35
premiyasi" degan unvon bilan taqdirladi. Ikkinchi
jahon urushi yillarida
Antuan de Sent-Ekzyuperi Harbiy uchuvchi bo`lib xizmat qildi va 1942 yili
uning "H’arbiy uchuvchi" deb nomlangan kitobi bosmadan chiqdi. Uning
"Tsitadel'" nomli asari tugallanmay qoldi; kunlarning birida Sent-Ekzyuperi
jangovor topshiriqdan qaytib kelmadi. U qahramonona shaxs edi va bu narsa
uning asarlaridan ham ufurib turardi. Fransuz
yozuvchisining romanlari,
ocherklari va esselari lirizm va chuqur falsafiy mazmun bilan yo`g’rilgan. "Yer
bizlarga o`z-o`zimizni tushunimizga kitobdan ham ko`proq, yordam beradi.
Ammo bizga Yer qarshilik ko`rsatadi. Inson o`zini, to`siqlarni yengib o`tishdagi
kurashlarda anglaydi",- deb yozadi Antuan de Sent-Ekzyuperi o`zining
"Insonlar sayyorasi" asarida. Ammo bu kurash uchun unga asbob-uskunalar
kerak bo`ladi. Randa kerakmi yoki omoch. Samolyot ham shunday: havo
yo`llarini ochuvchi uskuna, insonni abadiy savollarga undaydi". Uning
asarlarining umumiy g’oyasi - bu
yer yuzidagi eng asosiy narsa, inson bilan
insonning bog’liqligidir. U birinchi parvozi taassurotlarida tepadan turib
ko`rganlari, u yer bu yerda miltirab turgan kichik-kichik nurchalar – yorug’lik,
har bir inson: shoir, yozuvchi, usta, ishchi uchun kerak bo`lgan yaqinlarning
iliqligi, oila tafti, oila o`chog’i. Agar har bir yorug’likka kerakli vaqtda kerakli
chaqiriq berilib, butun yer yuzidagi barcha yorug’liklarning birlashishi, katta
yorug’likka aylanishi yozuvchi hamda uchuvchining ushalmas orzularidan
biri edi. "Kichik shahzoda" 1943 yilda yozilgan va unga muallif tomonidan
illyustartsiyalar (rasmlar) ishlangan. Yozuvchining o`zi
olti yasharligida
kattalarga tushunarsiz bo`lgan rasmlar chizishini eslaydi. Shuning uchun ham
unga biror kishi bilan dildan suhbatlashishga imkon bo`lmagan. Povestidagi
voqealar Sent-Ekzyuperining hayotida real sodir bo`lgan. Saxara cho`llarida
qanday qilib samolyotini qo`ndirishga majbur bo`lganini so`zlay
boshlaganidan, ertakona tus oladi. Tongda uchuvchini uyg’otgan Kichik
shahzoda bilan tezda til topishib ketadi. Bolakay uchuvchiga o`zi uchib kelgan
sayyora, u erdagi g’aroyib gulni meribonlik bilan parvarish qilishi haqida
darrov so`zlab beradi. Uning sayyorasi - ertalablari o`zining nonushtasini
uning
vulqonlarida isitib oladigan, kichkinagina, shinamgina uychaga
o`xshashi haqida so`zlab beradi. Kichik shahzoda mehmon bo`lgan, qo`shni
sayyoralarda istiqomat qiluvchilarni va ularning hayotlarini tasvirlaydi va bu
tasvirlar o`ziga xos pand-nasihat va o`gitlardan iborat: qanaqa g’alati xalq
ekan bu kattalar , deb bola ularni zo`rg’a tushunadi. Bir qancha sang’ib
yurishlardan so`ng Kichik shahzoda o`z yo`lida Tulkini uchratadi. Bu
uchrashuv povest' ichida kichik novellani hosil qilgan.
Kichik shahzoda,
mening tulkim "yuz ming tulkilar ichida boshqa tulkilardan hech farq
36
qilmasdi", ammo men u bilan do`stlashib qoldim, u endi butun dunyoda
"yakkayu- yagona" deydi. Kichik shahzoda "Faqatgina bolalar nima
izlayotganlarini
bilishadi, - deydi u, - agar u latta qo`g’irchog’ini kuni bilan
uynab o`tirsa, u unga eng kerakli va qadrdon narsaga aylanib qoladi, agar
bolani qo`lidan qo`g’irchoqni
tortib olishsa, ular yig’laydilar..." Muloqotga,
hamdardlikka, mehrga, himoyaga ehtiyojmandlik bolalarga xos xususiyat,
faqatgina bolalar o`zlarining soddadilliklari va sof yuraklari bilan ko`pincha
kattalar yodidan chiqarib qo`yadigan bu xususiyatlarni ularning yodlariga
solib turishadi. Kichik shahzoda va yo`qotilgan
samolyotni uchuvchisi bilan
sahrodan topishadi - bu esa yo`qotilgan haqiqatni topilganiga ishora edi:
"Yurak bilan izlash kerak" degan xitob yangraydi unda.
Do'stlaringiz bilan baham: