Moluch 295 c indd



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/97
Sana30.05.2022
Hajmi4,1 Mb.
#620668
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
moluch 295 ch5

.
№ 5 (295)
 .
Январь 2020 г.
370
Молодой ученый O’zbekiston
Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning 
ishi deb qaramasdan bu hammaning ishi bo’lib, uni yosh-
likdan, bolalar bog’chalaridan boshlash yanada yaxshi sama-
ralar berishini esdan chiqarmasligimiz kerak.
Bog’cha yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda 
tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyat-
lari bor. Bu jarayonni turli vositalar, metodlar, yo’llar bilan 
amalga oshirish mumkin. Masalan, bolalarni ekskursiya, ku-
zatish, sayr qildirish orqali tabiat bilan tanishtirish mumkin. 
Bu hammaga tanish, ma’lum bo’lgan metodlardir. Faqat ana 
shu metodlarni takomillashtirishimiz, ma’lum bir maqsadga 
qaratishimiz, har bir tabiat bilan tanishtirilganda bola on-
gida, bilimi va tushunchasida tabiat haqida yangi bir tush-
uncha, yangi bir g’oya qolmog’i kerak. Shuning uchun ham 
tarbiyachilar izlanuvchan, o’z ustlarida tinmay ishlaydigan, 
unga topshirilgan vazifaning qanchalik muhim ekanligini his 
qilgan kishilar bo’lishi kerak.
Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. 
Biz tarbiyachilar ana shu rang-baranglikni, imkoniyatlarni 
ko’ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona foydala-
nishimiz kerak.
Oddiy bir misol. Xona o’simliklari, gullari bor. Ularni par-
varish qilish bolalarga topshirilib, bolalarni qiziqtirish maq-
sadida har bir gulning nomi yoniga uni parvarish qilayotgan 
qiz yoki o’g’il bolaning ismini yozib qo’yilsa qanday yaxshi 
bo’ladi. Tarbiyachi har kuni bolalarga uni ko’rsatib, «qa-
ranglar Nargizaning marvaridguli o’ziga o’xshab har kuni 
ochilib, sochilib barglari yashil bo’lib borayotir» deyilsa, bi-
lasizmi, buning Nargiza uchun qanchalik tarbiyaviy ahami-
yati bor. U gruppadagi boshqa bolalarga bilintirmay tar-
biyachi so’zini yoshitganda «beixtiyor yayrab bir jilmayib, 
kulib qo’yadi». Bizga mana shunisi kerak. Bolaning jilmay-
ishi, kulishi, bola uchun yangi bir quyosh chiqqanday. Usha 
paytda bola organizmida qanchalik fiziologik o’zgarishlar 
sodir bo’ladi, uning qobiliyatidan yashirinib yotgan imkoni-
yatlari, talanti rivoj topadi.
Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol topti-
rish kerak deymiz. Chunki inson organizmida hamma ishni 
qila oladigan imkoniyatlar bor. Faqat biz tarbiyachilar uni va-
qtida parvarish qilsak, uni o’sib voyaga etishi uchun sharoit 
yaratsak, u albatta kurtak yozib hosil beradi. Masalan, dun-
yoga dong taratgan amerikalik shaxmatchi Fisherni bilasiz. 
Uni shaxmatchi bo’lishiga xolasi sababchi bo’lgan. Fisher 
3 yoshga kirganda uning tug’ilgan kuniga xolasi shaxmat 
sovg’a qiladi. U4 yoshigacha shaxmat donalarini shaxmat 
doskasi ustida terib, yurish yo’llarini o’rganadi. 5–6 yoshida 
oilasidagilarni shaxmatdan yutadi. 7–8 yoshida maktabda 
shaxmat chempioni degan nom oladi. 10 yoshida shaxmatchi 
degan nom butun shtatga tarqaladi. Xullas, qarabsizki, u 
dunyo chempioni darjasigacha ko’tariladi.
Xulosa qilib aytganda, Fisherda shaxmatga bo’lgan ta-
lanti, qobiliyati xolasining bir turtkisi bilan ochilib, u o’z 
imkoniyatini, elga, xalqqa, dunyoga taratdi. Bu tasod-
ifiy, albatta. Ammo tasodiflar ham ba’zan katta yangiliklar, 
ochilmagan qirralarni kashf etishi mumkin. Bordi-yu xolasi 
shunga shaxmat emas, boshqa biror narsa sovg’a qilganda 
ajab emasdi, uning shaxmat sohasidagi talanti rivojlanmay, 
«yopiq qozon yopiqligicha» qolib ketishi mumkin edi. Biz 
ham shu yo’ldan borgan holda, bolaning har bir o’ziga xos 
bo’lgan sifatlarini shakllantirishga harakat qilishimiz va bu 
masalani albatta tabiat bilan bog’lagan holda amalga os-
hirsak, bola uchun ham qiziq, yangilik bo’ladi.
Adabiyot:
1. Mirzaev T., G’afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. — 135 b.
2. O’zbek Milliy enstiklopediyasi. — Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. — 704 b.
3. O’zing yasa (matematika, tabiiy fanlar va boshqa o’quv markazlari uchun didaktik va o’yin materiallari). — Toshkent, 
2011. — 206 b.
4. Yusupova P. A. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishning o’ziga xos xususiyati. — 
Toshkent, 1995 yil.
5. Yusupova P. A. Maktabgacha yoshdagi bololarga ekologik tarbiya berish. — Toshkent: O’qituvchi, 1995. — 224 b.
6. Hasanboyeva O. va boshq Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. — T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016. — 128 b.



Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish