kompetentligining turli ko’rinishlarida amalga oshirilishining asosiy xususiyatlar to’plamiga ega.
Invariantning real mazmuni uning biror variantidan iborat. Shuning uchun «invariant» tushunchasi invariantga nisbatan u yoki bu nisbatga har doim farq qiluvchi aniq ob’yekt tahlili me’yorini beruvchi biror nazariya hosil qilishdan iborat. Invariant va variativlik dialektikasini oddiy analogiya yordamida tasvirlash mumkin. Har bir inson o’z tuzilmasi bo’yicha tabiat tomonidan yaratilgan invariantdir, chunki u bosh, tana, qo’l, oyoqdan iborat. Ammo, Yerda birorta ham boshqa insonga to’liq o’xshash bo’lgan inson yo’q, shu ma’noda bizning har birimiz variativmiz.
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisida kompetentlikning invariantli tuzilmasining mavjudligi ushbu yangilikni shakllantirish uchun axborotli, ziddiyatsiz va qulay kompetensiyalar yordamida yoki kompetentlikni tavsiflash uchun yetarli asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa, barcha oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini umumlashtirish, tartiblashtirish va aniqlashtirish imkonini beradi.
Kompetentlikning invariantlarini ishlab chiqish va asoslash jarayonida biz, shunday psixologik-pedagogik sharoitlar yaratilishi kerakki, unda talaba bilish va bo’lajak mehnat faoliyatining to’laqonli sub’yekti sifatida harakat qilishi kerak, ya’ni shaxs o’z kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonida maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishga qobiliyatli, ichki va tashqi motivlashgan faollik manbai sifatidan - degan fikrga asoslanamiz.
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi faoliyatga intilsa (hohlaydi), unga tayyor bo’lsa (bajara oladi), o’z ishini mas’uliyatli va yuqori kasbiy darajada bajarsa (bajarmoqda) shu vaqtda, u kompetentli mutaxassis hisoblanadi. Demak, faoliyat sub’yektining kompetentligi quyidagi uchta tashkil etuvchi orqali tavsiflanadi: «hohlaydi», «bajara oladi», «bajarmoqda» [36].
Kompetentlikning «hohlaydi» tashkil etuvchisi individning faolligi va uning yo’naltirilganligini rag’batlantiruvchi ichki yoki tashqi sharoit va ko’rsatmalar majmuasiga bog’liq bo’lgan shaxsning motivatsion sohasiga bog’liq. Kompetentlikning «bajara oladi» tashkil etuvchisi sub’yekt ma’lum turdagi faoliyat uchun zarur va yetarli «uskunalar» ga egaligi bilan aniqlanadi. Bularga quyidagilar kiradi: bilim, ko’nikma, malaka, tajriba, ma’lum holatda qanday harakat qilish haqida tasavvurga egalik, ushbu faoliyatga qobiliyatning mavjudligi, uning individual-psixologik xususiyatlari (asab tizimlari xususiyatlari, sog’ligi, yoshi va boshqalar) faoliyatni muvaffaqiyatli o’zlashtirish va uni yuqori darajada olib borish, muvaffaqiyatga erishish (1.2-
Do'stlaringiz bilan baham: |