Turon (Skifiya) va Eron (Midiya) mavzusining yuzaga
kelishiga shu tarixiy voqea-hodisalar asos bo'lgan. Turkiy va
forsiy adabiyotdagi Alp Er To'nga hamda Afrosiyob
turkumiga mansub rivoyat, afsona, qissa va dostonlar shunday
mazmunga ega. Qadimgi turkiy xalqlar yaratgan adabiy asarlarning
syujeti miloddan avvalgi asrlarda turkiy xalqlar yashagan,
harbiy yurishlarda bo'lgan hududlarda endilikda istiqomat
qilayotgan xalqlarning adabiyotiga ham singib ketgan.
Prometeу haqidagi asotir va afsonalar, nemislarning
“Nebuiengular haqida qo'shiq”, gruzinlarning «Amiran»,
«Yo'lbars terisini yopingan pahlavon», fors va arab tilida
yaratilgan tarixiy va badiiy asarlarda Afrosiyob haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |