bahodirlik ruhi ustun turadi.
4. Qadimgi turkiy adabiyot mavzu yo'nalishi, obrazlar
tizimi, xususan, diniy e’tiqodlar ifodasi hamda qahramonlik
ruhi bilan jahonda о‘zining qadimiy adabiyotiga ega bo‘lgan
xalqlar madaniyati bilan mushtaraklik xususiyatlari mavjud.
Turkiy adabiyotni antik yunon, shumer va boshqa xalqlar
adabiyotlari bilan qiyosiy о‘rganish shunday xulosaga kelish
imkonini beradi. «Alpomish» va «Odisseya» dostonlaridagi
qahramonlar taqdiri, syujet voqealari о'rtasida yaqinliklar
bor. Qadimgi yunon tarixchilari hamda adiblari turkiylarning
ajdodlari hayotiga qiziqishi, ularning turmush tarzi to'g'risida
adabiy-tarixiy asarlar yaratishi bunday yaqinlikning уana bir
Do'stlaringiz bilan baham: |