Element atomlarining kislota- asos xossalari. Odatda tipik metallarning oksidlari asosli oksidlardir. Ular davrlarning boshlaridan o‘rin olgan. Davrlarning oxirida joylashgan metallmaslarning oksidlari kislotali oksidlar hisoblanadi. Davriy jadvaldagi ba’zi elementlarning oksidlari amfoter oksidlardir. Ularga Al, Zn, Be, Sn, Pb, Ge kabi metallarning oksidlari va ba’zi metallmaslarning oksidlari ham kiradi.
Agar element bir necha valentlikka ega bo‘lganida past valentlikka ega bo‘lgan element oksidlari asosli, o‘rtachasi amfoter va yuqori valentlikka ega bo‘lganda esa, kislotali xossasiga ega ekanligi kuzatiladi. Masalan, xrom birikmalarida shunday qonuniyatlar topilgan. CrO – asosli oksid, Cr2O3- amfoter va CrO3- kislotali oksiddir.
Davriy jadvaldagi elementlarning elektron tuzilishi asosida bir element atomidan ikkinchisiga o‘tganda ba’zi o‘xshash qonuniyatlar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |