Asosiy qism
≪Moniylar tavbanomasi≫. Besh turli tirik mavjudotga
nisbatan, birinchidan, ikki oyoqliinsonlarga, ikkinchidan, to'rt oyoqli tirik mavjudotlarga, uchinchidan osmonda parvoz etadigan mavjudotlarga, to'rtinchidan suv ostidagi tirik mavjudotlarga, beshinchidan, sudralib yu ruvchi tirik
mavjudotlarga nisbatan gunohlarga botib, ushbu besh turli tirik mavjudotlarni buyugidan to kichigigacha xo'rladik, nobud qildik, ozor yetkazdik. O'zimiz gunohli bo'la turib, ey Xudo, endi gunohlarimizdan ozod qilishingni, bizni kechirishingni sendan iltijo qilamiz.
Ey, Xudo, biz so‘zda va amalda о‘n turli gunoh sodir etdik, biz gunohsizlarga tuhmal qildik, yolg‘on qasamyodlar aytdik, yolg‘onlar to‘qib, insonlarni qatl ettirdik, jodu ishlari bilan shug'ullandik, nochorlarning bizga ishonib topshirgan omonatlarini о 'zimizniki qilib oldik, jonzotlarni о‘ldirdik, qatl etdik va kо‘pgina Oy va Quyosh xudolariga yoqmaydigan ishlar qildik va umuman, yashash hayotimizda kо‘pgina xatolar sodir
etdik, ayollarnikiga о‘xshash uzun liboslar kiydik ,
yoshligimizda yovuzlikka qol urib, ushbu gunohlarni sodir
etdik. Endilikda gunohimizdan о‘tishingni, bizni kechirishingni iltijo qilamiz...
Har kuni Oy xudosiga, muqaddas bitik va payg‘ambarlarga gunohlarimizdan kechishini so‘rab ibodat qilishimiz kerak edi.
Mana endi о‘zimiz bilgan va bilmagan holda, turli sabablarga kо'ra, ushbu aytilganlarni bajara olmadik. Gunohlarimizdan kechishingni so'rab, sendan yolvoramiz, gunohlarimizni kech! Yilda yetti marta qurbonlik keltirish qonuni mavjud edi. Yana ibodatxonada o'tirib, har bir qurbonlik uchun ro'za tutish kerak edi va yana har bir iloh oldida sidqidildan ibodat qilib, gunohimizdan о'tishini iltijo qilishimiz kerak edi. Ey,
Xudo, ushbu aytganlaringga rioya qilmaganimiz uchun
kechirishingni iltimos qilamiz!
Qanchalik yomon xayollarga borishimiz bilan, qanchalik madaniyatsiz va yomon so‘zlarni aytishimiz bilan, qanchalik biz qilish kerak bo‘lmagan ishlarni qilganimiz bilan o'z mavjudligimizni yanada qiyinlashtirishimiz, yana besh ilohning nuri bilan oziqlanib, o‘z tanimiz va ruhimiz bilan iblisni sevamiz va o‘zimizni pastga, yer (do‘zax)ga tortamiz.
Shuning uchun ey, Xudo, bizning gunohlarimizdan
o‘tishingni so‘rab iltijo qilamiz va bu gunohlarimizdan
qutulish uchun ibodat qilamiz, bizning gunohlarimizni
kechirgin!
Moniylik she’rlari orasida muallifi noma’lum, ehtimol
xalq og'zaki ijodi namunasi hisoblangan «Tong Tangrisi»
alohida ahamiyatga ega. Uning tuzilishida naqoratning
mavjudligi ushbu she’r moniylar o'rtasida keng tarqalgan
va ommaviy tarzda aytiladigan madhiya darajasiga
ko'tarilgan bo‘lishi mumkin, degan xulosani beradi.
Madhiyaning asosiy mazmuni Kun va Oy Tangrilarga
murojaat etish orqali ularni ulug'lashga qaratilgan.
Tong Tangri (si) keldi,
Tong Tangrisining о'zi keldi.
Tong Tangri keldi,
Tong Tangrisining о 'zi keldi.
Turinglar, barcha beklar, qarindoshlar,
Tong Tangrisini madh etaylik.
Ко ‘ringan Quyosh Tangrisi,
Siz bizni asrang,
Ко ‘ringan О у Tangrisi,
Siz bizni qutqaring.
Tong Tangrisi
Go‘zed hidli, xushbo ‘y hidli,
Porlagan, yaltiragan.
Tong Tangrisi,
Tong Tangrisi.
Jahondagi ko'pgina xalqlarning diniy e’tiqodlari va
mafkurasi muqaddas kitoblar «Avesto» va «Bibliya»da
umumlashgan. Qadimgi turkiy xalqlarning diniy e’tiqodi
va mafkurasi ham bundan mustasno emas.
Moniylik oqimida paydo bo’lgan asar “Xuastuanift” o’n besh bo’limdan iborat. Bunda epkin ruh ham, didaktik mazmun ham kuzatiladi. Asar Xurmuzdning osmondan tushish voqeasidan boshlanadi. Xurmuzd “Avesto” da ham umumiylik kasb etib, Xudo tushunchasini ifodalaydi. “Avesto” dan farqli ravishda Moniylar tavbanomasida hayotga yaqinlashtirilgan. Moniylik oqimida yaratilgan she’rlar o’sha davr turkiy xalqlarning dunyoqarashi, urf-odati, olamning tuzilishi, diniy-axloqiy qarashlari, o’z aksini topgan. Moniy muhitining she’rlaridan yana biri “O’lim tasviri” deb nomlanadi. Misradagi bo’g’inlarning xilma-xilligi, tovush va so’z tuzilishida takror yetakchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |