Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

2.3. Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni  

guruhlarga ajratish 

 

Iqtisodiy  tahlil  jarayonida  turli  usullar  va  metodikalar  qo‘llaniladi. 

Bu  usul  va  metodikalardan  foydalanish  jarayonida  tahlil  metodining 

asosiy  jihatlarini  kompleksligi  va  tizimlashganligi  yaqqol  ko‘rinadi. 

Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga 

egaligi  hamda  murakkab  tavsifdagi  o‘zaro  bog‘liqligi  tahlil  usullari  va 

metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi.  

Tahlilning  usul  va  metodikalarini  qo‘llashda  korxonaning  xo‘jalik 




 

58

va  boshqa  turdagi  faoliyatini  bir  butun  tizim  ekanligi,  uning  umumiy 



yakuniy  natijasi  mavjudligi  nazarda  tutilgan  holda  faoliyatning  turli 

tomonlari  va  elementlari  ham  alohida,  ham  birgalikda  o‘rganilib, 

ularning  o‘zaro  bog‘liqligi,  biri  ikkinchisining  ta’siridan  kelib  chiqishi, 

ya’ni  ketma-ketligi  aniqlanib,  barcha  omillar  asosiy  hamda  asosiy 

bo‘lmagan guruhlarga bo‘linadi va ular o‘zaro uyg‘unlashtirilgan hamda 

tizimga  solingan  holda  yakuniy  natijaga  omillarning  birgalikdagi 

bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.  

Tahlil  usullarini  qo‘llash  o‘rganilayotgan  jarayonlarning  bir-biriga 

bog‘liqligi,  o‘zgarish  sababi,  ta’sir  ko‘rsatgan  omillar  va  qo‘shimcha 

sabablarni aniqlashga yordam beradi. 

Hozirgi  raqobatdosh  iqtisodiyotda  aksariyat  yetuk  iqtisodchi 

olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda 

ikki  guruhga  ajratib  ko‘rsatishmoqda.  Iqtisodiy  tahlilning  usullarini 

quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 

1.  Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhi. 

2.  Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi. 

Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqgisodiy tahlil paydo 

bo‘lgandan  buyon  an’anaga  aylanib,  amaliy  tajribada  keng  qo‘llanilib 

kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlar-

ni  aniqlash,  taqqoslash,  guruhlashtirish,  balansli  bog‘lanish,  zanjirli 

bog‘lanish,  indeks,  foizlar  va  hokazo  usullarni  kiritishimiz  mumkin 

bo‘ladi. 

Iqtisodiy-matematik  usullarni  yuzaga  kelishi  esa  iqtisodiy  axborot-

larni  qayta  ishlovchi  kompyuterlar  hamda  axborot  texnologiyalarini 

rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash 

va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv 

xodimlariga  uzatish  hamda  murakkab  masalalarni  tez  va  aniq  hal  qi-

lishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Korrelatsiya,  regressiya,  integral, 

nazariy o‘yin,  matematik dasturlash  va shu kabilar iqtisodiy-matematik 

usullarga misol bo‘ladi. 

Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vosita-

lardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘na-

lishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda tahlilda qo‘llaniladigan iqtiso-

diy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin (3-jadval). 

 

 

 



 

59

3-jadval 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish