Izotermik kuzovlar engil yoki yuk tashuvchi avtomobilarning shassilariga
o‘rnatiladi. Ular ko‘pincha kichik partiyadagi mahsulotlarni qisqa masofalarga
tashishga muljallangan bo‘ladi. Izotermik kuzovni yogoch yoki metall karkaslardan
yasab, tashqi va ichki yuzalari metal katlamlari bilan koplanadi. Tashqi va ichki
koplamalarning orasi issiqlik izolyasiyali materiallar: minora yoki penoplast bilan
to‘ldiriladi. Izotermik kuzovda yukni ortish va tushirish kulayligiga qarab ma’lum
o‘lchamli eshik qilinadi. Eshik ham issiqlik izolyasiyali bo‘lib maxsus qulf
o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunakangi kuzovli avtomobillar GAZ, ZIL, Polshadagi « N i s
Muzli-avtomobillarning kuzovlarining sovitish qurilmalari ham mashinasiz
ishlaydi, ular muz tuzli aralashmalar, quruq muz va suyuk azot bilan sovitiladi.
85
Muz tuzli aralashma bilan sovitiladigan izotermik kuzovning yon va oldingi
devorlariga aralashma to‘ldirilgan idishlar joylashtiriladi. Bu usulning samaradorligi
past bo‘lgani uchun ko‘p ishlatilmaydi.
Izotermik kuzovning ishchi hajmini quruq muz bilan sovitish samaradorligi
yuqori bo‘lgan usul bo‘lib, mahsulot va havo haroratini ancha past ushlab turishi
mumkin, sovuqlik miqdori oshishi esa mikroorganizmlarning rivojlanishiga,
biokimyoviy jarayonlarga, magorlanishga to‘sqinlik qiladi. Lekin quruq muz qimmat
bo‘lganligi sababli undan cheklangan miqdorda foydalaniladi. Asosan muz qaymoq
tashishda ko‘llaniladi. Bu usulda kuzovida harorat -25 – 20
0
C atrofida bo‘ladi.
Izotermik kuzovni sovitish usulining eng samaradorligi suyuk gaz, ya’ni suyuk azot
bilan sovitishdir. Suyuk azot kuzovning ishchi hajmiga sepiladi, buglanishi natijasida
uni sovitadi. Bu tipdagi avtomobillarda azotni saklovchi maxsus rezervuarlar bo‘lib,
uni kuzovga uzatish sistemasi ham bo‘ladi. Azot ham bakteriya va mag‘or
zamburug‘larini ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Azot bilan sovitishning asosiy
afzalligi kuzov hajmini va mahsulotni juda tez sovitish. Masalan: sovitgichli mashina
bilan sovitish tezligidan 25marta katta tezlikda sovitadi.
Katta partiyadagi sovitilgan yoki muzlatilgan tez buzuluvchan mahsulotlarni
tashishda avtomobil refrejiratorlardan foydalaniladi.
SHaxarlararo tashishda esa ko‘p tonnali avtomobil refrejiratorlar ko‘llaniladi.
Ular tyagach va izotermik kuzovli polupriseplardan va avtonom sovitish va isitish
mashinasidan iborat bo‘ladi. Kuzovdagi havoning harorati +4
0
C dan -22
0
C gacha
boshqarilib turiladi. Sovitish qurilmasi freonli sovitish mashinasi bilan sovitiladi. 7,
10, 12t poluprisepli tyagachlar CHexoslovakiyadan chiqariladi(ALKA).
Do'stlaringiz bilan baham: